Yakov Shapiro
Yakov Iosifovich Shapiro (1937.6.7, Ukraina, Olevsk shahri) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1976). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yoʻllarini qoʻllab dastgoh va monumental sanʼat sohasida ijod qiladi. "Tamtam" (bronza, 1963), "Yoʻlovchi" (bronza, 1967) va boshqa dastgoh sanʼat asarlari uning ilk ishlari jumlasiga kiradi. shahrining monumental asarlari: Shastri xaykali (bronza, granit, 1972, Toshkentda), Hamid Olimjon haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda), "Semurgʻ qush" (1989, AQShning Sietl shahrida), Shukur Burhonov byusti (bronza, 1989, qabri ustiga oʻrnatilgan) va boshqalar.
Yakov Shapiro | |
---|---|
Tavalludi |
14-sentyabr 1952-yil |
Vafoti |
3-aprel 2021-yil (68 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari | Andoza:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi |
Shapiro respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi; asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saklanadi.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |