Ubayda ibn al-Horis (arabcha: عبيدة بن الحارث) (taxminan hijriy 562-yil – 624-yil 13-mart) – Islom paygʻambari Muhammadning amakivachhasi[1], sahoba. Ubayda ibn al-Horis Islom qabul qilgan ilk shaxslardan biri boʻlgan. Muhmmad paygʻambardan 10 yosh katta boʻlgan. Badr jangida[1][2] qoʻmondonlik qilgan hamda ushbu urushda shahid boʻlgan ilk musulmonlardan biri boʻlgan[3][4].

Ubayda ibn Horis
Tavalludi
Ubayda ibn al-Horis

taxminan hijriy 562-yil
Vafoti hijriy 624-yil 13-mart, Ramazon oyining 17-kuni
Badr jangi, Hijoz, Saudiya Arabistoni
Turmush oʻrtogʻi Zaynab binti Xuzayma

Oilasi

tahrir

Ubayda Horis ibn Muttalib ibn Abdumannof ibn Qusayning oʻgʻli[5][6], Muhammad paygʻambarning birinchi amakivachchasi, Muhammadning otasi Abdulloh ibn Abdulmuttalibning jiyani va amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib va Hamza ibn Abdul Muttolibning oʻgʻli boʻlgan. Ubayda ibn Horisning onasi Suhayla binti Xuzoiy ibn Huvayris ibn al-Horis ibn Xaysama ibn al-Horis ibn Molik ibn Jusham ibn Saqif saqif qabilasidan edi. Ubaydaning oʻzidan yigirma yosh kichik ikki nafar ukasi boʻlgan.

Ubayda ibn Horisning turli ayollardan Muoviya, Avn, Munqiz, Horis, Muhammad, Ibrohim ismli 6 nafar oʻgillari va Rabta, Xadicha, Suhayla va Safiya ismli 4 nafar qizlari boʻlgan[6]. Yagona qonuniy rafiqasi Zaynab binti Xuzaymadan esa birorta farzand koʻrmagan.

Sifatlari

tahrir

Ubayda ibn Horis tashqi koʻrinishi oʻrta boʻyli, bugʻdoyrang, yuzlari chiroyli, kelishgan kishi deya taʼriflanadi[6].

Islomni qabul qilishi

tahrir

Ubayda ibn Horis 614-yilda Islomni qabul qiladi va musulmon boʻladi[6]. Uning ismi Ibn Ishoqning Abu Bakr bergan taklifiga binoan Islomni qabul qilganlar roʻyxatida oʻn ikkinchi oʻrinda turadi[5].

622-yilda Ubayda ibn Horis va ikki nafar ukalari hamda yosh amakivachchasi Mistah ibn Utata bilan birgalikda Madinaga umumiy hijrat qilayotganlar safiga qoʻshilishadi[6]. Muhammad Islomda Ubayda ibn Horisni Abu Bakr Siddiqni ozod qilgan Bilol ibn Raboh va Umayr ibn al-Hamom ismli ansorlarni aka-uka qilib qoʻygan[6]. Ubayda ham, Umayr ibn al-Hamom ham Badr jangida shahid boʻlishgan.

Harbiy yurishlardagi ishtiroki

tahrir

Baʼzi manbalarga koʻra, Muhammad Ubaydani harbiy safarda bayroqdor qilib tayinlagan boʻlsa, boshqa manbalarga koʻra urushda Muhammad tomonidan Hamza birinchi amir sifatida tayinlangan[6].

623-yil aprel oyida Muhammad Ubaydani oltmish nafar qurolli muhojirlar guruhi bilan Rabigʻ vodiysiga yuboradi. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutib olishlari kerak edi[5][6][7][8][9]. Musulmonlar guruhi Tanyat al-Murradagi quduqlargacha kirib borishadi[5][8], shunda Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq otgan, bu esa Alloh yoʻlida birinchi boʻlib otilgan oʻq deya tarixda qolgan[5][7][6][7][8], lekin shunga qaramasdan, ikki tomon askarlari tomonidan ham qilichlar qinidan chiqarilmagan va hech qanday jiddiy talofatlar boʻlmagan[10][11][12].

Oʻlimi

tahrir

Ubayda ibn Horis 624-yil 63 yoshida Badr jangida Shayba ibn Rabiaga qarshi uch marta jangga chiqib, oyogʻidan jarohat olib, oʻsha yerda shahid boʻlgan. Ubayda Badr jangida birinchi boʻlib oʻldirilgan musulmon boʻlsa-da, u jarohat olganidan keyin bir necha soat omon qolganligi sababli aynan jangda halok boʻlgan birinchi musulmonlar sifatida Mihjaʼ va Horisa ibn Surakalarning nomi keltiriladi[5].

Ubayda ibn Horisa Badr jangidan bir kunlik yurish uzoqligidagi as-Safra degan joyda vafot etgan va shu yerning oʻziga dafn qilingan[6].

Ubaydaning vafotidan keyin Muhammad uning bevasi Zaynab binti Xuzaymagaga uylanadi[13].

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Razwy, Sayed Ali Asgher. A Restatement of the History of Islam & Muslims — 128-bet. 
  2. Muir, Sir William. The Life of Mohammed, London, 1877. 
  3. Razwy, Sayed Ali Asgher. A Restatement of the History of Islam & Muslims — 136-bet. 
  4. Waqidi, Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. (2011). The Life of Muhammad, pp. 36, 73. Oxford: Routledge.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
  6. 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 Muhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
  7. 7,0 7,1 7,2 Haykal, M. H. (1935). Translated by al-Faruqi, I. R. A. (1976). The Life of Muhammad, p. 256. Chicago: North American Trust Publications.
  8. 8,0 8,1 8,2 Mubarakpuri, S. R. (1979). Ar-Raheeq Al-Maktum (The Sealed Nectar), p. 92. Riyadh: Darussalem Publishers.
  9. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here
  10. Muhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
  11. Haykal, M. H. (1935). Translated by al-Faruqi, I. R. A. (1976). The Life of Muhammad, p. 256. Chicago: North American Trust Publications.
  12. Mubarakpuri, S. R. (1979). Ar-Raheeq Al-Maktum (The Sealed Nectar), p. 92. Riyadh: Darussalem Publishers.
  13. Ibn Hisham note 918.