Temuriylar renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islomiy Oltin asrning asta-sekin pasayishidan soʻng Temuriylar sulolasi boshqargan Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi sanʼat va fanlarning qayta tiklanishiga turtki boʻldi. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqaldi va soʻnggi oʻrta asr Osiyolariga katta taʼsir koʻrsatdi.[1] Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatadi va davrning madaniy tiklanish davri sifatida belgilaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqardi, ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining oqqush qoʻshigʻi deb bilishadi.[2]

Yuqoridan pastga va chapdan oʻngga: Amir Temur portreti, Hirot jome masjidi, Goʻri Amirning ichki koʻrinishi, Ulugʻbek, Al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa baʼzi olimlarning haykallari, Temur shaxmati, Ulugʻbek rasadxonasi, Registon va uning uchta madrasasi koʻrinishi, Gavharshodbegim maqbarasining tepadan koʻrinishi, Temuriylar nekropolidan qirolicha Gavharshod begimning singlisi Govhar-Toj maqbarasi.

Temuriylar Renessans davri Yevropa Renessansi bilan bir vaqtda kechdi. U shon-sharaf nuqtayi-nazaridan Itaiyaning Kvadrosentosiga teng deya taʼriflanadi[2] Temuriylar uygʻonish davri XV asrda, moʻgʻul bosqinlari va istilolari yakunlangach oʻz choʻqqisiga erishadi.

Fors-islom gʻoyalari asosida[3] Temuriylar renessansi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Samarqandning qayta qurilishi, Amir Temur tomonidan Temur shaxmatining kashf etilishi, Shohruh Mirzo va rafiqasi Gavhar Shodbegimning Hirotdagi (Italiya madaniy Uygʻonish markazi Florensiyaga raqobatchi sifatida mashhur) hukmronligi,[4][5] astronom va matematik olim Mirzo Ulugʻbek davri, shuningdek sanʼat homiysi Husayn Boyqaro tomonidan bir qator oʻquv dargohlarining qurilishi.[6] Amir Temur hukmronligi davrida klassik fors sanʼatiga qiziqish qayta tiklandi. Yirik qurilish loyihalari boʻlmish mavzoley, madrasa va kutubxonalar qurildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar oʻtkazish qayta tiklandi va XVI asr boshlariga kelganda oʻqotar qurollarni oʻzlashtirishga ham erishildi.

Temur hayotligidagi asosiy qurilish ishlari sifatida Shahrisabzdagi Yozgi saroy, Bibixonim jome masjidi va Ahmad Yassaviy maqbarasini koʻrsatish mumkin. Bu davrda Hirot shahri musulmon dunyosida ilmiy va badiiy hayotning muhim markaziga aylandi.[7] Samarqand, shaharda amalga oshirilgan qayta qurish va yuksak eʼtibor natijasida Renessans va madaniyat markaziga aylandi [8]

Temuriylar Uygʻonish davri avvalgi Buyidlar sulolasining madaniy va badiiy taraqqiyotidan farq qilar edi, chunki bu mumtoz madaniyatning bevosita qayta tiklanishi emas, balki yanada keng tarqalgan turkiy va rasmiy til kabi fors tiliga ham yangi soʻzlashuv usublarini qoʻshish ham edi.   Temuriylar Uygʻonish davri Moʻgʻullar imperiyasidan meros qilib olingan [9][10][11] va Islomiy porox imperiyalari davridagi boshqa davlatlarga (Usmonlilar Turkiyasi va Safaviylar Eroni) sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[12]

Tarix tahrir

 
Jomiy. Taqvodorlar gulzorlari illyustratsiyasi (1553). Surat Temuriylar davri koʻplab asarlari uchun odatiy hol boʻlganidek, fors sheʼriyatini va fors miniatyurasini birlashtirgan.

Temuriylar imperiyasi Amir Temur tomonidan 1370-yilda Xulagular davlati vorislari boʻlgan bir necha kichik davlatlar bosib olingandan soʻng tashkil etilgan. Temuriylar shaharlsrni zabt etgandan soʻng, odatda mahalliy hunarmandlarning hayotini asrab qolib, ularni temuriylar poytaxti Samarqandga yuborganlar. XV asr boshlarida Temuriylar Forsni bosib olganlaridan soʻng, fors badiiy xususiyatlari moʻgʻul sanʼati bilan uzviy bogʻlandi. Keyinchalik Temur tomonidan shariat muassasalariga asos solinganligi Samarqandni Islom sanʼatining markazlaridan biriga aylantirdi. XV asr oʻrtalarida temuriylar madaniy hayotining markazi sifatida Hirot tanila boshladi. Samarqandda boʻlgani kabi, hunarmand va ziyolilar tez orada Hirotni sanʼat va madaniyat markaziga aylantira olishdi. Tez orada temuriylarning aksariyati fors madaniyatini oʻz madaniyati sifatida qabul qildilar.[13]

Sanʼat tahrir

 
Sulton Husayn Boyqaro, Sanʼat homiysi, koʻplab taʼlim markazlari quruvchisi.

Temuriylar sanʼati forslarning anʼanaviy „Kitobat sanʼati“ tushunchasini oʻzlashtirdilar va takomillashtirdilar. Temuriylar davrida yangicha sanʼat asarlari sifatida badiiy asarlarni qoʻlyozma hamda tasvirlar uygʻunlashuvi kuzatildi.. Ushbu illyustratsiyalar boy ranglari va nafis dizayni bilan ajralib turardi.[14] Ushbu qoʻlyozmalarda tasvirlangan miniatyura rasmlari sifati tufayli Metropolitan Sanʼat muzeyi arxeologi va sanʼatshunosi Suzan Yalman[15] taʼkidlaganidek, „Hirot maktabi“ qoʻlyozma rasmlariga koʻpincha fors rassomligining mantiqiy davomchisi sifatida qaraladi.[16] Temuriy kumush bilan ishlov berilgan poʻlat koʻp holatda yuqori sifatli deya baholanmoqda. Rassomlik qoʻlyozmalar bilan cheklanib qolmadi, chunki temuriylarning koʻpgina rassomlari murakkab devoriy tasvirlarni ham yaratdilar. Ushbu devoriy tasvirlarning aksariyatida fors va xitoy badiiy anʼanalaridan kelib chiqqan landshaftlar tasvirlangan.[17] Ushbu rasmlarning mavzusi boshqa madaniyatlardan olingan boʻlsa-da, temuriylarning devoriy tasvirlari oxir-oqibat oʻziga xos uslubda takomillashtirildi.[18] Moʻgʻullar badiiy anʼanalari butunlay bekor qilinmaganligini XV asr temuriylar sanʼatida tasvirlangan inson siymosining yuqori uslubda tasvirlanganligi ana shu madaniyatdan kelib chiqqan.[19]

Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida sanʼat yanada yuksaldi. U oʻz hukmronlik davrida ilm-fan xayrixohi va homiysi sifatida tanilgan edi.[20] Sulton Husayn koʻplab mashhur maktablar barpo etdi; U Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan „keyingi davr Movarounnahr hukmdorlarining eng muhim va asosiysi“ hamda uning goʻzal saroyi va badiiy muhitga nisbatan saxiy homiyligi hayratga sazovor ekanligi eʼtirof etilgan.

Temuriylar meʼmorchiligi tahrir

Temuriylar meʼmorchiligi Saljuqiylar meʼmorchiligining oʻziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni tashkil etuvchi firuza va koʻk plitalar binolarning fasadlarini bezatgan. Baʼzan ichki qismi xuddi shunday bezatilgan boʻlib, rasmlari va nihoyatda yengilligi effektni yanada boyitgan.[21] Temuriylar meʼmorchiligi Oʻrta Osiyoda islom sanʼatining eng yuqori choʻqqisi boʻldi. Amir Temur va uning vorislari tomonidan Samarqand va Hirotda barpo etilgan ajoyib va ulugʻvor binolar Hindistonda Xulagular sanʼat maktabining taʼsirini yoyishga yordam berdi va shu bilan taniqli moʻgʻul meʼmorchilik maktabini vujudga keltirdi. Temuriylar meʼmorchiligi hozirgi Qozogʻistondagi Ahmad Yasaviy maqbarasidan boshlanib, Amir Temurning Samarqanddagi Guri Amir maqbarasi bilan yakunlanadi. Guri Amir maqbarasi XIV asrdagi maqbarasi „firuza fors plitalari“ bilan qoplangan.[22] Qadimiy Samarqand shahri markaziga yaqin joyda „fors uslubidagi madrasa“ (diniy maktab) va Ulugʻbek tomonidan yaratilgan „fors uslubidagi masjid“ ni koʻrish mumkin. Temuriy shahzodalar maqbarasi, savdo markazi va moviy plitali gumbazlari eng nozik va nafis namunalar sifatida taniqli.[23] Eksenel simmetriya barcha temuriylarning asosiy inshootlariga, xususan, Samarqanddagi Shohizinda, Hirotdagi Musalla majmuasi va Mashhaddagi Gavhar Shod masjidiga xos xususiyatdir. Turli shakldagi ikki qavatli gumbazlar koʻpayib, tashqi tomonlari ajoyib ranglar bilan mujassamlangan. Amir Temurning mintaqadagi hukmronligi uning poytaxti va fors meʼmorchiligining Hindiston yarim oroliga taʼsirini kuchaytirdi.[24]

Metallga ishlov berish, kulolchilik va oʻymakorlik tahrir

Temuriylar imperiyasi ham sifatli metall buyumlar ishlab chiqargan. Odatda poʻlat, temir, jez va bronza xom ashyo sifatida ishlatilgan.[16] Temuriylar kumush bilan quyilgan poʻlat ayniqsa, yuqori sifatli deb keltirilgan.[25] Temuriylar imperiyasi qulaganidan soʻng, bir necha Eron va Mesopotamiya madaniyatlari Temuriylar metallurgiyasi anʼanalarini davom ettirdilar.[16]

Xitoy uslubidagi keramika temuriylar hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Yashma toshi oʻymakorligi Temuriylar sanʼatida ham maʼlum darajada mavjud edi.[17]

Ilm-fan tahrir

 
Al-Koshiy teoremasi
 
Ali Qushji ilmiy asarlaridan namunalar.

Jamshid al-Koshiy matematika va astronomiya sohalariga eng katta hissa qoʻshgan olimlardan biri boʻlgan. U ham hukmdor Shohruh Mirzo, ham uning rafiqasi Gavhar Shod begim tomonidan birdek qo''lab-quvvatlangan. Ularning har ikklasi ham ilm-fan va madaniyat rivojiga nihoyatda qiziqish bilan qarashar edi.. Binobarin, ularning hokimiyat davri koʻplab ilmiy yutuqlar davriga aylandi.

Sulton Ulugʻbek hukmronlik davri imperiyaning ilmiy choʻqqisi sifatida tavsiflanadi. Uning hukmronligi davrida al-Koshiy har bir daraja uchun oʻta aniqlikdagi va har bir daqiqa uchun farqlarni oʻz ichiga olgan toʻrtta eng kichik raqamlar (sakkizta kasr hajmiga teng) uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqdi. Shuningdek, u osmon sferasidagi koordinatlar tizimlari orasidagi oʻzgarishga oid, masalan, ekliptik koordinatalar tizimidan ekvatorial koordinatalar tizimiga oʻtish kabi jadvallarni ishlab chiqardi. Yer, Oy, Quyosh va Yulduzlar kabi samoviy jismlarning masofalari va oʻlchamlarini aniqlashda avvalgilar duch kelgan qiyinchiliklarni hal qilishni Sullam al-Sama muallifligida ishlab chiqilgan.

Ulugʻbek Samarqandda institutga asos solgan va u tez orada taniqli universitetga aylangan. Uning saltanati poytaxtidagi ushbu akademiyaga butun Yaqin Sharq va atrofdagi talabalar toʻplanishgan. Binobarin, Ulugʻbek Oʻrta Sharqning koʻplab buyuk matematiklari va olimlarini, shu jumladan Ali Qushchini bir joyga toʻplay oldi. Ali Qushchi astronomik fizikani tabiiy falsafadan mustaqil ravishda va Astronomiyaning falsafaga taxminiy bogʻliqligi toʻgʻrisida risolasida Yerning aylanishi uchun empirik dalillarni keltirgan. Ali Qushchining eng muhim astronomik asari — Astronomiyaning falsafaga bogʻliqligi . Aristotelizmning astronomiyaga aralashishiga qarshi chiqqan islom ilohiyotchilari taʼsiri ostida Ali Qushchi aristotel fizikasini rad etdi va tabiiy falsafani islom astronomiyasidan butunlay ajratib, astronomiyaning sof empirik va matematik ilmga aylanishiga imkon berdi. Bu unga Aristoteliya statsionar Yer tushunchasiga alternativalarni oʻrganish imkonini berdi, chunki u harakatlanuvchi Yer haqidagi gʻoyani oʻrganib chiqdi (garchi S. Smit hech bir islom astronomlari geliosentrik koinot nazariyasini taklif qilmagan deb taʼkidlamoqda) [26] .[27]

Meros tahrir

XV asr oxirlarida Temuriylar imperiyasi tanazzulga uchraganidan so'ng, Usmoniylar, Safaviylar sulolasi, Boburiylarl Hindistoni va boshqa imperiyalar bo'lgan porox imperiyalari o'zaro temuriylarning badiiy an'analarini davom ettirdilar.[15][28]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Subtelny, Maria Eva (November 1988). „Socioeconomic Bases of Cultural Patronage under the Later Timurids“. International Journal of Middle East Studies. 20-jild, № 4. 479–505-bet. Qaraldi: 7–noyabr 2016–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. 2,0 2,1 „A Companion to the Worlds of the Renaissance, Guido Ruggiero“. 8-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  3. World History as the History of Foundations, 3000 BCE to 1500 CE By Michael Borgolte, page 293
  4. Periods of World History: A Latin American Perspective — Page 129
  5. The Empire of the Steppes: A History of Central Asia — Page 465
  6. "Timurids". The Columbia Encyclopedia (Sixth nashri). New York City: Columbia University. Archived from the original on 2006-12-05. https://web.archive.org/web/20061205073939/http://bartleby.com/65/ti/Timurids.html. Qaraldi: 2006-11-08. 
  7. „The Art of the Timurid Period (ca. 1370–1507)“. 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  8. „Timurids“. 8-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  9. Strange Parallels: Volume 2, Mainland Mirrors: Europe, Japan, China, South Asia, and the Islands: Southeast Asia in Global Context, C.800-1830 by Victor Lieberman Page 712
  10. Imperial Identity in the Mughal Empire by Lisa Page 4
  11. Sufism and Society: Arrangements of the Mystical in the Muslim World, 1200-1800 edited by John Curry, Erik Ohlander, Page 141
  12. The Silk Road: A Very Short Introduction by James A. Millward.
  13. B.F. Manz; W.M. Thackston; D.J. Roxburgh; L. Golombek; L. Komaroff; R.E. Darley-Doran (2007). „Timurids“. Encyclopedia of Islam, online edition. „During the Timurid period, three languages, Persian, Turkish, and Arabic were in use. The major language of the period was Persian, the native language of the Tajik (Persian) component of society and the language of learning acquired by all literate and/or urban Turks. Persian served as the language of administration, history, belles lettres, and poetry.“
  14. „Iransaga - Persian Art, The Timurids“. www.artarena.force9.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
  15. 15,0 15,1 Komaroff. „The Art of the Timurid Period (ca. 1370–1507) | Essay | Heilbrunn Timeline of Art History | The Metropolitan Museum of Art“. The Metʼs Heilbrunn Timeline of Art History. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
  16. 16,0 16,1 16,2 electricpulp.com „METALWORK – Encyclopaedia Iranica“ (en). www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
  17. 17,0 17,1 "Timurids" The Columbia Encyclopedia (Sixth ed.). New York City: Columbia University. Retrieved 2006-11-08.
  18. Lentz, W. Thomas. Dynastic Imagery in Early Timurid Wall Paintings. Los Angeles Museum of Art.URL:https://archnet.org/system/publications/contents/4320/original/DPC0599.pdf?1384784647 (Wayback Machine saytida 2017-11-16 sanasida arxivlangan)
  19. Blair, Sheila, and Bloom, Jonathan M., The Art and Architecture of Islam, 1250-1800, Chapter 5, 1995, Yale University Press. Pelican History of Art, ISBN 0300064659.
  20. Roemer. „ḤOSAYN BĀYQARĀ“. Encyclopaedia Iranica. Encyclopaedia Iranica Foundation (23-mart 2012-yil). Qaraldi: 9-aprel 2019-yil.
  21. Encyclopædia Britannica, „Timurid Dynasty“, Online Academic Edition, 2007. „Turkic dynasty descended from the conqueror Timur (Tamerlane), renowned for its brilliant revival of artistic and intellectual life in Iran and Central Asia. … Trading and artistic communities were brought into the capital city of Herat, where a library was founded, and the capital became the centre of a renewed and artistically brilliant Persian culture.“
  22. John Julius Norwich, Great Architecture of the World, Da Capo Press, 2001. p. 278.
  23. Hugh Kennedy, The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In, Da Capo Press, 2007. p. 237
  24. Banister Fletcher, Dan Cruickshan, Sir Banister Fletcher’s a History of Architecture, Architectural Press, 1996. pg 606
  25. The Caspian Sea Journal ISSN: 1578-7899 Volume 10, Issue 1, Supplement 3 (2016) 127-132 The Compilation of One Object of Timurid Metalwork (12th Century) in the National Museum of Iran with Two Objects in National Museum of Yerevan-Armenia. URL: http://csjonline.org/CSJ/2016/Supp3/127-132.pdf (Wayback Machine saytida 2017-11-16 sanasida arxivlangan)
  26. Emilie Savage-Smith (November 2008), „Islamic Influence on Copernicus“ (PDF), Journal for the History of Astronomy, 39 (4): 538–541 [541], Bibcode:2008JHA....39..538S, doi:10.1177/002182860803900414, qaraldi: 25–mart 2010–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  27. UzWiki jamoasi, muh. (2020), Toshkent, ISBN 978-0-521-00063-5 {{citation}}: Missing or empty |title= (yordam); Unknown parameter |Muallif= ignored (|muallif= suggested) (yordam)
  28. „The Timurids and the Turkmen - The David Collection“ (en). www.davidmus.dk. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.