Suvsiztov tizmasi - Hisor tizmasining janubiy tarmoklaridan biri. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Shimoli-sharqda Sherobod daryosi uni Boysun tizmasidan ajratib turadi, janubi-gʻarbda Koʻxitang tizmasining janubiy etaklariga qadar choʻzilgan. Eng baland joyi 2127 m. Suvayirgʻich qismi, asosan, tekislangan yuzalardan iborat. Uning janubi-sharqiy yon bagʻri Sherobod daryosi vodiysiga tik tushgan. Yuqori yura davri ohaktoshlari, gips va tuzlarida karst relyef shakllari (voronka, botiq, quduq, gʻor va koʻllar) keng tarqalgan. Tektonik jihatdan tizma antiklinal struktura, paleogen, yura, boʻr davri ohaktoshlari, mergel, gips, gil, qumtosh, konglomerat, gipstuzlardan tashkil topgan. Iklimi keskin kontinental. Yilning oʻrtacha kup yillik temperaturasi 10—12°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,5—G, iyulniki 25° gacha. Yillik yogʻin 450–500 mm. Koʻp qismi ohaktoshlardan tashkil topganligi sababli yer usti oqar suvlari kam, biroq uning yon bagʻri va etaklaridan koʻplab sersuv karst buloklari chiqadi. Boʻz tuproklar tarqalgan. Oʻsimliklardan, asosan, efemer va efemeroidlar usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.