Grakovskiy Vadim Yefimovich (1960-yil 26-aprelda Toshkentda tugʻilgan) — aktyor, teatr va kino rejissyori. Bir qator teatr loyihalari va festivallarining tashkilotchisi hamda direktori.

Vadim Yefimovich Grakovskiy
Граковский Вадим.JPG
Tugʻilgan sanasi 1960-yil 26-aprel (62 yosh)
Tugʻilgan joyi Тoshkent, SSSR
Kasbi teatr direktori, aktyor, teatr boshqaruvchisi

Vadim bolaligidan teatrga qiziqqan, maktabda tashkil etilgan havaskorlik spektakllarida faol ishtirok etgan. Moskva teatr oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kira olmagach, Toshkent Davlat universitetining Filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan va ushbu oliygohni 1990-yilda tamomlagan. Grakovskiy shuningdek, 1996-yilda Toshkent teatr institutining Rejissyorlik fakultetini tugatgan. Sanʼatshunos olim 2001-yildan buyon Germaniyaning Berlin shahrida yashab ijod qiladi.

Vadim Yefimovich aktyor Vladislav Grakovskiyning akasi.

Ijodiy biografiyasi

tahrir

1982-1994-yillarda „Mayatnik“ teatr studiyasida aktyor va rejissyor yordamchisi (18 ta katta va kichik rollar);
1994-2002-yillarda Toshkentdagi Davlat akademik drama teatri, „Aladdin“ nomidagi teatr, „Zarafshon“ korxona teatri, „Lik“ raqs teatri aktyori va rejissyori (8 ta rejissyorlik va 21 ta aktyorlik ishi);
1997-2000-yillarda Oʻzbekiston yosh dizaynerlar festivali tashkilotchisi va direktori;
2002-yildan Eslingen shahridagi (Germaniya) shahar bayramlari tashkilotchisi va direktori;
2003-yildan Berlindagi  Rossiya kamera teatring[sayt ishlamaydi] aktyori va rejissyori;
2006-yildan Berlindagi bolalar eksperimental teatrining direktori;
2008-yildan „Rus sahna“ teatri aktyori (Berlin).
2008-yildan Rostokdagi „Mechae“ yahudiy teatrining aktyori bo‘lgan.

Xalqaro festivallardagi ishtiroki

tahrir

1982-1994-yillarda Fransiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya, Shveysariya, Belgiya, Gollandiya, Angliya, Portugaliya, Turkiya, Germaniyadagi festivallar ishtirokchisi.
2008-yil — Pushkin tog‘larida teatr festivali;
2008-yil — Brestda (Belarus) „Belaya Veja“ teatr festivali;
2009-2010-yillarda „Rossiyadagi uchrashuvlar“ teatr festivali (Sankt-Peterburg).
2009-yil — Dublin (Irlandiya) teatr festivali.
2009-yil — Valkadagi (Latviya) teatr festivali.
2009-yil — Kishinyovdagi (Moldova) teatr festivali.

Sofiya (Bolgariya), Qozon (Tatariston) va Toshkentda (O‘zbekiston) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro festivallarda eng yaxshi aktyor sifatida taqdirlangan.

Rejissorlik ishlari (tanlanganlari)

tahrir

1982-1994-yillarda „Chinzano“, „Andante“ (L.Petrushevskaya);
„Siz ham aybdorsiz“, „Do‘stlar“ (Kobo Abe);
„Zemlyanichnaya polyana“ (S.Polyakov);
1996-yil „Egizaklar“ (Jan-Jak Briker, Moris Laseg);
2003-yil „Taqdirga sayohat“ raqs va drama spektakli;
2007-yil „Jena Chaykovskogo — roman, kotorogo ne bilo“ raqs va drama spektakli.

Aktyorlik ishlari (tanlanganlari)

tahrir

„Mayatnik“ teatr-studiyasi (Toshkent)

tahrir
  • „Vassa Jeleznova“ (M.Gorkiy) — Proxor
  • „Qora odammi yoki men bechora Soso Jugashvilimi“ (V. P. Korkia) — Beriya

M. Gorkiy nomidagi Toshkent akademik teatri

tahrir
  • „- O, Marianna!“ (V. S. Popov) — asosiy rol
  • „Samoubiystvo vlyublennix na Ostrove Nebesnix Setey“(Tikamasu) — Mogaemon
  • „Ayvoviye sni“ (T. K. Zulfiqarov) — Qarabuton

Toshkent „Aladdin“ teatri

tahrir
  • „Zanuda“ (F. Veber) — bosh rol
  • „Kolleksiya“ (G. Pinter) — Jeyms, bosh rol
  • „Dver v smujnuyu komnatu“ (A. Eykborn)
  • „Sokrovishe na ostrove Pelikana“ (D. B. Pristli) — bosh rol

„Xalqaro teatr“ (Frankfurt Mayndagi)

tahrir
  • „Trudniye lyudi“ (Y. Bar-Yosef) — Saymon, bosh rol
  • „Jizn udalas“ (A. V. Vdovin) — Mixail, bosh rol

„Rus kamera teatri“ (Berlin)

tahrir
  • „Jena Chaykovskogo — roman, kotorogo ne bilo“ — Antonina Chaykovskaya
  • „Oblomov myortv! Da zdrastvuyet Oblomov!“ (po I. A. Goncharov) — Shtols
  • „Malenkiye komedii Chexova“ (po A. P. Chexov)
  • „Vertinskiy. Putechestviye v sudbu“ — Vertinskiy

„Mechae“ yahudiy teatri (Rostok)

tahrir
  • „Oskolki xrustalnoy nochi“ (B. Brext, F. Brukner, F.Volf) — Mann, Karlaner, Doktor Xelpax, Klayner
  • „Sad“ (Y. Bar-Yosef) — Menashe Sirkin

Rus sahna teatri (Berlin)

tahrir

Kino va televideniyeda ishlari

tahrir
  • „Apropos…..“ ko‘ngilochar teledastur (boshlovchi, 1994-1998)
  • „Kambag‘allar uchun kechki ovqat“ filmi (bosh rol, 2001)
  • Kino akademiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Eng yaxshi vaqtlar“ qisqa metrajli film (Berlin, 2004)
  • TFH tomonidan ishlab chiqarilgan „Mast“ qisqa metrajli film (Berlin, 2005)
  • Media akademiya tomonidan ishlab chiqarilgan „Konsert“ qisqa metrajli film (Berlin, 2006.)

Manbalar

tahrir
  1. „Будущее есть/XI Международный фестиваль «Встречи в России» | Strastnoy bulvar, 10“. www.strast10.ru. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
  2. Н. Лихтенфельд. Премьера «Маскарада Арбенина» на «Русской сцене» в Берлине // Литературные известия : газета. — Старый Оскол, 2011. — Вып. 69, № 1. — С. 4.