Uber Eats – Uber kompaniyasi tomonidan 2014-yilda ishga tushirilgan oziq-ovqatlarga onlayn buyurtma orqali yetkazib berish hizmati[4]. Ovqatlar kuryerlar tomonidan turli usullar, jumladan, avtomobillar, skuterlar, velosipedlar yordamida yoki piyoda holatda yetkazib beriladi[5]. U 2021-yil hisobiga koʻra, 45 mamlakatning 6000 dan ortiq shaharlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[6].

Uber Eats
Turi Shoʻba
Tarmogʻi Onlayn ovqat buyurtma qilish
Egasi Uber
Qachon asos solingan 26-avgust, 2014-yil (10 yil avval) (2014-08-26)[1] (UberFRESH nomi ostida)
Joylashuvi San Francisco, Kaliforniya, AQSh
Hududiy xizmati 45 davlat va 6,000+ shaharlarda
Asoschi(lari) Travis Kalanick
Garrett Camp
Rahbariyat Dara Khosrowshahi (CEO)[2]
Aylanma daromadi $8.30 milliard (2021)[3]
Vebsayti ubereats.com

Oziq-ovqatlarni yetkazib berish jarayoni Uber haydovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Uber Eats har kuni oʻz xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan shaharlarda, hamkorligi yoʻlgan qoʻyilgan restoranlardan buyurtma qilingan taomlarini yetkazib beradi[7]. 2020-yilda kompaniya restoranlarga Uber Eats bilan hamkorlik qilish uchun, kechki vaqtlarda yetkazib berish xizmatidan foydalangan mijozlar uchun 13-40% miqdorida chegirma qilish sharti qoʻyilgani bois, monopoliyaga qilish maqsadida narxlarni manipulyatsiya qilganlikda ayblanib, ishi sudga oshirilgan.

Tarixi

tahrir
 
Uber Eats kuryeri Amsterdam (Niderlandiya) koʻchalarida
 
Uber Eatsning mototsikl orqali yetkazib beruvchi kuryeri Panama koʻchalarida
 
Subway restoranidagi Uber Eats logotipi

Uber Eatsga egalik qiluvchi Uber kompaniyasiga 2009-yilda Garrett Camp va Travis Kalanick tomonidan asos solingan[8][9]. Kompaniya oziq-ovqat yetkazib berishni 2014-yil avgust oyida Kaliforniyaning Santa Monica shahrida UberFRESH nomi ostida boshlagan[10]. 2015-yilda platforma nomi UberEats deb oʻzgartiriladi[11] va buyurtma berish uchun alohida ilova ishlab chiqiladi[12][13][14]. 2016-yilda u London[15] va Parijda[16] ham oʻz faoliyatini boshlagan.

2018-yil noyabr oyida kompaniya Yevropa bozorlarida ishchi kuchini uch baravar oshirish boʻyicha rejalarini eʼlon qilgan. 2018-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kompaniya Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlaridagi 20 mamlakatning 200 ta shahrida oziq-ovqat yetkazish xizmatini amalga oshirgan[15].

2019-yil yozda Uber Eats Shimoliy yarimsharda dronlar orqali oziq-ovqat yetkazib berish ishlarini boshlash haqida maʼlum qilgan[17]. Iyul oyida Uber Eats baʼzi shaharlarda restoranlarda oldindan stol buyurtma qilish imkoniyatini taklif qila boshlaydi, bu esa mijozlarga oldindan ovqat buyurtma qilib, keyin restoranda ovqatlanish imkonini beradi[18].

2019-yil sentyabrida Uber Eats Janubiy Koreya bozorini tark etishi haqida xabar beradi. Reuters buni Koreyadagi oziq-ovqat yetkazib berishdagi kuchli raqobat sababli deya izohlagan[19]. Shu yilning oktyabr oyida kompaniya ilova orqali zakaz berib, restoranlardan olib ketish xizmatini ham ishga tushiradi[20]. 2019-yil 15-oktabrda esa Burger King fast-foodlarini butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab yetkazib berish boʻyicha muvaffaqqiyatli shartnoma imzolaganligi maʼlum boʻladi[21].

2020-yil 21-yanvarda Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha aksiyalarini sotib olishini eʼlon qilgan[22]. Shartnomaning bir qismi sifatida Uber Zomatoning 10% ulushiga ega boʻlgan va Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha mijozlariga xizmat koʻrsata boshlagan. Kelishuv vaqtida Zomato taxminan 3,55 milliard dollarga baholangan[23].

2020-yilning 28-yanvarida Uber Eats McDonald’sning Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi Just Eat oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi bilan hamkorlik qilganligi sababli tarmoq mahsulotlarini Britaniya boʻylab yetkazib berish huquqiga ega emasligi xabar qilgan[24]. Kompaniya bir yil avval McDonald’s mahsulotlarini AQSh boʻylab yetkazib berish huquqidan mahrum boʻlgan edi[25].

2020-yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi davrida Uber Eats yangi mijozlari soni 30 foizga oshganini qayd etgan[26]. Shuningdek, ushbu davrda kompaniya restoranlardan 30% dan 35% gacha komissiya undirgani uchun tanqidga uchragan[27][28].

2022-yil aprel oyida Uber Eats Buyuk Britaniyadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi Tesco bilan hamkorlik qilib, 20 ta doʻkonda buyurtmani bir soat ichida yetkazib berilishi kafolatlangan xizmatlarini boshlagan[29].

2022-yil 16-mayda Uber Eats Los-Anjelesda Serve Robotics va Motional bilan hamkorlikda ikkita inson omilisiz yetkazib beruvchi uchuvchilarni ishga tushiradi[30].

2024-yil yanvarida Uber oʻz brendini Uber Eatsda birlashtirish maqsadida 2024-yil martigacha Drizly spirtli ichimliklar yetkazib berish xizmatini yopishi haqida eʼlon qiladi. Kompaniya faoliyati toʻxtatilgan ilovalarni Uber Eats bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda[31].

Moliya

tahrir
Yil Daromad

(milliard USD)[32]

2017 0.6
2018 1.5
2019 1.9
2020 4.8
2021 8.3

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Uber Begins Testing Lunch Delivery with UberFRESH“ (2014-yil 26-avgust).
  2. Bhuiyan, Johana. „Uber CEO Dara Khosrowshahi says UberEats has a $6 billion bookings run rate“. Recode (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
  3. „Uber Eats Revenue and Usage Statistics (2022)“ (en-US). Business of Apps (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  4. Wright, Johnathan L.. „Uber Eats debuts Wednesday in Reno“. Reno Gazette Journal (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  5. Said, Carolyn „UberEats comes to S.F., offering meal deliveries“. SF Gate (2015-yil 18-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  6. „Uber Help“ (en). Uber. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
  7. Chen McCain, Shiang-Lih; Lolli, Jeffrey; Liu, Emma; Lin, Li-Chun (2022-08-25). "An analysis of a third-party food delivery app during the COVID-19 pandemic" (en). British Food Journal 124 (10): 3032–3052. doi:10.1108/BFJ-03-2021-0332. ISSN 0007-070X. https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/BFJ-03-2021-0332/full/html. 
  8. Lagorio-Chafkin, Christine „Resistance is Futile“. Inc (2013-yil avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
  9. Bacon, James „Innovation Uber alles“. The Washington Times (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  10. Etherington, Darrell „Uber Begins Testing Lunch Delivery With UberFRESH“. Tech Crunch (2014-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
  11. Elliott, Farley „UberFRESH Rebrands to UberEATS Just in Time to Expand Like Crazy“. Eater (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  12. „Uber's first spinoff app is a food delivery service in Toronto“ (2015-yil 9-dekabr).
  13. Kosoff, Maya „How Uber's latest update could pose a major threat to GrubHub“. Business Insider (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  14. Tepper, Fitz „Uber's New Update Gives Food Delivery As Much Attention As Transportation“. TechCrunch (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 Turner, Gilles. „Uber Plans to Triple Headcount on Food Delivery in Europe Region“. Bloomberg News (2018-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  16. Fresne, Patrick. „French Revolution 2020:Food wars down the virus haunted streets of France“. Gold and Revolution (2021-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  17. Jeremy, Bogaisky. „Uber Eats To Test Flying Food To Customers By Drone In San Diego“ (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  18. Constine, Josh. „Uber Eats invades restaurants with Dine-In option“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  19. Park, Ju-Min. „Uber Eats to pull out of South Korea amid tough competition“ (en). Reuters (2019-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  20. Tyko, Kelly. „Uber Eats launches delivery alternative with new pickup feature“ (en-US). Washington: Gannett (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  21. Albrecht, Chris. „Amid Layoffs, Uber Eats Partners with Burger King“ (en-US). The Spoon (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  22. Singh, Manish. „Uber sells food delivery business in India to Zomato“ (en-US). TechCrunch. Mumbai: Yahoo! Inc. (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  23. Goel, Vindu; Conger, Kate. „Uber Sells Food Delivery Business in India“ (en-US) (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  24. Ziady, Hanna. „Uber suffers another blow as it loses McDonald's delivery monopoly in the UK“. CNN. London: Warner Bros. Discovery (2020-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  25. Kelso, Alicia. „McDonald's UK taps Just Eat for delivery, ends Uber Eats exclusivity“ (en-US). Restaurant Dive. Washington: Industry Dive (2020-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  26. Chiappetta, Marco „Uber Eats Demand Soars Due To COVID-19 Crisis“ (en). Forbes (2020-yil 25-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  27. Batey, Eve. „Delivery Apps Refuse to Temporarily Decrease the Fees They Charge Restaurants“ (en). Eater SF. San Francisco: Vox Media (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  28. Fickenscher, Lisa; Manskar, Noah. „Uber Eats cuts fees for NYC restaurants as Grubhub rivalry heats up“ (en-US). New York: News Corp (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  29. Linsell, Katie. „Uber Partners With Tesco for Fast Grocery Delivery in the U.K.“. Bloomberg News (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  30. Bellan, Rebecca. „Uber Eats pilots autonomous delivery with Serve Robotics, Motional“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2022-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.[sayt ishlamaydi]
  31. Delouya, Samantha. „Uber is shutting down alcohol delivery app Drizly“ (en). CNN. Atlanta: Warner Bros. Discovery (2024-yil 15-yanvar).
  32. Newcomer, Eric „Uber Has a New Growth Story“. Bloomberg (2019-yil 12-aprel).