Xushnud Xudayberdiyev
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan[1].
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari. | |
Mansab davri 2023-yil 7-avgust – hozirgi vaqtgacha | |
Oʻtmishdoshi | Jumanazar Meliqulov |
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori | |
Mansab davri 2019-yil 10-oktabrdan – 2020-yil 30-iyungacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Aleksandra Kolesnichenko |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-iyun 1989-yil Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Mehrinoz Abbosova |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Millati - oʻzbek.
5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan. 2003-yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi boʻlgan. 2010-yilda Yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2010-yili Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012-yilda Magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.
2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi. 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan. 2020-yil 28-yanvardan 1-iyulgacha Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bordi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qarori asosida Respublika oliy taʼlim kengashi aʼzosi etib tayinlangan[3].
2020-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 415-son qarori asosida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari[4].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari[1].
Blogerlik faoliyati
tahrir2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 587 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi(2023-yil sentyabr holatiga koʻra)[5]. 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[6] 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[7]
Zakovatdagi ishtiroki
tahrir2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.
Mukofotlari
tahrir2014-yili „Oltin qalam“ Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion yechim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori[8], „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida[9] va „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan[10]
2015-yilda „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.[11]
2016-yilda „Oʻzbekiston belgisi“[12] koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2018-yilda Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni olgan[13], Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasida gʻolibi boʻlgan.[14]
2019-yilda „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni[15] va Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan.[16]
Oilasi
tahrirTurmush oʻrtogʻi — Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi markaziy kengashi direktorining maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Bosh vazir matbuot kotibi | Bekzod Hidoyatov“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „Bloger Xushnud Xudoyberdiev lavozimga tayinlandi“. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ Respublika oliy taʼlim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ TAYINLOV: OʻzA rahbariyatida oʻzgarish boʻldi
- ↑ Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali
- ↑ Bloggerlar chempionati
- ↑ „Sof.uz nashri-yilning eng yaxshi blogerini aniqladi“. 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ „„Turkiston“ saroyida MIT.uz — milliy internet tanlovi gʻoliblari taqdirlandi“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ „MIT.UZ“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ Itogi Internet-festivalya natsionalnogo domena UZ 2014, 2020-03-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-03-10
- ↑ Fidoyi mehnat eʼtirofi
- ↑ Bir guruh yoshlar „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar
- ↑ [1]Bloggerlar chemrionati
- ↑ „ENG YaXShI HUQUQ TARGʻIBOTChISI“ TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
- ↑ „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishonining ilk sohiblari maʼlum boʻldi
- ↑ Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida