Qasoskorlar (inglizcha: The Avengers) – 2012-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh superqahramonlik filmi; Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi oltinchi film. Gʻoyasi Marvel Comics komikslaridagi ayni nomdagi superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios studiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Joss Whedon rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Tom Hiddleston, Stellan Skarsgård, Samuel L. Jackson kabi aktyorlar ijro etgan.

Qasoskorlar
The Avengers

Film posteri
Rejissyor(lar) Joss Whedon
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Joss Whedon
Hikoya
Qaysi asarga
asoslangan
Qasoskorlar
Stan Lee, Jack Kirby
Rollarda
Bastakor(lar) Alan Silvestri
Kinematografiya Seamus McGarvey
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 11-aprel, 2012-yil(2012-04-11) (Los-Anjeles)
  • 4-may, 2012-yil(2012-05-04) (AQSh)
Davomiyligi 143 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $220–225 million[2][3]
Daromadi $1,519 milliard[4]
Keyingi film Qasoskorlar: Ultron davri

Film premyerasi 2012-yilning 11-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,5 milliard ishlab topib, oʻsha vaqtda tarixdagi uchinchi eng kassabop filmga, 2012-yilning esa eng kassabop filmiga aylangan. Film sikvellari Qasoskorlar: Ultron davri, Qasoskorlar: Cheksizlik jangi, Qasoskorlar: Intiho mos ravishda 2015-, 2018- va 2019-yilda chiqarilgan.

Mazmuni tahrir

Asgardlik Loki Chitauri xalqi yoʻlboshchisi Other [en] bilan uchrashadi. Other Lokiga Tesseract evaziga Yerni zabt etishi uchun kerakli qoʻshin bilan taʼminlashga soʻz beradi. Q.A.L.Q.O.N. josuslik agentligi direktori Nick Fury tadqiqot markaziga keladi. Tadqiqot markazida astrofizik Erik Selvig boshchiligidagi guruh Tesseractni oʻrganadi. Tesseract toʻsatdan faollashib, fazoviy portal ochadi. Portal orqali Loki Yerga keladi va Tesseractni oʻgʻirlaydi. Hassasi yordamida esa Selvig va Clint Bartonning ongi ustidan nazoratni qoʻlga oladi.

Bunga javoban Fury „Qasoskorlar“ tashabbusini qayta tiklaydi. Agent Natasha Romanoff gamma-nurlanish boʻyicha mutaxassis Bruce Banner bilan uchrashish uchun Kalkuttaga boradi. Fury Steve Rogersni yoʻqlab, undan Tesseract haqida nimani bilishini soʻraydi. Agent Phil Coulson [en] esa Tony Starkning yoniga borib, uni Selvigning tadqiqotini yakuniga yetkazishga undaydi. Loki va Barton Stuttgart shahriga borishadi. Barton Tesseractni barqaror saqlab turish zarur boʻlgan iridiyni oʻgʻirlaydi. Lokining Stuttgartda ekanligidan xabar topgan Rogers, Stark va Romanoff u yerga yetib borib, uni qoʻlga oladi. Lokini Q.A.L.Q.O.N. qarorgohiga olib borish chogʻida, Lokining oʻgay akasi Thor kelib, uni ozod qiladi va Asgardga olib ketmoqchi boʻladi. Stark va Rogers Lokini qoʻldan chiqarmaslik uchun Thor bilan jang qiladi. Oqibatda Loki „Helicarrier“ aviatashuvchisida qamoqqa olinadi.

Qasoskorlar Q.A.L.Q.O.N. Tesseractdan oʻzga sayyoraliklarga qarshi ommaviy qirgʻin qurollari yaratishni rejalashtirayotganini tushunib yetgach, bir-birlari bilan janjallashib qolishadi. Janjal paytida Lokining agentlari Helicarrierga hujum qiladi. Stress natijasida Banner Hulkka aylanadi. Stark va Rogers talofat yetgan dvigatelni qayta ishga tushiradi, Thor esa jazavasi tutgan Hulkni tinchlantirishga harakat qiladi. Romanoff Barton bilan jang qilib, uni Lokining taʼsiridan ozod etadi. Loki Coulsonni oʻldirgach, aviatashuvchidan qochib ketadi. Fury Coulsonning oʻlimidan Qasoskorlarni jamoa boʻlib ishlashga ilhomlantirishda foydalanadi. Loki Tesseract va Selvig yaratgan generator yordamida Nyu-York shahridagi Stark Tower binosining tepasida portal ochadi. Portaldan Chitauri qoʻshini kirib keladi va bosqinchilik hujumi boshlanadi.

Rogers, Stark, Romanoff, Barton, Thor va Hulk Nyu-Yorkni Chitauri qoʻshinidan muhofaza qilish uchun birlashadi. Hulk Lokini jangda yengadi, Romanoff esa Lokining nazoratidan forigʻ boʻlgan Selvigdan Lokining hassasi generatorni oʻchirib qoʻya olishini bilib oladi. Furyning Jahon Xavfsizlik Kengashidagi rahbarlari Manhattanga yadroviy zarba berish orqali bosqinchilik hujumini toʻxtatishga qaror qiladi. Stark raketani tutib qolib, portal orqali Chitauri qoʻshini tomon uchadi. Raketa Chitauri baza kemasiga jiddiy talofat yetkazib, Yerdagi qoʻshinni nofaollashtiradi. Stark hushini, uning kostyumi esa quvvatini yoʻqotadi. Osmondan Yerga hushsiz tushayotganda, Hulk uni ushlab qolib, Yerga xavfsiz tushishini taʼminlaydi. Qasoskorlar Starkni hushiga keltiradi. Romanoff Lokining hassasi yordamida portalni yopadi. Pirovardida Thor Loki va Tesseractni Asgardga olib ketadi. Loki Asgardda qilmishlari uchun javob beradi.

Titrdan keyingi sahnada Other Yerdagi muvaffaqiyatsiz hujumi uchun ustozidan kechirim soʻraydi.

Rollarda tahrir

Musiqasi tahrir

The Avengers (Original Motion Picture Soundtrack)

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Alan Silvestri yozgan.

NomiDavomiyligi
1.„Arrival“2:59
2.„Doors Open From Both Sides“2:48
3.„Tunnel Chase“2:36
4.„Stark Goes Green“2:41
5.„Helicarrier“2:09
6.„Subjugation“3:00
7.„Don't Take My Stuff“4:42
8.„Red Ledger“5:11
9.„Assault“4:26
10.„They Called It“2:41
11.„Performance Issues“3:35
12.„Seeing, Not Believing“4:25
13.„Assemble“4:31
14.„I Got a Ride“4:00
15.„A Little Help“3:14
16.„One Way Trip“5:50
17.„A Promise“3:34
18.„The Avengers“2:03
Jami davomiyligi:1:04:25

Manbalar tahrir

  1. „Marvel Avengers Assemble“. British Board of Film Classification. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-aprel.
  2. Breznican, Anthony (September 30, 2011). 'The Avengers': Your first look at the dream team!“. Entertainment Weekly. January 18, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 17, 2017. „At risk is not only the movie's estimated $220 million budget, but also one of the most promising tent pole franchises in Hollywood.“
  3. The Avengers. The Numbers. Nash Information Services, LLC. 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  4. The Avengers. Box Office Mojo. IMDb. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.

Havolalar tahrir