Xolboy Ibraimov
Xolboy Ibragimovich Ibraimov (1957-yil 20-yanvar, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik[1].
Xolboy Ibragimovich Ibraimov | |
---|---|
Tavalludi |
20-yanvar 1957-yil Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Samarqand davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor, akademik |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirXolboy Ibraimov 1957-yil 20-yanvar Payariq tumanida tugʻilgan[2]. 1979-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tugatgan. 1979—2003-yillarda Samarqand davlat universiteti psixoogiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, Pedagogika va maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri, pedagogika fakulteti dekani, 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, 2009-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan[2]. Hozirda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat yurtimoqda[3]. 2010—2014-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirXolboy Ibraimov 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3]. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2013). Rossiya Psixologiya fanlari akademiyasi akademigi (2016).
Mukofotlari
tahrir- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2005, 2006);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011).
- 2023-yil 23-dekabrda Xolboy Ibraimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi va unga akademik unvoni berildi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Об утверждении действительных членов Академии наук Республики Узбекистан“. president.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „ИБРАИМОВ Холбой“.
- ↑ 3,0 3,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi akademiklar tasdiqlandi“. oyina.uz. Qaraldi: 23-dekabr 2023-yil.