Tojiddin madrasasi Mirzo Abdug‘afur guzarida joylashgan bo‘lib, 12 hujrasi bo‘lgan. Registon dahasida bo‘lgan.

Madrasa
Tojiddin madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Tarixi

tahrir

Qozikalon Abdushukur arznomasida Bobokalon ismli qori maqsuraxonlik qilish uchun hazrat shayx Tojiddin mozori boshiga yuborilgani maʼlum qilingan. Manbalardan Buxoroda yashab o‘tgan shayx yoolim Tojiddin ismli shaxs nomini qaralganda, „Tarixi mullazodaasariningSitojiya maqbaralari zikri“ bo‘limida quyidagi maʼlumotlar aniqlangan. "Abu Bakr Fazl maqbarasining sharqiy tomonida Sitojiya imomlarining maqbaralari bo‘lgan. Ularning har biri bir jahonning darg‘asi bo‘lgan. Bu joy avliyolar va Tangrining xos kishilari qabrlaridan iboratdir. Xovand Tojiddin ibn Xovand Faxriddin „Bo‘ston ul-muzakkirin“ asarini yozgan. Hijriy 730-yil muharram oyida (1329-yil oktyabr') vafot etgan. O‘g‘li Xovand Sadriddin hijriy 750-yil muharram oyida (1349-yil mart — aprel') dunyodan ko‘z yumgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 414.