Vayangan bobo maqbarasi — XVI hamda XIX asrlarga oid Xorazmdagi tarixiy obyekt[1]. Obyekt Shovot tumani, Choʻqli qishlogʻi, Ogahiy mahallasida joylashgan boʻlib, maqbara Vayangan qalʼasi atrofidagi qabriston hududida bunyod etilgan[2].

Vayangan bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Maqbara
Manzili Choʻqli qishlogʻi, Ogahiy mahallasi
Shahar Shovot tumani
Mamlakat Xorazm, Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°44′13″N 60°10′30″E / 41.73687303863779°N 60.17503333861782°E / 41.73687303863779; 60.17503333861782
Qurilishi boshlangan XVI asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Vayangan bobo maqbarasi xaritada

Vayangan bobo maqbarasi davlat mulkiga tegishli. U Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan[3].

Qurilish tarixi

tahrir

Maqbara hududi miloddan oldingi II—IV asrlarga mansub boʻlgan Vayangan qal’asi (shahri) oʻrnida joylashgan. Vayangan ancha qadimiy shahar boʻlib, „Goʻroʻgʻli“ dostonida shu qal’a nomi tilga olingan[4]. Vayangan ismli kishi shaharni mudofaa qilgan avliyo ekanligi haqidagi rivoyatlar ham mavjud. Keksa avlod vakillarining soʻzlariga koʻra, bu qalʼani Gʻavsul Aʼzam Javloniyning oʻgʻli Voyangan qurdirganligi sababli maqbara uning nomi bilan atalib kelinadi. Voyangan bobo vafot etgandan soʻng uni shu qalʼa atrofiga dafn etishgan. Xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning qabri ustiga Xiva xoni Olloqulixon davrida maqbara qurilgan. Maqbara devorlarining tabiiy nurashi va XX asrning 40—60-yillaridagi sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan ateistik targʻibot tufayli maqbara qarovsiz qolib vayrona holatga kelib qolgan.

OʻzSSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 21-dekabr № 539 qarori bilan obida davlat muhofazasiga olingan. 1988-yili Vayangan bobo maqbarasi tubdan rekonstruksiya qilingan va asl holiga keltirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin turli homiylarning tashabbusi va amaliy yordami nartijasida maqbara binosida keng koʻlamli taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Maqbara yaqinida tuzli kichik koʻl mavjud boʻlib, odamlar uni turli kasalliklarga shifo ekanligiga ishonib kelishadi va har yili shifo izlab tashrif buyirishadi[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „ 335-сон 05.12.2014. Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“. old.lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  2. „Xorazmga borish uchun 10 ta sabab“ (uz). GeoOlamga xush kelibsiz!. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  3. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  4. JOME MOSQUE OF VAYANGAN BOBO | #uzbekistan #samarkand #bukhara #khorezm #khiva #360 #vr #ziyoratgauz (inglizcha), qaraldi: 2023-10-12
  5. „VAYANGAN BOBO JOME MASJIDI“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.