Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi

Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.

PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.

Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.

PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015-yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda — Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada — Finlandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi rivojlangan.

PISA test tarkibi tahrir

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.

PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

  1. Bir javobli testlar;
  2. Bir nechta javobli testlar;
  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA asosiy yoʻnalishlar tahrir

Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.

Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʼminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʼtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.

Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.

2000-yil tahrir

2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda asosiy mavzu — oʻqish va oʻqilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib, test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bagʻishlangan.[1]

2003-yil tahrir

PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya — 442 ball, AQSh — 495 ball, Serbiya — 412 ball olgan.[2]

Matematika yoʻnalishida Gonkong 550 ball bilan birinchi oʻrinda, AQSh 483 ball, Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan.[3]

Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball).

2006-yil tahrir

2006-yilda oʻqish savodxonligi boʻyicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556 ball bilan birinchi oʻrinni egallagan.

Matematika yoʻnalishida Taybey 549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball, Isroil 442 ball toʻplagan.

Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlandiya 563 ball bilan birinchi oʻrinda, Italiya 475 ball, AQSh 489 ball toʻplagan.

2009-yil tahrir

2009 — yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. Oʻqish savodxonligi boʻyicha Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball bilan ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi oʻrinni egallagan.[4]

Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi, MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball toʻplagan.

2012-yil tahrir

2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʼzo 34 ta davlati ishtirok etdi[5].

Ishtirokchilarga anʼanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta yangi turdagi masala, yaʼni — interaktiv masalalar (interactive problems) taklif qilindi.

2015-yil tahrir

2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi[6] Shu yili anʼanaviy testlar bilan bir qatorda, moliyaviy savodxonlik boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi.

Singapur davlati oʻqish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan. MDH davlatlaridan oʻqish savodxonligi boʻyicha Qozogʻiston 427 ball (53 — oʻrin), matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan[7].

Oʻqish savodxonligi
boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Singapur 535
02.   Gonkong, (KNR) 527
03.   Kanada 527
04.   Finlandiya 526
05.   Irlandiya 521
06.   Estoniya 519
07. Janubiy Koreya 517
08.   Yaponiya 516
09.   Norvegiya 513
10.   Yangi Zelandiya 509
11.   Germaniya 509
12.   Makao , (KNR) 509
13.   Polsha 506
14.   Sloveniya 505
15.   Niderlandiya 503
16.   Avstraliya 503
17.   Shvetsiya 500
18.   Daniya 500
19.   Fransiya 499
20.   Belgiya 499
21.   Portugaliya 498
22.   Birlashgan Qirollik 498
23. Tayvan 497
24.   AQSh 497
25.   Ispaniya 496
26.   Rossiya 495
27.   Xitoy 494
28.   Shveysariya 492
29.   Latviya 488
30.   Chexiya 487
31.   Xorvatiya 487
32.   Vyetnam 487
33.   Avstriya 485
34.   Italiya 485
35.   Islandiya 482
36.   Lyuksemburg 481
37.   Isroil 479
38.   Argentina, (BA) 475
39.   Litva 472
40.   Vengriya 470
41.   Gretsiya 467
42.   Chili 459
43.   Slovakiya 453
44.   Malta 447
45.   Kipr 443
46.   Urugvay 437
47.   Ruminiya 434
48.   Birlashgan Arab Amirliklari 434
49.   Bolgariya 432
50.   Malayziya 431
51.   Turkiya 428
52.   Kosta Rika 427
53.   Qozogʻiston 427
54.   Trinidad va Tobago 427
55.   Chernogoriya 427
56.   Kolumbiya 425
57.   Meksika 423
58.   Moldova 416
59.   Tailand 409
60.   Iordaniya 408
61.   Braziliya 407
62.   Albaniya 405
63.   Qatar 402
64.   Gruziya 401
65.   Peru 398
66.   Indoneziya 397
67.   Tunis 361
68. Dominikan Respublikasi 358
69. Shimoliy Makedoniya 352
70.   Jazoir 350
71. Kosovo 347
72.   Livan 347
Matematik savodxonlik
boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Singapur 564
02.   Gonkong, (KNR) 548
03.   Makao , (KNR) 544
04. Tayvan, (KNR) 542
05.   Yaponiya 532
06.   Xitoy 531
07. Janubiy Koreya 524
08.   Shveysariya 521
09.   Estoniya 520
10.   Kanada 516
11.   Niderlandiya 512
12.   Daniya 511
13.   Finlandiya 511
14.   Sloveniya 510
15.   Belgiya 507
16.   Germaniya 506
17.   Polsha 504
18.   Irlandiya 504
19.   Norvegiya 502
20.   Avstriya 497
21.   Yangi Zelandiya 495
22.   Vyetnam 495
23.   Rossiya 494
24.   Shvetsiya 494
25.   Avstraliya 494
26.   Fransiya 493
27.   Birlashgan Qirollik 492
28.   Chexiya 492
29.   Portugaliya 492
30.   Italiya 490
31.   Islandiya 488
32.   Ispaniya 486
33.   Lyuksemburg 486
34.   Latviya 482
35.   Malta 479
36.   Litva 478
37.   Vengriya 477
38.   Slovakiya 475
39.   Isroil 470
40.   AQSh 470
41.   Xorvatiya 464
42.   Qozogʻiston 460
43.   Argentina*, (BA) 456
44.   Gretsiya 454
45.   Malayziya 446
46.   Ruminiya 444
47.   Bolgariya 441
48.   Kipr 437
49.   Birlashgan Arab Amirliklari 427
50.   Chili 423
51.   Turkiya 420
52.   Moldova 420
53.   Urugvay 418
54.   Chernogoriya 418
55.   Trinidad va Tobago 417
56.   Tailand 415
57.   Albaniya 413
58.   Meksika 408
59.   Gruziya 404
60.   Qatar 402
61.   Kosta Rika 400
62.   Livan 396
63.   Kolumbiya 390
64.   Peru 387
65.   Indoneziya 386
66.   Iordaniya 380
67.   Braziliya 377
68. Shimoliy Makedoniya 371
69.   Tunis 367
70. Kosovo 362
71.   Jazoir 360
72. Dominikan Respublikasi 328
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi
boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Singapur 556
02.   Yaponiya 538
03.   Estoniya 534
04. Tayvan, (KNR) 532
05.   Finlandiya 531
06.   Makao , (KNR) 529
07.   Kanada 528
08.   Vyetnam 525
09.   Gonkong, (KNR) 523
10.   Xitoy 518
11. Janubiy Koreya 516
12.   Yangi Zelandiya 513
13.   Sloveniya 513
14.   Avstraliya 510
15.   Birlashgan Qirollik 509
16.   Germaniya 509
17.   Niderlandiya 509
18.   Shveysariya 506
19.   Irlandiya 503
20.   Belgiya 502
21.   Daniya 502
22.   Polsha 501
23.   Portugaliya 501
24.   Norvegiya 498
25.   AQSh 496
26.   Avstriya 495
27.   Fransiya 495
28.   Shvetsiya 493
29.   Chexiya 493
30.   Ispaniya 493
31.   Latviya 490
32.   Rossiya 487
33.   Lyuksemburg 483
34.   Italiya 481
35.   Vengriya 477
36.   Litva 475
37.   Xorvatiya 475
38.   Argentina*, (BA) 475
39.   Islandiya 473
40.   Isroil 467
41.   Malta 465
42.   Slovakiya 461
43.   Gretsiya 455
44.   Chili 447
45.   Bolgariya 446
46.   Birlashgan Arab Amirliklari 437
47.   Urugvay 435
48.   Ruminiya 435
49.   Kipr 433
50.   Moldova 428
51.   Albaniya 427
52.   Turkiya 425
53.   Trinidad va Tobago 425
54.   Tailand 421
55.   Kosta Rika 420
56.   Qatar 418
57.   Kolumbiya 416
58.   Meksika 416
59.   Chernogoriya 411
60.   Gruziya 411
61.   Iordaniya 409
62.   Indoneziya 403
63.   Braziliya 401
64.   Peru 397
65.   Livan 386
66.   Tunis 386
67. Shimoliy Makedoniya 384
68. Kosovo 378
69.   Jazoir 376
70. Dominikan Respublikasi 332

2018-yil tahrir

PISA 2018 tadqiqotida Pekin, Shanxay, Tszyansu va Chjeszyan (Xitoy) va Singapur davlatlari oʻqish savodxonligi boʻyicha boshqa mamlakatlar qaraganda ancha yuqori ball toʻpladi[8]. OECD mamlakatlari orasida Estoniya, Kanada, Finlandiya va Irlandiya oʻqish boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatdi.

Oʻqish savodxonligini
boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Xitoy 555
02.   Singapur 549
03.   Makao (KNR) 525
04.   Gonkong (KNR) 524
05.   Estoniya 523
06.   Kanada 520
07.   Finlandiya 520
08.   Irlandiya 518
09. Janubiy Koreya 514
10.   Polsha 512
11.   Shvetsiya 506
12.   Yangi Zelandiya 506
13.   AQSh1 505
14.   Birlashgan Qirollik 504
15.   Yaponiya 504
16.   Avstraliya 503
17. Tayvan (Taybey) 503
18.   Daniya 501
19.   Norvegiya 499
20.   Germaniya 498
21.   Sloveniya 495
22.   Belgiya 493
23.   Fransiya 493
24.   Portugaliya 492
25.   Chexiya 490
26.   Niderlandiya 485
27.   Avstriya 484
28.   Shveysariya 484
29.   Xorvatiya 479
30.   Latviya 479
31.   Rossiya 479
32.   Italiya 476
33.   Vengriya 476
34.   Litva 476
35.   Islandiya 474
36.   Belarus 474
37.   Isroil 470
38.   Lyuksemburg 470
39.   Ukraina 466
40.   Turkiya 466
41.   Slovakiya 458
42.   Gretsiya 457
43.   Chili 452
44.   Malta 448
45.   Serbiya 439
46.   Birlashgan Arab Amirliklari 432
47.   Ruminiya 428
48.   Urugvay 427
49.   Kosta Rika 426
50.   Kipr 424
51.   Moldova 424
52.   Chernogoriya 421
53.   Meksika 420
54.   Bolgariya 420
55.   Iordaniya 419
56.   Malayziya 415
57.   Braziliya 415
58.   Kolumbiya 412
59.   Bruney 408
60.   Qatar 407
61.   Albaniya 405
62.   Bosniya va Gertsogovina 403
63.   Argentina 402
64.   Peru 401
65.   Saudiya Arabistoni 399
66.   Tailand 393
67. Shimoliy Makedoniya 393
68.   Ozarbayjon (Baku) 389
69.   Qozogʻiston 387
70.   Gruziya 380
71.   Panama 377
72.   Indoneziya 371
73.   Marokash 397
74.   Livan 353
75. Kosovo 347
76. Dominikan Respublikasi 342
77.   Filippin 440
Matematik savodxonlik
boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Xitoy 591
02.   Singapur 569
03.   Makao (XXR) 558
04.   Gonkong (XXR) 551
05. Tayvan (Taybey) 531
06.   Yaponiya 527
07. Janubiy Koreya 526
08.   Estoniya 523
09.   Niderlandiya 519
10.   Polsha 516
11.   Shveysariya 515
12.   Kanada 512
13.   Daniya 509
14.   Sloveniya 509
15.   Belgiya 508
16.   Finlandiya 507
17.   Shvetsiya 502
18.   Birlashgan Qirollik 502
19.   Norvegiya 501
20.   Germaniya 500
21.   Irlandiya 500
22.   Chexiya 499
23.   Avstriya 499
24.   Latviya 496
25.   Fransiya 495
26.   Islandiya 495
27.   Yangi Zelandiya 494
28.   Portugaliya 1 492
29.   Avstraliya 491
30.   Rossiya 488
31.   Italiya 487
32.   Slovakiya 486
33.   Lyuksemburg 483
34.   Ispaniya 481
35.   Litva 481
36.   Vengriya 481
37.   AQSh 578
38.   Belarus 472
39.   Malta 472
40.   Xorvatiya 464
41.   Isroil 463
42.   Turkiya 454
43.   Ukraina 453
44.   Gretsiya 451
45.   Kipr 451
46.   Serbiya 448
47.   Malayziya 440
48.   Albaniya 437
49.   Bolgariya 436
50.   Birlashgan Arab Amirliklari 435
51.   Bruney 430
52.   Ruminiya 430
53.   Chernogoriya 430
54.   Qozogʻiston 423
55.   Moldova 421
56.   Ozarbayjon (Baku) 420
57.   Tailand 419
58.   Urugvay 418
59.   Chili 417
60.   Qatar 414
61.   Meksika 409
62.   Bosniya va Gertsogovina 406
63.   Kosta Rika 402
64.   Peru 400
65.   Iordaniya 400
66.   Gruziya 398
67. Shimoliy Makedoniya 394
68.   Livan 393
69.   Kolumbiya 391
70.   Braziliya 384
71.   Argentina 379
72.   Indoneziya 379
73.   Saudiya Arabistoni 373
74.   Marokash 368
75. Kosovo 366
76.   Panama 353
77.   Filippin 353
Tabiiy-ilmiy fanlar
savodxonligi boʻyicha natijalar
3 Mamlakat12 Oʻrtacha
ball
01.   Xitoy 590
02.   Singapur 551
03.   Makao (KNR) 544
04.   Estoniya 530
05.   Yaponiya 529
06.   Finlandiya 522
07. Janubiy Koreya 519
08.   Kanada 518
09.   Gonkong (XXR) 517
10. Tayvan (Taybey) 516
11.   Polsha 511
12.   Yangi Zelandiya 508
13.   Sloveniya 507
14.   Birlashgan Qirollik 505
15.   Niderlandiya 503
16.   Germaniya 503
17.   Avstraliya 503
18.   AQSh 502
19.   Shvetsiya 499
20.   Belgiya 499
21.   Chexiya 497
22.   Irlandiya 496
23.   Shveysariya 495
24.   Fransiya 493
25.   Daniya 493
26.   Portugaliya 492
27.   Norvegiya 490
28.   Avstriya 490
29.   Latviya 487
30.   Ispaniya 483
31.   Litva 482
32.   Vengriya 481
33.   Rossiya 478
34.   Lyuksemburg 477
35.   Islandiya 475
36.   Xorvatiya 472
37.   Belarus 471
38.   Ukraina 469
39.   Turkiya 468
40.   Italiya 468
41.   Slovakiya 464
42.   Isroil 462
43.   Malta 457
44.   Gretsiya 452
45.   Chili 444
46.   Serbiya 440
47.   Kipr 439
48.   Malayziya 438
49.   Birlashgan Arab Amirliklari 434
50.   Bruney 431
51.   Iordaniya 429
52.   Moldova 428
53.   Tailand 426
54.   Urugvay 426
55.   Ruminiya 426
56.   Bolgariya 424
57.   Meksika 419
58.   Qatar 419
59.   Albaniya 417
60.   Kosta Rika 416
61.   Chernogoriya 415
62.   Kolumbiya 413
63. Shimoliy Makedoniya 413
64.   Peru 404
65.   Argentina 404
66.   Braziliya 404
67.   Bosniya va Gertsogovina 398
68.   Ozarbayjon (Baku) 398
69.   Qozogʻiston 397
70.   Indoneziya 396
71.   Saudiya Arabistoni 386
72.   Livan 384
73.   Gruziya 383
74.   Marokash 377
75. Kosovo 365
76.   Panama 365
77.   Filippin 357

2022-yil tahrir

2022-yilda Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro tadqiqotda ishtirok etadi[9] Oʻzbekiston PISA tadqiqotlarida qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Manbalar tahrir