Yusup Mingkabilovich Ziyayev (1956-yil 2-avgust; Surxondaryo viloyati, Denov tumani) — Mashinist, Oʻzbekiston qahramoni.

Yusup Ziyayev
Tavalludi 2-avgust 1956-yil (1956-08-02) (67 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Mashinist
Faoliyat yillari 1978—h/v
Mukofotlari
Oʻzbekiston qahramoni

Tarjimai holi tahrir

Yusup Ziyayev 1956-yil 2-avgustda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan. 1974-yilda Denovdagi 27-umumiy oʻrta taʻlim maktabini bitirgan. 1978-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston temir yoʻllari Aksiyadorlik Jamiyati tizimida mashinist sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Yusup Ziyayev mashinist sifatida 1999—2001-yillarda „Uchquduq-Miskin-Sulton Uvaystogʻ“ temiryoʻl yoʻnalishi qurilishida ishtirok etgan. 2002-yilda „Toshkent-Samarqand“ temiryoʻlini qayta qurish jarayonida ham ishtirok etgan. 2003—2007-yillarda Surxondaryo va Qashqadaryoni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi „Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon“ yoʻnalishidagi temiryoʻlning „Shoʻrob-Boysun“ hududidagi 30 km, „Boysun-Qumqoʻrgʻon“ yoʻnalishidagi 60 km uzunlikdagi yoʻllarni rostlash va moslash jarayonlarida qatnashgan[1].

Mahalla faoli Xursand Holiqov Yusup Ziyayev haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:

Yurt iftixori Yusup Ziyayev mahalla ahli orasida oqkoʻngil, saxovatpesha. kamtarin, samimiy, mehnatkash inson sifatida alohida obroʻ va hurmatga ega. Uning oilasi mahalladagi eng namunali xonadonlardan biri. Bu inson Respublikada oʻz mehnati bilan qadr topgan. Oilada begʻubor, hurmatli, elda, mahallada katta eʼzozga loyiq.

— Xursand Holiqov, [2]

Mukofotlari tahrir

2007-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 24-avgustdagi PF-4236-sonli farmoni bilan Yusup Mingkabilovich Ziyayevga Oʻzbekiston qahramoni unvoni berilgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 152.
  2. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 153.
  3. „“O‘ZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONINI BERISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.

Adabiyotlar tahrir

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi.