Toʻlegen Aybergenov
Toʻlegen Aybergenov (1937-yil 8-mart, Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR – 1967-yil 29-avgust, Nukus, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) – qozoq yozuvchisi, shoir, olim, tarixchi, oʻqituvchi[1].
Toʻlegen Aybergenov | |
---|---|
Asl ismi | qozoqcha: Төлеген Айбергенұлы Айбергенов |
Tavalludi |
8-mart 1937-yil |
Vafoti |
29-avgust 1967-yil (30 yoshda) Nukus, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR |
Ijod qilgan tillari | qozoq tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Faoliyat yillari | 1957—1967 |
Janr | sheʼriyat |
Biografiyasi
tahrirToʻlegen Aybergenov 1937-yil 8-martda Oʻzbekiston SSR Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi) Qoʻngʻirot tumanida kolxozchi oilasida tugʻilgan[1]. Jetiru qabilasining Tabin urugʻidan. Oʻrta maktabni tugatgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1959-yilda tugatgan[2]. Institutda oʻqishni tamomlab, ona qishlogʻiga qaytib keladi, oʻrta maktabda rus tili va tarixi oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshlaydi. 1962—1965-yillarda Toʻlegen Aybergenov hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatining Sariagʻash tumanidagi ishchi yoshlar maktabida (kechki maktab) direktor boʻlib ishlagan[3]. Qozoq yozuvchilari delegatsiyasi tarkibida Nukusga kelgan Toʻlegen Aybergenov 1967-yil 29-avgustda shu shaharda vafot etgan[2]. Toʻlegen Aybergenov Nukusda dafn etilgan. Toʻlegen Aybergenovni soʻnggi manzilga kuzatish uchun doʻsti Muqagʻali Maqatayev ham uchib kelgan.
Xotira
tahrirJanubiy Qozogʻiston viloyati Temirlanovka qishlogʻining markaziy koʻchalaridan biriga shoir nomi berilgan[3]. Janubiy Qozogʻiston viloyati markazi Chimkent shahrida, shuningdek, Sariagʻash shaharidagi koʻchalar uning nomi bilan ataladi. Janubiy Qozogʻiston viloyatining tuman va shaharlaridagi bir qancha maktablar shoir nomi bilan ataladi[3]. Ostona shahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabiga 2001-yilda hokimlik qarori bilan shoir nomi berilgan. 2007-yil 23-dekabrda mazkur taʼlim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan Toʻlegen Aybergenov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan memorial muzey ochildi. Shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan „Aybergenov olami“ hujjatli film, sheʼr va qoʻshiqlariga videokliplar suratga olingan[1].
Ijodi
tahrirToʻlegen Aybergenov sheʼrlari ilk bor 1957-yilda bosma nashrlarda chiqqan[3]. Birinchi kitobi „Arman Sapari“ („Orzular yoʻli“) 1963-yilda nashr etilgan. Undan keyin 1965-yilda ikkinchi kitobi „Oʻmirge sayoxat“ („Hayotga sayohat“) chiqqan. Shoirning uchinchi kitobi „Qumdagʻi munaralar“ („Qumdagi minoralar“) vafotidan bir yil oʻtib, 1968-yilda nashr etilgan. Tanlangan asarlari 1987-yilda „Mir sozvezdiya“ nomi bilan rus tilida nashr etilgan[2]. Ushbu asari uchun Toʻlegen Aybergenov vafotidan soʻng, 1974-yilda adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Qozogʻiston Lenin komsomolining mukofoti bilan taqdirlangan[1][4].
Toʻlegen Aybergenov umri davomida bor-yoʻgʻi ikkita sheʼriy toʻplamini nashr etishga muvaffaq boʻlgan, biroq shoirning bu yorqin, oʻziga xos ijodi Qozogʻiston zamonaviy sheʼriyatida mustahkam oʻrin egallaydi. Aybergenov mashhur qozoq bastakori Shamshi Qaldayaqov bilan doʻst boʻlgan. 1965-yilda Toʻlegen Aybergenov va Shamshi Qaldayaqov Atirau (Guryev) shahriga borishganda „Aq erke – Akjayk“ qoʻshigʻini yaratishgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Айбергенов Толеген“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Төлеген Айбергенұлы Айбергенов“ (2017-yil 17-mart).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Айбергенов Толеген (1937-1967)“.
- ↑ „Айбергенов Тулеген“.