2013-yilgi Osiyo yoshlar oʻyinlari

2013-yilgi Osiyo yoshlar oʻyinlari yoki AYG 2013 (xitoycha: 2013年亚洲青年运动会), rasmiy ravishda 2-oʻsmirlar Osiyo oʻyinlari (xitoycha: 第二届亚洲青年运动会) va odatda Nankin 2013 (xitoycha: 南京2013), 2013-yil 16-24 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida boʻlib oʻtdi.

II Osiyo o'smirlar o'yini
Mamlakat 45
Ishtirok etgan sportchilar 2404
Voqealar 16 sport 122 ta medallar jamg'armasi
Ochilish marosimi 16-avgust
Yopilish marosimi 24-avgust
Asosiy joy Nanjing Olympic Sports Center Gymnasium
Vebsayt nanjing2013.org
← Singapur 2009 O'smirlar Osiyo o'yinlari
Toshkent 2025 O'smirlar Osiyo o'yinlari →

Sport inshoatlari

tahrir

Nankin Olimpiya sport markazi — suv sporti, yengil atletika sport turlaridan bellashuvlar oʻtkazildi. Nankin sport instituti — badminton sport turini qabul qildi, Nankin xalqaro koʻrgazma markazi esa qilichbozlik, ogʻir atletika boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Vutaishan sport markazining Vutayshan stadionida esa — Futbol, 3x3 basketbol va yana bir Vutaishan gimnaziyasida esa Stol tennisidan gʻoliblar aniqlab olindi. Qingliangshan sport maktabida esa Futbol, Jiangning sport markazi esa Futbol, gandbol jamoaviy sport turlaridan bellashuvlar oʻtkazildi. Zhongshan xalqaro golf klubi Golf musobaqalariga mezbonlik qildi. Nankin Texnologiya Universiteti sport zali Gandbol, Longjiang gimnaziyasi esa dzyudo, taekvondo bahslarini oʻtkazdi. Yoshlar Olimpiya sport parki Regbi maydoni — regbi sport turidan bellashuvlar boʻlib oʻtgan boʻlsa, Xitoy Tennis Akademiyasida Tennis sport turidan gʻoliblar aniqlandi.

Maskot

tahrir

2012-yilning 31-oktyabr kuni Nankin shahrida 2013-yilgi Osiyo oʻyinlarining maskotining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Maskot Yuan Yuan deb ataladi, u Tszyansuda topilgan eng qadimgi oliy primat Eosimias sinensis tasviriga asoslangan edi[1].

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 16 ta sport turi boʻyicha jami 112 ta tadbir oʻtkazilgan, bu avvalgi Singapurda oʻtkazilgan musobaqadan 6 taga koʻp boʻldi. Nankin 2013 Osiyo Oʻmirlar oʻyinida Basketbol (3x3), suzish (suvga sakrash, suzish), yengil atletika, badminton, qilichbozlik, futbol, golf, gandbol, dzyudo, regbi, kamondan oʻq uzish, stol tennisi, taekvondo, tennis va ogʻir atletika sport turlaridan medallar jamgʻarmasi oʻynaldi.

Ishtirokchi davlatlar

tahrir

2013-yilgi Osiyo oʻyinlarida 45 tadan 2404 nafar sportchi ishtirok etdi[2]. Oʻyinlarning rasmiy veb-saytiga koʻra, hindistonlik sportchilar Olimpiya bayrogʻi ostida oʻyinlarda qatnashishgan, chunki 2012-yil dekabr oyida Hindiston Olimpiya assotsiatsiyasi siyosiy aralashuv tufayli toʻxtatilgan edi[3].

Manbalar

tahrir
  1. JSCHINA. „Mascot for 2nd Asian Youth Games unveiled“. 2014-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr. (Wayback Machine saytida 2014-09-23 sanasida arxivlangan)
  2. „Participant List“. 2013-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust. (Wayback Machine saytida 2013-08-18 sanasida arxivlangan)
  3. „IOC bans India from Olympics“. CBC (2012-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.