Abastumani astrofizika rasadxonasi

Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi

Abastumani astrofizika rasadxonasi — Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932-yilda Abastumani qishlogʻi yonida tashkil qilingan. 1937-yildan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili togʻida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral koʻrsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi oʻrganiladi. Oʻzgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang koʻrsatkichlari roʻyxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. 1937-yildan „Byulleten“ chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.

Abas tumani astrofizika rasadxonasi

Asosiy asboblari tahrir

  • 70 sm li meniskli teleskop;
  • 125 sm li reflektor;
  • 40 sm li reflektor;
  • Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop;
  • Elektrofotometr oʻrnatilgan 32 sm li reflektor;
  • Xromosfera teleskopi;
  • 40 sm li qoʻshaloq astrograf va boshqalar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir