Tursunxon Soliyeva
Tursunxon Soliyeva (1922-yil Oʻsh, Fargʻona viloyati – 2001-yil Oʻsh, Qizgʻiziston) – Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri aktrisasi, Qirgʻiziston xalq artisti Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan[1].
Tursunxon Soliyeva | |
---|---|
Tavalludi |
1922-yil |
Vafoti |
21-sentyabr 2001 Oʻsh, Qirgʻiziston |
Biografiyasi
tahrirTursunxon Soliyeva 1922-yil 17-dekabrda Oʻsh shahrida tugʻilgan. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida Bobur nomidagi Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida ishlab, turli janrdagi spektakllarda 150 dan ortiq rollarni ijro etgan. 1940—1944-yillarda Toshkent Muqimiy nomidagi teatrda ishlagan. 1944-yildan esa yana Oʻsh oʻzbek drama teatrida oʻz faoliyatini olib borgan.
Teatr sanʼati rivojiga, oʻzbek va qirgʻiz madaniyatini yaqinlashtirishga qoʻshgan hissasi uchun Tursunxon Soliyeva 1953-yilda Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1974-yilda esa Qirgʻiziston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. Isteʼdodli aktrisa bir necha bor Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Oliy Kengashlarining diplomlari, „Mehnat faxriysi“ va „Dank-1000“ medallari va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. Tursunxon Soliyeva shahar, viloyat jamoat hayotida faol ishtirok etgan, yosh ijodkorlarning gʻamxoʻr ustozi boʻlgan.
2001-yil 21-sentyabrda Oʻsh shahrida vafot etgan.
2017-yildaQirgʻiziston Teatr arboblari uyushmasi Tursunxon Soliyeva nomidagi mukofotni taʼsis etgan.
Mukofotlari
tahrir- Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1974)
- Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy diplomi
- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining faxriy yorligʻi
- Qirgʻiziston SSR Madaniyat vazirligining Faxriy diplomi[2]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Tursunxon Soliyeva“.
- ↑ „Qirgʻiziston SSR xalq artistlari“.
- ↑ https://tyup.net/page/salieva-tursunhan (Wayback Machine saytida 2019-03-31 sanasida arxivlangan) Tursunxon Salieva
- ↑ „Tursunxon Soliyeva“.
Adabiyotlar
tahrir- [1]. BBK 92ya2 (rus.).
- [2]. (Wayback Machine saytida 2018-07-12 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya ot 12 iyulya 2018 na Wayback Machine (uzb.)
- [3]. (kirg.)
- [4]. Mat-li k dekade kirg. iskusstva v Moskve. 1939 g.
- [5]. 21 sm, BBK 85.4. (uzb.), (rus.) i (kirg.)
- [6]. − 76 s.: il.; 16 sm.
- [7]. (uzb.)
- [8]. UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (uzb.), (rus.) i (kirg.)
Havolalar
tahrir- Qirgʻiziston SSR xalq artistlari
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 4-bet 29.08.1972
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 4-bet 31.08.1972
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 4-bet 05.07.1978
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 3-bet 9.09.1979
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 2-bet 8.03.1990
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 3-bet 27.09.1990
- 20-asr 1-yarmida Qirgʻiziston musiqa va dramatik sanʼatining shakllanishi va rivojlanishi.