To‘qay kokildori
Toʻqay kokildori[1][2][3] (Paragluphisia oxiana) — kokildorlar oilasiga mansub tungi kapalak. Oʻrta Osiyo choʻllariga endemik boʻlib, keng tarqalgan[3].
Toʻqay kokildori | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Oila: | Notodontidae |
Urugʻ: | Paragluphisia |
Turlari: | Toʻqay kokildori |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Paragluphisia oxiana Djakonov, 1927 |
Tavsif
tahrirErkakning old qanotining uzunligi 12-13 mm, urgʻochisiniki 13-14 mm. Yuqori tarafdagi oldingi qanotlari kulrang-oqish tusda urchishdan keyin zich qora-kulrang tusga kiradi. Oʻrta maydon koʻndalang qoramtir keng toʻlqinli chiziqlar bilan cheklangan. Bazal va oʻrta maydonlar ba’zida och pushti-jigarrang rangga ega. Orqa qanotlari oq rangda, tashqi qismi toʻq tusda boʻladi. Orqa qanotlarning ichki burchagi ham qoraygan va qorayish ichida ingichka oq rangli chiziq oʻtadi[1].
Tarqalishi
tahrirMozaik keng tarqalgan Janubiy Turon endemik turlari. Mahalliy tartibda uchraydi. Kokildorlilarning tarqalishi bir qancha kichik va juda tor hududlarga boʻlingan[3][1]. Unga Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston hududlari kiradi. Oʻzbekistonda Surxondaryoning Termiz yaqinida, Amudaryoning Toʻrtkoʻl shahri yaqinida, Samarqand, Buxoro, Gʻijduvon yaqinidagi Zarafshon tekisliklarida yashaydi. Qozogʻistonda u Sirdaryoning pasttekisligidan topilgan[3]. Tojikistonda Parxar tumanidagi Qizilsuvning quyi oqimida, Fayzobodqal’a qishlogʻidagi Payanj daryosi boʻyida, Nijniy Pyanj qishlogʻida, Vaxsh vodiysidagi Tigrovaya Balka qoʻriqxonasida, Oʻzbekistonning quyi oqimida uchraydi. Oyvaj qishlogʻi yaqinidagi Kofirnigon daryosida uchraydi[1].
Turangʻi toʻqaylari choʻl hududlari 360–500 m balandlikdagi daryo tekisliklarida tipik yashash joylari hisoblanadi[1]. Toʻrangʻi, soʻrgʻich, tamarisk, kendir va turli oʻt oʻsimliklardan iborat toʻrangʻili toʻqay oʻrmonlarida, shuningdek, pasttekislik daryolari oʻzanlari boʻylab toʻqayzorlarda yashaydi[2][3].
Hayot tarzi
tahrirYashash tarzi yetarlicha oʻrganilmagan. Yiliga 2-3 marta nasl qoldiradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – tunlari aprelning oxiridan avgustning boshlarigacha. Kokildorlar tunlari faol. Qurti va ozuqa oʻsimligi noma’lum[2].
Muhofaza etish
tahrirTur Qozogʻiston Qizil kitobiga[4] va Oʻzbekiston Qizil kitobiga[2] kiritilgan.
Turlarning soni universal darajada past va doimiy ravishda kamayishda davom etmoqda. Turlar sonining kamayishiga toʻqay oʻrmonlarining pasttekisliklari vayron boʻlishi bilan bogʻliq.
Cheklovchi omillar
tahrirXoʻjalik faoliyati oqibatida toʻqaylarning kesib tashlanishi.
Muhofaza choralari
tahrirZarafshon qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, soni va yashash tarzini imkon qadar oʻrganish lozim.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Красная книга СССР: Редкие и находящиеся под угрозой исчезновения виды животных и растений. Том 1 / Главная ред. коллегия: А. М. Бородин, А. Г. Банников, В. Е. Соколов и др. — 2-е изд. — М.: Лесная промышленность, 1984. — С. 289—392 с.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. — Ташкент: Chinor ENK, 2009. — 218 с.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Красная книга Казахстана. — Т. I. — Животные. — Часть 2. Беспозвоночные. — 4-е издание. — Алматы: Онер, 2006.
- ↑ И. Д. Митяев, Р. В. Ященко, В. Л. Казенас. Удивительный мир беспозвоночных. По страницам Красной книги Казахстана. — Алматы: Алматы кітап, 2005. — 116 с. — ISBN 9965245568.