Togg T10X — C-segmentiga kiruvchi toʻliq elektrlashgan krassover (SUV) boʻlib, Turkiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Togg kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi elektromobildir.

Togg T10X
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Togg
Model yili 2023—hozirgacha
Zavod(lar) Gemlik, Turkiya Turkiya
Tasnifi
Sinfi SUV
Segment C-segment
Kuch moslamalari
Dvigateli 2 ta elektr motor
Transmissiyasi Avtomatik
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2800
Uzunligi 4599
Kengligi 1866
Balandligi 1676
Yukxonahajmi 441l[1]
1515l[1](orqa oʻrindiqlar yotgizilganda)
Eksteryer
Eshiklar soni 5-eshikli
Boshqa maʼlumotlar
Dizayneri Pininfarina
Murat Gyunak

Tarixi

tahrir

Ilk turk elektromobili 2022-yil 29-oktabr kuni namoyish etilgan[2].

Avvaliga ishlab chiqaruvchi 2023-yil aprel oyida mijozlarga 12 000 dona avtomobil yetkazib berishi kerak edi. Lekin mijozlar tomonidan qiziqish yuqoriligi sababli aprel oyida 20 000 dona avtomobil yetkazib berdi. Ilk xaridorlar qur’a tashlash yoʻli bilan aniqlandi[1].

T10X kodi quyidagi maʼnoni anglatadi:

  • T“ harfi Turkiya, transport vositasining ishlab chiqarilgan mamlakati va Togg kompaniyasining bosh harfini anglatadi;
  • 10“ raqami ixcham hisoblanmish C-segmentni anglatadi;
  • X“ harfi yoʻltanlamasning kuzov turini bildiradi.
 
Ozarbayjan Prezidenti Ilhom Aliyevga sovg'a qilingan Togg T10X. Baku.

Togg T10X dastlab bitta dvigatelli va ikkita akkumulyator opsiyasi bilan sotiladi: 52,4 kVt/soat va 88,5 kVt/soat quvvatga ega batareykalari mos ravishda 314 va 523 kilometr masofani bosib o'ta oladi. T10X ning birinchi versiyasi 100 km/soat tezlikka 7,6 soniyada tezlasha oladi, 29-oktabrdan yetkazib berishi boshlanadigan ikkinchi versiya esa 4,8 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi[1].

T10X avtomobillari bir quvvatlanishda 314 km masofa bosib o‘tadigan standart versiya va 523 km masofa bosib o‘tadigan versiyaga ega. Akkumlyotorlar 28 daqiqada 80% gacha quvvatlanadi[1][3].

  Togg T10X RWD[4] · [5] Togg T10X AWD
V1 Standard Range V2 Standard Range V2 Long Range Fintions will be available in Octobre 2023
Motor Elektrli Elektrli Elektrli Elektrli
Motor kuchi (kW) 160 160 160 320
Motor kuchi (ch) 218 218 218 435
Torque (N m) 350 350 350 700
Transmissiya Rear-wheel drive (RWD) Rear-wheel drive (RWD) Rear-wheel drive (RWD) All-wheel drive (AWD)
Yuqori tezlik (km/soat) 185 185 185 185
0 - 100 km/soatga (s) 7,6 7,6 7,8 4,8
Ogʻirligi (kg) 1949 1974 2126
Tormoz Cooled disc brake Cooled disc brake Cooled disc brake
Suspensions MacPherson MacPherson MacPherson
Batareya
Turi Litiy-ion
Batareya sigʻimi (kWh) 52,4 52,4 88,5
Masofa (WLTP) (km) 314 314 523
Consumption (kWh/100 km) 16,7 16,7 16,9
Quvvatlanish vaqti
AC 195 minut 195 minut 345 minut
DC 28 minut (20 dan 80 % gacha) 28 minut (20 dan 80 % gacha) 28 minut (20 dan 80 % gacha)

Ishlab chiqarish

tahrir

Elektromobil Turkiya g‘arbidagi Bursa viloyatidagi zavodda yig‘iladi. 2023-yilda 20 ming dona elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan[3].

2023-yil 14-mart kuni T10X elektromobili sotuvga chiqdi (oldindan buyurtma qilish). Bir quvvatda 314 km masofa bosib o‘tadigan standart versiya 923 ming turk lirasi (2023-yil aprel oyidagi valyuta kursi boʻyicha 554 mln so‘m), 523 km masofa bosib o‘tadigan versiya 1,215 million turk lirasi (2023-yil aprel oyidagi valyuta kursi boʻyicha 730 mln so‘m) turadi[3].

Eksport

tahrir
 
Togg T10X (C-SUV), 2022

Avvaliga elektromobil MDH davlatlari bozoriga chiqarilishi rejalashtirilgan. Xususan, Turkiya TIV Mehmet Chovushoʻgʻlining maʼlum qilishicha Turkmaniston ushbu avtomobilning oq rangga boʻyalgan versiyasini buyurtma qilgan[2].

2023—2024-yillar davomida Togg elektromobillarini faqatgina Turkiya bozorida sotish, keyinchalik esa Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan[3].

Sovgʻa

tahrir

2023-yil 4-aprel kuni ushbu elektromobilning ilk modeli Rajab Toyib Erdogʻon va uning rafiqasiga yetkazib berildi. Erdogʻonga toʻq koʻk rangdagi, uning rafiqasiga esa qizil rangli avtomobillar taqdim etilgan[1].

Bugun biz xalqimizning 60 yilli orzulari amalga oshganini kuzatib turimmiz.

— Rajab Toyyib Erdoʻgʻon[1], in

Shuningdek, shu kunning oʻzida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga ushbu elektromobil sovgʻa tariqasida yetkazib berildi. Aprel oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Istanbuldagi mitingdagi chiqishi chogʻida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yaqin kunlarda yangi Togg T10X elektromobili sovgʻa qilinishi haqida maʼlum qildi[3].

Togg allaqachon Turkiya yo‘llarida kezib yuribdi. Ulardan birini birodarim, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilib oldi. Ana shunday mashinalardan birini ikkinchi birodarim, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga jo‘natyapmiz.

— Rajab Toyyib Erdog'on[3], in

2023-yil 12-aprel kuni Turkiyaning sanoat va texnika vaziri Mustafo Varank[6] Shavkat Mirziyoyevga Togg T10X elektromobilini kalitini topshirdi[7][8][9]. Prezident ushbu elektromobilni ruliga oʻtirib uni haydab koʻrdi[10][11][12].

2023-yil 3-noyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qozogʻistonlik hamkasbi Qosim Joʻmart Toʻqayevga Togg elektromobilini sovgʻa qildi[13][14][15].

2023-yil dekabr oyida Erdogʻon Mojaristonga rasmiy tashrifi chogʻida Viktor Orbanga ushbu avtomobildan sovgʻa qildi[16][17][18][19].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Сегодня мы вместе наблюдаем реализацию 60-летней мечты нашего народа», — президент Турции Реджеп Тайип Эрдоган стал первым владельцем Togg T10X“ (ru) (04 апреля 2023). Qaraldi: 3-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Первый турецкий электромобиль Togg T10X выходит на постсоветском пространстве. Скоро стартуют продажи в Туркменистане“. ixbt.com. Qaraldi: 3-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Erdo‘g‘an Mirziyoyevga yangi turk elektromobili jo‘natilishini ma’lum qildi“ (uz). Kun.uz (2023-yil 10-aprel). Qaraldi: 3-dekabr.
  4. Togg T10X Katalog (tr), Gebze, Turquie, 14 March 2023 — 27-bet. Qaraldi: 2023-yil 15-mart. 
  5. David Lefevre. „Togg T10X : un SUV électrique venu de Turquie bientôt sur les routes européennes“ (2023-yil 15-mart).
  6.   Haber Lütfen(turk.)
  7. „Video: Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti sovg‘a qilgan elektromobilni haydab ko‘rdi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
  8. „Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning birinchi milliy elektromobili topshirildi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
  9. havola Togg T10X Facebook sahifasi
  10. „Ўзбекистон Президенти Туркия билан саноат кооперациясини ривожлантириш учун кенг имкониятлар борлигини қайд этди“ (uz). president.uz (2023-yil 12-aprel). Qaraldi: 3-dekabr.
  11.   Prezident rasmiy telegram kanali(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  12.   Prezident rasmiy kanali(oʻzb.)
  13. „Erdo‘g‘on To‘qayevga ham Togg elektromobili sovg‘a qildi (video)“. daryo.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
  14. „Эрдоган подарил Токаеву электромобиль“. tangrinews.kz. Qaraldi: 3-dekabr.
  15.   Реджеп Тайип Эрдоган подарил главе Казахстана автомобиль турецкого производства TOGG.(ozar.)
  16.   RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
  17.   Cumhurbaşkanı Erdoğan, Orban’a TOGG hediye etti (Demirören Haber Ajansı)(turk.)
  18.   Cumhurbaşkanı Erdoğan, Macaristan Başbakanı Orban'a Togg hediye etti!(turk.)
  19.   Macaristan Başbakanından Erdoğan'a Çok Özel Hediye! Erdoğan O Hediyeyi Görünce Bakın Ne Yaptı(turk.)