Xasanboy Ergashev (ruscha: Эргашев, Хасанбой; 1985-yil 27-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Xasanboy Ergashev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Xasanboy Ergashev
Tavallud sanasi 27-iyun 1985-yil (1985-06-27) (39 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona viloyati,
Oʻz SSR, USSR
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2004 Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Qirgʻiziston Shaxtyor ? (4)
2006 Qirgʻiziston Yoshlik-Oq-oltin ? (3)
2007 Qirgʻiziston Alay - (-)
2011 Oʻzbekiston Imkon Oltariq - (-)
2013—2014 Oʻzbekiston Istiqlol - (-)
2015 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 14 (0)
2016 Oʻzbekiston Shoʻrtan 29 (0)
2017 Oʻzbekiston Navbahor 5 (1)
2017 Oʻzbekiston Shoʻrtan 12 (0)
2018 Oʻzbekiston Iftixor - (-)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Xasanboy futbolchilik faoliyatining dastlabki qismida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi va Oʻzbekiston quyi ligasi klublarining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

2006—2007-yillarda Qirgʻiziston oliy ligasida ishtirok etgan „Shaxtyor“ (Qizil-Qiya), „Jashtik-Ak-Oltin“ va „Alay“ klublarida oʻynagan. 2006-yilda „Jashtik“ tarkibida chempionatning bronza medali sovrindori va Qirgʻiziston kubogi finalchisi (finalda oʻynamagan) boʻlgan.

Keyinchalik yana Oʻzbekiston quyi liga klublarida, jumladan 2010-yillar boshida Fargʻonaning „Imkon Oltiariq“ va Toshkentning „Istiqlol“ klublarida oʻynagan.

2015-yilda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Qoʻqon klubi tarkibida 2015-yil 14-mart kuni Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[1][2] va jami mavsum davomida 14 oʻyinda ishtirok etgan. 2016-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasi safida oʻynagan Gʻuzor jamoasida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan va 29 ta oʻyinda maydonga tushgan. U keyingi mavsumni „Navbahor“ safida boshlagan, biroq bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2017-yilning 7-aprel kuni Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk golini kiritib, jamoasiga „Mash’al“ ustidan gʻalaba keltirgan (1:0)[3]. Mavsum davomida „Shoʻrtan“ jamoasiga qaytgan va u yerda yana asosiy tarkib futbolchisiga boʻlgan. Xasanboy Oʻzbekiston oliy ligasida jami 50 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

2018-yil boshida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida qishki yigʻinlarida ishtirok etgan, ammo murabbiylarning koʻrigidan oʻta olmagan[4]. 2018-yilning birinchi yarmida birinchi liganing „Iftixor“ klubida oʻynagan. Klub rahbarlari Ergashev va jamoadoshi Tursunboy Xusanovni kelishilgan oʻyinlarni tashkil etish va bunday xolatlarda ishtirok etishda gumon qilib, futbolchilarni kaltaklagan. Natijada ular kasalxonaga yotqizilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „DINAMO SAMARQAND VS. KOKAND-1912 0 — 1“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  2. „«Коканд-1912»: Хасанбой Эргашев дебютировал в высшей лиге в 30 лет“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  3. „NAVBAHOR VS. MASH’AL 1 — 0“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  4. „К «Нефтчи» подключились новые игроки“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  5. „Бить или не бить. Об агрессии в жизни узбекского футбола“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.

Havolalar

tahrir