Supíkovice
Supíkovice (nemischa: Saubsdorf ) — Chexiyaning Olomuk viloyati Jesenik tumanida joylashgan munisipalitet. Unda 700 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Supíkovice | |
---|---|
Munitsipalitet | |
50°17′51″N 17°15′17″E / 50.29750°N 17.25472°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Olomouc |
Tuman | Jeseník |
Asos solingan | 1284 |
Maydon | 9.28 km2 (3.58 kv mi) |
Markazi balandligi | 407 m |
Aholisi (2023-01-01) |
664 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 790 51 |
|
Etimologiyasi
tahrirBu nom, shaxsiy slavyan nomi Šupíkdan olingan boʻlib, nemis nomi esa transkripsiya orqali yaratilgan deb taxmin qilinadi[1]. Chexiya nomi 1924-yildan beri ishlatila boshlangan[2].
Joylashuvi
tahrirSupíkovice — Jesenikdan 8 kilometr (5 mi) shimoli-sharqda, Olomoucdan 77 km (48 mi) shimoldagi, Golden Mountains va Zlatohorska togʻlari oʻrtasidagi chegarada joylashgan. Eng baland nuqtasi Křemenáč tepaligi dengiz sathidan-735 m (2,411 ft) yuqorida joylashgan.
Tarixi
tahrirSupíkovice nomi 1284-yildagi manbalardan birida uchraydi. Munitsipalitet parchalangan Piast hukmronlig davrida Polshaning bir qismi boʻlgan[1]. Qisqa vaqtdan soʻng Nisa gersogligi tarkibiga qoʻshiladi, keyinchalik Bohemiya syuzerensiyasiga oʻtadi va 1850-yilda gersoglik tarqatib yuborilgandan soʻng u toʻgʻridan-toʻgʻri Bohemiya tarkibiga kiritilgan.
Munitsipalitet tarixda ohaktosh konlari va ohak ishlab chiqarish sehlari munitsipalning rivojlanishiga sabab boʻlgan. 19-asrning ikkinchi yarmida munitsipalitet granit, marmar qazib olish va qayta ishlash bilan mashhur boʻlgan[1].
Birinchi jahon urushidan keyin, 1918-yildan boshlab, munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kiradi va 1938-yildan 1945-yilgacha Germaniya tomonidan ishgʻol qilingan. Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar qishloqdagi ittifoqchi harbiy asirlarl uchun Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining E166 va E577 majburiy mehnat sublagerlarini boshqargan[3].
Demografiyasi
tahrir2021-yilda munitsipalitet aholisi 611 kishini tashkil etgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 1 106 | — |
1880 | 1 255 | +13.5% |
1890 | 1 307 | +4.1% |
1900 | 1 378 | +5.4% |
1910 | 1 655 | +20.1% |
1921 | 1 540 | −6.9% |
1930 | 1 734 | +12.6% |
1950 | 766 | −55.8% |
1961 | 856 | +11.7% |
1970 | 775 | −9.5% |
1980 | 713 | −8.0% |
1991 | 689 | −3.4% |
2001 | 671 | −2.6% |
2011 | 672 | +0.1% |
2021 | 611 | −9.1% |
Transporti
tahrirMunitsipalitet hududidan temir yo'l yoki yirik avtomagistral yoʻllar oʻtmaydi.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirSupíkovitsedagi ohak pechi 19-asrdagi madaniy yodgorlik sifatida tarixiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[4].
Supíkovitsedagi 16-asrga mansub eng qadimgi bino Avliyo Xedvig cherkovidir[5].
Taniqli odamlar
tahrir- Petr Ševčík (1994-yilda tugʻilgan), futbolchi shu yerda yashagan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Historie Supíkovic“ (cs). Obec Supíkovice. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „O obci“ (cs). Obec Supíkovice. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Working Parties“. Lamsdorf.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Výsledky vyhledávání: Kulturní památky, obec Supíkovice“ (cs). Ústřední seznam kulturních památek. National Heritage Institute. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
- ↑ „O Supíkovicích“ (cs). Děkanát Jeseník. Qaraldi: 2023-yil 26-may.