Xonbandi (shaharcha)

shaharcha
(Xonbandi shaharchasidan yoʻnaltirildi)

XonbandiJizzax viloyati Forish tumanidagi sobiq konchilar shaharchasi. Forish tumani markazi Bog'don shaharchasidan 12 km shimolda, Pasttog' etagi, Ilonchisoyning quyi qismida joylashgan. Avtomobil orqali Jizzax shahrigacha 80 km, Nurotagacha 170 km, Toshkentgacha 280 km masofa bor.

Xonbandi
Shaharcha
40°29′48″N 67°15′34″E / 40.49667°N 67.25944°E / 40.49667; 67.25944
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Mirzacho'l
{{{tuman_turi}}} Forish tumani
Asos solingan 20-asr
Ilk eslatilishi X asrlar
Avvalgi nomlari Band
Maydon 3 km2 (1.2 kv mi)
Iqlim turi Keskin-kontinental
Rasmiy til(lar)i O'zbek tili
Aholisi
2 000 atrofida
Milliy tarkib O'zbeklar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib

Musulmonlar,

Nasroniylar
Vaqt mintaqasi UTCUTC+5
Xonbandi xaritada
Xonbandi
Xonbandi

O'rta asrlar

tahrir

Bugungi kundagi Xonbandi shaharchasining shaharcha sifatida vujudga kelishi XX asrga to'g'ri kelsada, bu hududda o'tmish zamonlardan beri kam sonli odamlar bog'dorchilik va chorvachilik kabi turli maqsadlarda yashab kelishgan. Shaharcha shimolida joylashgan, Ilonchisoy yo'li Pasttog' darasida to'silib bunyod etilgan suv to'g'on asosiy tarixiy obyektdir. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, toʻgʻon haqida yozma manbaalar mavjud emas. Shunday boʻlsada, tahminiy sanasi turli xil keltiriladi - X asr, XVI asr, 1582-yil. 1973-yildan buyon respublika miqyosidagi yodgorlik sifatida davlat mudofaasida saqlanadi. Toʻgʻonning uzunligi 50 metrdan ziyod, pastidan 24 metr, balandligi 15 metrdan ziyod. Toʻgʻon tekislangan rangdor koshinlardan maxsus suv koʻtaruvchi aralashma yordamida terilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, XVII asrga kelibgina Paskal qonuni asosida shakllangan usuldan bundan necha yillar avvalroq Movaraunnaxr muhandis-gidrotexniklari suyuqlik bosimini hisobga ola bilishgan. Xonbandi to'g'oni tufayli tufayli Qizilqumning Mirzachoʻl bilan tutashgan chegarasida taxminan 1,5 ming ga yer maydoni oʻzlashtirilgan. Suv omboridan 6 km shimolida mustahkam rabot qad koʻtargan, uning xarobalari Kaltepa deb yuritiladi. Kaltepada olib borilgan arxeologik tekshirishlar bu kichik vohaning 10-asrda obod etilib, 12-asr oxirlarigacha hayot davom etganini aniqlab berdi. Suvni chiqarish uchun X. inshootining gʻarbiy chekkasida 9 ta quvur oʻrnatilgan. Ular oqib chiqadigan suvning dinamik taʼsiriga qarshi konussimon qilib ishlangan. Ushbu irrigatsion obyekt tufayli Xonbandi atrofida bog'dorchilik va ekinchilik rivojlangan.

Sobiq Ittifoq davri

tahrir

Xonbandi XX asrda Sobiq Ittifoqda kengtarqalgan bitta yirik zavod-korxona va kon atrofiga quriladigan "monoshaharlar"dan biridir, huddi Zarafshon kabi. 1951-yilda shaharcha shimolidagi Uchquloch koni kompleks oʻrganilinadi. Konning 2 ta uchastkasida mufassal qidiruv ishlari olib borilgan, natijada bu uchastkalar baritpiritgalenitsfalerit rudali maydonlardan iboratligi maʼlum boʻladi. Hududda kon sanoati rivojlanadi, shahar aholisi ko'payadi, ish o'rinlari yaratiladi. Shaharcha boshqa Sobiq Ittifoqning yosh shaharlari singari navqiron qiyofaqa kiradi.

Mustaqillik davri

tahrir

Uchquloch koni o'z faoliyatini yakunlagach shaharcha o'zining asosiy ish beruvchisini yo'qotadi. Yillar davomida Xonbandi shaharchasi harobalashib boraverdi. 2019-yili "Obod qishloq" dasturi doirasida shaharchadagi barcha jamoat maskanlari, turar joy uylari qayta ta'mirlandi.

Geografiya

tahrir

Iqtisodiyot

tahrir

Sobiq Ittifoq davrida tog'-kon sanoati shaharcha iqtisodining asosini tashkil qilgan. Uchquloch koni va unga yondosh sanoat korxonalari tufayli minglab odamlar ish bilan ta'minlangan. Kon o'z faoliyatini asta-sekin tugatgach shaharcha iqtisodiyoti ham keskin o'zgardi. Ayni damda kon o'rnida kichik sexlar o'z faoliyatini olib borib, asosan qurilish toshlarini maydalash bilan shug'illanishadi. Bugungi kunda aholining asosiy qismi davlat tashkilotlarida, dehqonchilik (Pistalitov etaklarida artezian quduqlari orgali minglab gektar yerlarda dehqonchilik qilinadi)da va qurilishda band.

Transport

tahrir

Avtomobil yo'llari

tahrir
Asfalt qoplamali yo'llar
tahrir

Xonbandi shaharchasi Mirzacho'l va Qizilqum kesishadigan hududda, cho'l o'rtasida joylashgan. Shaharchani tuman markazi Bog'don shaharchasi bilan 4K236 avtomobil yo'li bog'lab turadi. Yo'l asfalt bilan qoplangan. Ayni vaqtda sifatsiz ahvolga kelgan. 4K236 yo'li Bog'don shaharchasida Jizzax-Bog'don-Nurota yo'li boʻlgan 4P36 Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yo'li bilan tutashadi.

Tuproq yo'llari
tahrir

Xonbandi shaharchasi atrofdagi boshqa aholi punktlari Yuqori va Pastki Uchquloch, Yangiobod qishloqlari hamda ekinzorlar va eski sanoat korxonalari bilan tuproq avtomobil yo'llari bilan bog'langan.

Temiryo'l

tahrir

Uchquloch konidan chiqqan xom ashyoni qayta ishlash korxonalariga tashish maqsadida o'tkan asrda uzunligi 70 kmga yaqin boʻlgan temiryo'l quriladi. Va vaqtida ushbu temiryo'l asosiy xom ashyo tashuvchi transport vazifasini o'tagan. Ayni damda bu vazifani bajarish uchun yuk mashinalaridan foydalanilyapti, temiryo'l esa Jizzax semet zavodigacha boʻlgan hududda tashlandiq ahvolga kelgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir