Vasiliy Dmitriyevich Sovpel (belaruscha: Васіль Дзмітрыевіч Соўпель; 1999-yil 23-mart) — belaruslik futbolchi, Qozogʻistonning „Kaysar“ klubi yarim himoyachisi.

Vasiliy Dmitriyevich Sovpel
Tavalludi 1999-yil 23-mart
Fuqaroligi Belarussiya
Kasbi futbolchi
Boʻyi 1.87 m
Mukofotlari Belarus kubogi sohibi

Karyerasi tahrir

Yoshlik yillari tahrir

Vasiliy Sovpel oʻzining futbolchilik faoliyatini „MTZ-RIPO“ klubida boshlagan. Klub tarqatib yuborilgach, futbolchi oʻyinlarini davom ettirish uchun Polshaning „Legiya“ jamoasiga yoʻl oladi. Shuningdek, u „Lugano“, „Monza“, „Frankavilli“ kabi klublar akademiyalari sinov-mashgʻulot oʻyinlarida ham ishtirok etgan boʻlib, 2018-yilga kelib Minskning „Dinamo“ klubi jamoasi eʼtiboriga tushadi[1].

„Chist“ tahrir

2018-yilning avgust oyida Vasiliy Sovpel „Chist“ klubiga ijaraga olinadi. Futbolchi klubdagi debyut oʻyinini 2018-yilning 25-avgustida „Slonim“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi va oʻyinning 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushadi[2]. Sovpel oʻyinlardagi ilk golini 2018-yilning 15-sentyabr kuni „Granit“[3] jamoasi darvozasiga kiritadi. Futbolchi jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanar edi, biroq jamoa ikkinchi liga oʻyinlariga tushib ketgach, futbolchi klubni tark etishga majbur boʻladi.

„Energetik-BGU“ tahrir

2019-yil yanvar oyida Sovpel „Energetik-BGU“ klubiga koʻchib oʻtadi[4]. U klubdagi debyut oʻyinini 2019-yilning 13-aprelida „Gomel“ jamoasiga qarshi o‘tkazadi[5]. Sovpel oʻzining jamoadagi ilk golini 2019-yilning 28-iyulida Belarus kubogi doirasidagi „Arsenal“ klubiga qarshi kechgan o‘yinda kiritishga muvaffaq boʻladi[6]. Chempionatdagi ilk golini esa 2019-yil 1-dekabrda „Dnepr“ jamoasiga qarshi bahslarda raqib darvozasiga kiritadi[7].

2020-yilning yanvar oyiida Sovpel klub bilan shartnomasini uzaytiradi[8]. Futbolchi oʻyinlarda tez-tez maydonga tusha boshlaydi va asosiy oʻyinlarda ishtirok etadi, lekin shunga qaramay, asosan, zaxira oʻyinchisi boʻlib qolaveradi. 2020-yil 26-iyun kuni „Slaviya“ ga qarshi kechgan o‘yinda futbolchi dubl qayd etadi[9]. 2021-yilning yanvar oyida esa futbolchi yana klub bilan shartnomani uzaytiradi[10]. Yangi mavsum oʻyinlarida ham futbolchi, asosan, zahiradan maydonga tushiriladi.

„Andijon“ tahrir

2021-yil iyul oyida Sovpel O‘zbekistonning „Andijon“ klubiga olti oylik ijara bilan yo‘l oladi[11]. Futbolchi klubdagi debyut oʻyinini 2021-yilning 31-iyulida „Turon“ jamoasiga qarshi o‘tkazadi[12]. U klubdagi ilk golini 2021-yil 25-sentyabr kuni „Qo‘qon-1912“ klubiga qarshi o‘yinda urishga muvaffaq boʻladi[13]. Sovpel 6 oylik ijara davomida jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylanadi, keyinchalik esa „Andijon“dan Belarus klubiga qaytadi.

Yutuqlari tahrir

  „Gomel“

Belarus kubogi sohibi: 2021—2022-yillar.

Manbalar tahrir

  1. „Минское «Динамо» заявило за дубль клуба хавбека, который ранее выступал в академиях «Легии», «Лугано», «Монцы» и «Франкавиллы»“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  2. „Slonim vs. Underdogs“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-avgust).
  3. „Underdogs vs. Granit“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-sentyabr). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  4. „Василий Совпель перешел в "Энергетик-БГУ"“. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  5. „Gomel vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2019-yil 13-aprel). 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  6. „Arsenal vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-iyul). 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  7. „Energetyk-BGU vs. Dnyapro“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-dekabr). 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  8. „Совпель продлил контракт с "Энергетиком-БГУ“. 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  9. „Energetyk-BGU vs. Slavia“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-dekabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  10. „"Энергетик-БГУ" продлил контракт с Совпелем, пролонгировал аренду Мирошникова и расстался со Сквирой“. 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  11. „Забелин, Совпель и Владислав Васильев перешли в узбекский "Андижан"“. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  12. „Andijan vs. Turan“ (en). soccerway.com (2021-yil 31-iyul). 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  13. „Kokand-1912 vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2021-yil 25-sentyabr). 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.