Xoja Saʼd Joʻyboriy
(Xoja Saʼd Xoja Kalon Xojadan yoʻnaltirildi)
Xoja Saʼduddin, Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Joʻybor xojalaridan, Buxoro shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint oʻgʻli. Otasi vafoti (1563)dan soʻng uning oʻrniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ulislomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X.S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʻl urmagan. X.S.ga "Qutblar qutbi" va "Sayyidlar panohi" unvonlari berilgan.
X.S. otasi kabi katta yersuv va koʻchmas mulk egasi boʻlgan. Abdullaxon II unga Badaxshondagi Arxang viloyati va Koʻlobdagi Vaxshni hadya etgan.
Adabiyot
tahrir- Ahmedov B., Tarihdan saboqlar, T., 1994; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |