Urush tantanasi

Vereshchagin kartinasi (1871)

Urush tantanasi“ – asosan urush voqealarini tasvirlaydigan rus rassomi Vasiliy Vereshchagin tomonidan XIX asr oʻrtalarida yaratilgan kartina. Kartinani tugatgandan keyin Vereshchagin uni „oʻtmish, bugungi kun va kelajakda hukm surajak barcha bosqinchilarga“ bagʻishlagan. Polotnoda moʻyqalam bilan chizilgan ushbu kartinada Oʻrta Osiyodagi shahar devorlari tashqarisidagi bosh suyaklar uyumi tasvirlangan. Bu kartina Vereshchaginning Turkiston turkumiga mansub.

Urush tantanasi
: '
Rassom Vasiliy Vereshchagin
Yil 1871
Material polotno
Oʻlchami 127 sm × 197 sm (8,500 in × 13,200 in)
Joylashuvi Tretyakov galereyasi, Moskva

Hozirda „Urush tantanasi“ Moskvada joylashgan Tretyakov galereyasida namoyish etib kelinmoqda[1].

Tarixi

tahrir

Kelib chiqishi

tahrir

„Urush tantanasi“ Vereshchagin tomonidan 1871-yilda chizilgan[2]. Oʻsha paytda Vereshchagin Germaniyaning Myunxen shahrida istiqomat qilgan va u yerda Rossiya imperiyasi armiyasi Oʻrta Osiyo boʻylab harakatlanayotgani, turli qabilalarga qarshi kurashayotgani va Rossiya Turkistoniga aylanadigan hududni zabt etayotgani tasvirlangan 13 ta saʼat asarlarini (shu jumladan, „Urush tantanasi“ kartinasini ham) chizgan. Klassik urush rassomi sifatida Vereshchaginning koʻplab asarlari rus armiyasi hamda Xiva va Qoʻqon xonliklari oʻrtasidagi jang sahnalariga qaratilgan[2].

Bir versiyaga koʻra, kartinani yaratish gʻoyasi oʻrta asrlar hukmdori va qoʻmondoni Amir Temur bilan bogʻliq. Uning qoʻshinlari bosh suyaklardan uyumlar hosil qilishgan, biroq rasm oʻziga xos tarixiy xususiyatga ega emas. Tarixiy manbalarga koʻra, Damashq va Bagʻdod ayollari oʻz gunohkor erlari ustidan Amir Temurga shikoyat qilishadi[3]. Temur esa 200,000 askariga ushbu erkaklarning uzilgan boshlarini keltirishga buyruq beradi. Askarlar buyruqni bajargandan soʻng, kesilgan boshlardan piramidalar yaratishadi[4][5].

Boshqa bir versiyaga koʻra, Vereshchagin „Urush tantanasi“ kartinasini Qashgʻar hukmdori Valixontoʻraning nemis sayyohi A. Shlagintveytni qatl etib, uning boshini boshqa qatl etilgan odamlarning boshidan yaratilgan piramida ustiga qoʻygan hikoyasidan ilhomlanib yaratganligi aytiladi. 1867-yilda Vereshchagin K. P. Kaufman general-gubernator boʻlgan Turkistonga boradi va u yerda proporshik lavozimida faoliyat olib borgan. Oʻsha paytlarda Rossiya Oʻrta Osiyo hududini egallayotgan paytlarda Vereshchagin koʻplab murdalarni koʻrdi hamda bu holat unga insonlarga boʻlgan mehr va xayrixohlikni uygʻotdi[4]. Rassomning nafaqat Oʻrta Osiyodagi jangovar harakatlar, balki bu yerning tabiati va manzaralari tasvirlangan „Turkiston turkumi“ paydo boʻlgan.

Mazmuni

tahrir

Kartinada hosilsiz yerda bosh suyaklar uyumi fonida jang yoki qamal oqibatlari tasvirlangan. Unda oʻlaksaxoʻr qushlar bosh suyaklardan uyum yaratayotganini ham koʻrish mumkin. Ularning oyoq ostidagi yer tuproq, sargʻaygan oʻtlar, qisman oqartirilgan fil suyagi rangidagi bosh suyaklar uyumidan iborat. Uyum hosil qilgan soya, ochiq jagʻlar va koʻzlar tomonidan hosil qilingan qora teshiklar kartinaga chuqur maʼno berib, urushning dahshatlarini yanada kuchaytirgan.

Togʻlar kartinadagi cheksiz choʻl va osmonni ajratish uchun xizmat qiladi, „Urush tantanasi“ kartinasi oʻng tomonida esa Samarqand shahri tasvirlangan. Yaqqol buzilib ketgan shahar devorlari 1868-yilda rus askarlarining hujumini qaytargan buxoroliklarning Samarqand qamaliga ishora qiladi[2][6]. Vereshchagin kartina ramkasida „oʻtmish, bugungi kun va kelajakda hukm surajak barcha bosqinchilarga“ bagʻishlanganini taʼkidlagan[2].

Cheklovlar

tahrir

1870– va 1880-yillarda Vereshchagin ushbu kartinasini turli joylarda namoyish etdi. Rassomning ushbu klassik kartinalari yaxshi qabul qilingan boʻlsa-da, turkum ichidagi 2 ta ishi katta bahs-munozaralarga sabab boʻldi[2]. Xususan, „Urush tantanasi“ va „Unutilgan“ (ruscha: „Забытый“) kartinalari urushga qarshi ruhda chizilgan va baʼzi odamlar tomonidan rus armiyasini yomon koʻrsatganlikda ayblangan, buning oqibatida Rossiya hukumati Vereshchaginning ushbu ikki kartinasini Rossiya hududida namoyish qilishni taqiqlagan. Rassom Germaniyada oʻz kartinalarini namoyish qilayotganda nemis feldmarshali Kichkina Helmuth von Moltke ham kartinani koʻrgandan keyin xuddi shunday norozilikni bildiradi va oʻz askarlariga ushbu kartinani koʻrishni taqiqlaydi[2][7][8]. Moltkening bu buyrugʻi koʻplab norozilik va hayratlanishlarga sabab boʻladi. Xuddi shunday buyruq Avstriya imperiyasining urush vaziri tomonidan ham tasdiqlangan[2].

Vereshchagin kartinalariga boʻlgan tomoshabinlar fikrlariga befarq edi, biroq Rossiyada uni rus armiyasiga tuhmat qilganlikda ayblovchilar soni oshib borayotganidan xavotirda edi. Ushbu holatga javoban rassom oʻzining uchta unchalik mashhurlikka erishmagan kartinalarini yoqib yuboradi. Vershchagin shuncha taqiqlarga qaramay, Rus-yapon urushi paytida vafot etgunga qadar urushlar va ularning oqibatlarini tasvirlashda davom etadi[2][9].

Manbalar

tahrir
  1. Stevens, Norman D.. Postcards in the Library: Invaluable Visual Resources (en). Routledge, 2014-01-09. ISBN 978-1-317-93923-8. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7   Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Vereshchagin, Vassili Vassilievich" Encyclopædia Britannica 27 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 1021 
  3. „Апофеоз войны (Василий Верещагин)“ (deadlink). 50 биографий мастеров русского искусства. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 Н. A. Ионин. „Верещагин В., «Апофеоз войны»“. Сто великих картин. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-oktyabr.
  5. „Верещагин Василий Васильевич, Апофеоз войны — история картины“. 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-oktyabr.
  6. Shahrisabz, Katti-Kurgan, Hussein Bek of Urgut, Omar Bek of Chilek, Jura Bek, Baba Bek and others.
  7. www.mezanet.nl, Mezanet Interactieve Media „All About Heaven - Sources returnpage“ (en). allaboutheaven.org. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  8. „Vasily Vereshchagin, Russian Realism painter – Art Challenge“ (en). artchallenge.ru. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  9. Lloyd, Brigitte Gastel „Biography of Vasily Vasilyevich Vershchagin (1842-1904), Russian Artist“. artroots.com. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.