Vladimir Yejurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Rahimovich Yejurov
Tavallud sanasi 24-mart 1960-yil (1960-03-24) (64 yosh)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi ( asst manager)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988 Yangiyer 1 (0)
1990 Avtomobilist Proletarsk
Boshqargan klublari
1990-1994 Pakhtakor Proletarsk
1995-1996 Metallurg (assistant)
1997-1999 Tojikiston (assistant)
1999-2000 Pakhtakor Proletarsk
2000-2002 Semurgʻ Angren
2002 Xoʻjand
2003-2005 Rubin-2 Kazan
2008 Rubin Kazan (scout)
2009-2013 Rubin Kazan (youth)
2011 Neftekhimik Nizhnekamsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Rahimovich Yejurov (ruscha: Владимир Раимович Ежуров; 1960-yil 24-martda tugʻilgan) — rossiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Tojikiston fuqaroligiga ham ega. U „Neftchi“ klubida bosh murabbiy Vitaliy Levchenko yordamchisi.

Faoliyati tahrir

SSSR chempionatida quyi liganing „Yangiyer“ (Yangiyer, O‘zbekiston SSR) va „Avtomobilist“ (Tojikiston SSR) klublarida o‘ynagan.

1992-1995 va 1999-2000-yillarda „Paxtakor“ nomi bilan mashhur boʻlgan Proletar klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.[1] 1993 va 1994-yillarda Tojikiston bronza medali sovrindori boʻlgan.[2] Keyinchalik O‘zbekistonning „Metallurg“ Bekobod, 1996-1997) va „Semurgʻ“ Angren, 2000-2002) hamda Tojikistonning „Xo‘jand“ klublarida ishlagan. Bunga parallel ravishda, 1994-1999 yillarda Tojikiston yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalari murabbiylar shtabida ham faoliyat yuritgan.

2003-2010-yillarda Qozonning „Rubin“ tizimida — yoshlar jamoasi, „Rubin-2“ murabbiyi va seleksioner boʻlib ishlagan.

2011-yil 1-fevralda Yejurov Kaliningradning „Baltika“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilganligi eʼlon qilindi,[3] ammo 25 fevralda u Nijnekamskning „Rubin“ farm klubining „Nefteximik“  bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi boʻldi.[4] Mart oyining oxirida Yezhurov bu lavozimda Andrey Sitchixinga almashtirildi, shundan soʻng Yejurov „Rubin“ga qaytdi.[5]

2014-yil mart oyi boshida u RFU murabbiylik akademiyasida PRO toifasidagi murabbiylik litsenziyasi uchun imtihonlarni topshirdi.[6] U Krasnoyarskning „Yenisey“ jamoasida murabbiy va bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, murabbiylar shtabining amaldagi jamoa bosh murabbiyi Pro licenziyasiga ega boʻlmagan Aleksey Ivaxov edi.[7]

2016-yil yanvar oyida u Belarusning „Belshina“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.[8][9] 2016-yilning aprelida u klubni tark etdi.[10]

2016-yilning iyul oyidan boshlab u „Yenisey“ murabbiylar shtabiga aʼzo bo‘lgan, keyin esa bosh murabbiy Andrey Tixonov va darvozabonlar murabbiyi Anatoliy Rojkov bilan birgalikda Samaraning „Krilya Sovetov“ klubiga o‘tgan.[11][12]

2019-yil iyundan 2020-yil maygacha — Qozonning „Rubin“ yoshlar jamoasi katta murabbiyi, klub akademiyasi metodisti. 2020-yil 16-oktabrda u yana Andrey Tixonov bilan Nur-Sultonda „Astana“da ishlay boshladi. 2021-yil noyabr oyida „Astana“ jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasida ishlagan.[13]

2022-yil Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Vitaliy Levchenko boshliq murabbiylar shtabidan oʻrin oldi.[14] Dastlab Levchenkoda murabbiylik PRO litsenziyasi boʻlmaganligi sababli, 6 oy vaqtincha bosh murabbiy lavozimida Yejurov faoliyat olib bordi.[15] Murabbiylar shtabining amaldagi rahbari Pro licenziyasiga ega boʻlmagan Vitaliy Levchenko edi. Keyinchalik Vitaliy Levchenko Pro litsenziyaga ega boʻlganidan soʻng yordamchisi lavozimiga oʻtkazildi.

Manbalar tahrir

  1. „Ежуров Владимир Раимович / Наши тренеры /“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  2. „Владимир Ежуров: из Средней Азии через Казань да в Сибирь“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  3. „01.02.2011 Уважаемые болельщики, любители футбола!“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  4. „ФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТ. МЕЖСЕЗОНЬЕ“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  5. „Nefteximik“, s. 7[sayt ishlamaydi]
  6. „Владимир Ежуров: из Средней Азии через Казань да в Сибирь“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  7. „ФУТБОЛ. ПЕРВЕНСТВО РОССИИ. ФНЛ. Завтра 5-й тур“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  8. „Главным тренером ФК «Белшина» стал Владимир Ежуров“. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
  9. Владимир Ежуров YouTubeda
  10. „Ежуров: ушёл из «Белшины» из-за серьёзных обстоятельств личного характера“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  11. „Владимир Ежуров официально назначен помощником тренера ФК «Енисей»“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  12. „Тренерский штаб Тихонова в «Крыльях Советов» будет таким же, как и в «Енисее»“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  13. „Ежуров стал старшим тренером молодёжки «Рубина»“. 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
  14. „Vitaliy Levchenkoga "Neftchi"da kimlar ko'maklashishi malum“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  15. „PRO licenziyasi bo'lmagan Vitaliy Levchenkoning o'rniga kim bosh murabbiy bo'ladi?“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.

Havolalar tahrir