Yusuf surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Yusuf surasi (arabcha: سورة يوسف, nomining maʼnosi — Yusuf (nom)[8][9]) — Qurʼonning 12-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 235–248[10]-sahifasida va 12-13-juzida joylashgan. 53-boʻlib nozil boʻlgan.
Yusuf surasi — سورة يوسف | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Yusuf (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 235–248[4] | ||||||||||||
Juz | 12-13 | ||||||||||||
Sura raqami | 12 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 12[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1795 | ||||||||||||
Harflar soni | 7125 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 53[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Asosiy maʼnosiTahrirlash
Ushbu surada asosan Allohning payg‘ambarlaridan Yusuf ibn Yaʼqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og‘a-inilari va begonalardan ko‘rgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yo‘liqqanlari, zindonband bo‘lganlari... haqida va bunday og‘ir ko‘rgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulku xazinasiga ega bo‘lganlari xususida so‘z boradi.
Bu sura Hud surasidan keyin — Muhammad alayhis-salom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor- aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil bo‘lgandir. Go‘yo Alloh taolo Oʻzining suyukli payg‘ambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan baloyu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulmu zo‘ravonliklariga sabr- qanoat qilib o‘zlarining Haq yo‘lidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay sobitqadam bo‘lsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va toru tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazmu uslubida o‘zgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir bo‘lib, sheʼru dostonlar bitganlar, ulamolar esa, bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida «Yusuf surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir», deyilgan bo‘lsa, yana birida: «Har Qanday g‘am-tashvishga botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur», deyiladi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Raʼd surasi | 12-sura — arabcha matni | Oldingisi: Hud surasi |