Yakkabogʻ

Qashqadaryo viloyatidagi shahar Yakkabogʻ tumanining maʼmuriy markazi
(Yakkabog‘dan yoʻnaltirildi)

Yakkabogʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan shahar, tuman markazi hisoblanadi. Yakkabogʻ 1978-yildan shahar maqomini olgan.

Yakkabogʻ
shahar
38°58′48″N 66°40′48″E / 38.98000°N 66.68000°E / 38.98000; 66.68000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Yakkabogʻ tumani
Hukumat
Aholisi
22 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 181400[1]181401, 181402
Avtomobil kodi 70
Yakkabogʻ xaritada

Etimologiyasi

tahrir

Shahar nomi yakka va bogʻ soʻzlari qoʻshilishidan tarkib topgan. Yakka soʻzi yolgʻiz va tanho soʻzlariga sinonim tarxda qoʻllanadi. Bogʻ soʻzi esa asl soʻgʻdiycha soʻz boʻlib, bu tilga eski turkiy tildan oʻtgan. Dastlab bogʻ faqatgina tok, tokzor, uzumzor maʼnosida qoʻllangan boʻlsa, keyinchalik koʻplab mevali daraxtlar ekilgan hudud maʼnosida ham ishlatila boshlangan.

Yakkabogʻ bu yaqin atrofida bogʻ-u rogʻlar boʻlmagan, devor bilan oʻrab olingan hudud degan maʼnoni anglatadi[2].

Oʻxshash nomli joylar

tahrir

Qashqadaryo viloyatida 1926-yilda tashkil etilgan tuman, mazkur tumanning maʼmuriy markazi, 1916-yilda qurib bitkazilgan temir yoʻl bekati va Qarshi shahri janubida joylashgan qishloq Yakkabogʻ nomi bilan ataladi. Shuningdek, Qashqadaryo daryosiga quyiluvchi daryolardan biri ham aynan Yakkabogʻ daryosidir. respublikada shu nomli koʻchalar ham mavjud.

Joylashuvi

tahrir

Yakkabogʻ Qashqadaryo viloyatining maʼmuriy markazi (Qarshi) va eng yaqin temir yoʻl stansiyasidan 95 km sharqda joylashgan.

Iqlimi

tahrir

Yakkabogʻ shahrining iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −1 ° C, eng past harorati esa −25 ° C ga teng. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28,5 ° C, eng yuqori harorat 44 ° C. Yillik oʻrtacha harorat 15 ° C ni tashkil etadi.

Aholisi

tahrir

Aholisi 22,3 ming kishi (2003-yil).

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishi, Yakkabogʻ shahrida 2016-yil 1-yanvarda 220.6 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu hududda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi.

Sanoati

tahrir

Shahar sanoatining asosini paxtachilik va chorvachilik singari qishloq xoʻjalik tarmoqlari boshqaradi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash ham muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiyoti

tahrir

Yakkabogʻ shahrida paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya „Yakkabogʻteks“ qoʻshma korxonasi faoliyat olib boradi.

Ijtimoiy soha

tahrir

105-sonli umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, 2 ta maktab-internat, 9 ta kasb-hunar kolleji, 3 ta kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2 ta kasalxona, markaziy va tish davolash poliklinikalari, tugʻruqxona, dorixonalar, paxta tozalash zavodi profilaktoriysi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yakkabogʻ shahri bilan qoʻshni tuman markazlari va Qarshi shahri oraligʻida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan[4].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 337-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 142-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7. 
  4. "Yakkabogʻ" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil