Turaqul Zehni
Toʻraqul Zehni, asl ismi Toʻraqul Narziqulov — sovet, tojik va oʻzbek shoiri, yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarjimon. Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi boʻlgan.
Tarjimai hol
tahrirToʻraqul Narziqulov 1892-yilda Samarqand shahrida, Galaosiyo mahallasida tojik oilasida tugʻilgan. Samarqand markazining Tilla Qori madrasasida tahsil olgan. Keyinroq Toʻraqul oʻsha paytda keng tarqalgan bir yillik ta’lim kursida oʻqidi. Oʻqishni tamomlab, 1919-yilda Samarqanddagi boshlangʻich maktabda tojik tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Oradan bir muncha vaqt oʻtib, 1925-yilda Samarqand shahridagi boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlash maxsus maktabida ham oʻqituvchi boʻlib ishladi.
1919-yildan esa uning ijod pallasi gullay boshladi. Bungacha u kitoblar va maktab darsliklari yozishni boshlagan. Uning maqola va she’rlari qator gazetalarda, jumladan, “Ovozi tojik”, “Bedoriy tojik”, “Rahbari Donish”, “Adabiyot” gazetalarida nashr etilgan.
Zehni 1926-1932-yillarda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) respublika nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan. 1936-yilgacha Samarqand pedagogika bilim yurtida tojik tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1940-1945-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti)da fors tilidan talabalarga saboq bergan.
1945-yilda u soxta ayblovlar bilan hibsga olindi va keyingi 9 yilni Sibir va shimoliy Qozogʻistondagi Gulag lagerlarida surgunda boʻldi. Ozodlikka chiqqach, 1956-yildan to 1983-yil vafotigacha Dushanbe shahridagi Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Rudakiy nomidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, keyinroq katta ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1983-yil 10-aprelda Dushanbe shahrida 91 yoshida vafot etdi.
Tarjimonlik ishi
tahrirToʻraqul Zehniyning tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid 300 dan ortiq ilmiy maqola va ma’ruzalari bor. Adabiyot va tilshunoslik, pedagogikaga oid qator kitoblar muallifi. Nikolay Vasilevich Gogolning “Palto” qissasini birinchi boʻlib rus tilidan tojik tiliga tarjima qilgan. Abdulqayum Qurbiy, Sadriddin Ayniy va boshqalar kabi bir qancha samarqandlik shoir va yozuvchilar bilan doʻst boʻlgan. Tarjimon sifatida tojik tilidan tashqari fors, oʻzbek va rus tillarini ham yaxshi bilgan.
Xotirlash
tahrirTojikiston va Oʻzbekistondagi qator koʻchalar, xususan, Dushanbe, Xoʻjand va Samarqand shaharlari Toʻraqul Zehni nomi bilan yuritiladi.
Oilasi
tahrirQizi - Farruxa Zehniyeva - taniqli filolog, adabiyotshunos va folklorshunos, filologiya fanlari nomzodi.
Adabiyotlar
tahrir- Aslho va uslho. - Dushanbe, 2013-yil. - B.52 - 184 b. — ISBN 978-99947-958-2-6 (toj. )
- Entsiklopediya va Millia Tojik, 2015.