Umar (Buxoro amiri)
Umar — oʻzbek mangʻitlar sulosidan Buxoro amiri (1826 — 1827).
1826 yil dekabrdan 1827 yilgacha (taxminan toʻrt oy) amirlikni boshqargan oʻzbek sulolasidan boʻlgan Buxoro amiri. U 16 yoshida akasi Mir Husayn ibn Haydar oʻrnini egalladi. Mir Umar 1810 yilda Buxoroda tugʻilgan va Said Haydar ibn Shoxmurodning ikkinchi oʻgʻli (Mir Husayndan keyin) boʻlgan. Uning yana bir necha ukalari bor edi, Nasrullohxon, Zubeyrxon, Hamzaxon, Sulton Xon. Hukmdorlik oxirida Mir Umarning ukasi Nasrulla Buxoroni qamal qildi, va 1827 yil aprelda uni agʻdarib tashladi va oʻzi hokimiyat tepasiga keldi. Taxtdan agʻdarilgandan soʻng Mir Umar Qoʻqonga qochib ketadi va u erda 1827 yilda oʻldiriladi.
AdabiyotlarTahrirlash
- Abdulazim Sami. «Tarikh-i salatin-i mangitiya» dar as-saltana-i Bukharai sharif. / Perevod L. M. Yepifanovoy. — M., 1962. * Akhmad Donish. Istoriya mangitskoy dinastii. / Perevod I. A. Nadzhafovoy. — Dush., 1967.
- Voronovskiy D. G. «Gulʻshen-alʻ-mulʻk» Mukhammad Yakuba Bukhari. / Dissertatsiya na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata istoricheskikh nauk. — Tash., 1947.
- O nekotorykh sobytiyakh v Bukhare, Khokande i Kashgare. Zapiski Mirzy Shemsa Bukhari, izdannyy v tekste, s perevodom i primechaniyami V. V. Grigor'yevym. — Kaz., 1861.
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |