Abbosbek Fayzullaev (2003-yil 3-oktabrda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, SSKA Moskva klubi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi[1][2]. U 2023-yil dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatiga kirgan futbolchilardan biri[3].

Abbosbek Fayzullaev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abbosbek Sayyidjon oʻgʻli Fayzullaev
Tavallud sanasi 3-oktyabr 2003-yil (2003-10-03) (20 yosh)
Tavallud joyi Sirdaryo Sayxunobod tumani
Boʻyi 1,70 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 60 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rossiya SSKA Moskva
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2018—2020 Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2023 Oʻzbekiston Paxtakor 32 (7)
2023— Rossiya SSKA Moskva 13 (2)
Milliy terma jamoa
2020—2023 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U20 14 (5)
2021— Oʻzbekiston Oʻzbekiston U23 10 (2)
2023— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ilk yillari tahrir

Abbosbek Fayzullaev 2003-yil 3-oktabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Shuningdek Abbosbek Fayzullaev – Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Abbosbek Fayzullaev Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan[4]. Abbosbek Fayzullaev transfermarktdagi narxi 300 ming yevroni tashkil etadi (2022-yilgi maʼlumot)[5].

Paxtakor safida tahrir

Abbosbek Fayzullaev 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 8ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Abbosbek Fayzullaev Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston superligasida 6 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobda 280 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsum tahrir

Abbosbek Fayzullaev 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta va Osiyo chempionlar ligasida 3 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 645 daqiqa maydonda harakat qildi.

SSKA Moskva tahrir

Abbosbek Fayzullayev 2023-yil 27-iyulda SSKA Moskva jamoasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladi[6][7]. 19 yoshli Fayzullayev 500 ming yevroga transfer qilindi[8][9][10].

19-avgust kuni „Dinamo“ga qarshi oʻyinda (1:2) Fayzullayev 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib yangi klubida debyut qildi[11]. 24-sentyabr kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda (3:3) SSKA Moskva jamoasi safida oʻzining birinchi golini kiritdi[12].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Abbosbek Fayzullaev 2021-yil 30-oktabrda Bangladesh U-23 jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Temur Kapadze tomonidan jalb etildi va shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.

2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi[13]. 2023-yilgi OFK U-20 Osiyo Kubogi uchun 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirildi va musobaqada eng yaxshi futbolchi boʻldi. Finalda Iroqqa qarshi oʻyinda u penaltidan gʻalaba qozonib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi, chunki jamoadoshi Umarali Rahmonaliyev penaltini golga aylantirib, Oʻzbekistonga 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tarixidagi ilk chempionlikni taqdim etdi.  Oʻz harakatlari bilan u turnirning eng futbolchisi oʻyinchisi deb topildi[14]. 2023-yilning 6-iyun kuni Fayzullaev Oʻzbekiston terma jamoasi safida futbol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida Ummonga qarshi oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Uch kundan soʻng u Tojikistonga qarshi guruh oʻyinida zaxiradan maydongga tushib, oʻzining terma jamoa safida birinchi xalqaro golini urdi, bu oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turnir finalida Eronga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. 2023-yilda Qatarda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogida Hindiston ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada oʻz hissasini qoʻshdi.

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub safidagi statistikasi tahrir

2023-yil 10-dekabr kungi holat.[15]
Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Paxtakor 2021-yil Superliga 6 0 1 0 2 0 9 0
2022-yil Superliga 21 5 2 2 3 1 26 8
2023-yil Superliga 6 2 6 2
Jami 19 3 3 2 5 1 29 6
SSKA Moskva 2023-24-yil Premyer-liga 13 2 5 0 18 2
Jami 46 9 8 2 5 1 59 12

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi tahrir

2024-yil 30-yanvar kungi holat.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Isht Gol
2023 8 2
2024 4 2
Jami 12 4

Xalqaro tahrir

Fayzullayev tomonidan milliy terma jamoa safida kiritilgan gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Gol Natija Musobaqa
1. 2023-yil 17-iyun Milliy Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Tojikiston 4–1 5–1 CAFA Millatlar Kubogi 2023
2. 2023-yil 25-dekabr Al Maktoum Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Qirgʻiziston 1–0 4–1 Oʻrtoqlik oʻyini
3. 2024-yil 18-yanvar Ahmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar   Hindiston 1–0 3–0 AFC Osiyo Kubogi 2023
4. 2024-yil 30-yanvar Al Janoub stadioni, Al Wakrah, Qatar   Tailand 2–1 2–1 AFC Osiyo Kubogi 2023

Yutuqlari tahrir

Paxtakor

Oʻzbekiston

Individual tahrir

  • Oʻzbekiston eng yaxshi yosh futbolchisi: 2022
  • Oʻzbekiston eng yaxshi futbolchisi: 2023[18]

Manbalar tahrir

  1. „Abbosbek Fayzullaev“. 2022-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  2. „Paxtakor" bosh direktori: "Fayzullayev "Paxtakor" bilan xayrlashdi va SSKAga o‘tdi"“. Qaraldi: 2-avgust 2023-yil.
  3. „Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
  4. „Abbosbek Fayzullaev Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan“.
  5. „Abbosbek Fayzullaev transfermarktdagi narxi“.
  6. „ЦСКА Аббос Файзуллаев учун "Пахтакор"га қанча тўлайди?“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  7. „Узбекский вундеркинд Аббосбек Файзуллаев перешел в ЦСКА“.
  8. Abbosbek Fayzullayev Rossiya klubiga transfer qilinmoqda
  9. „Расман! ЦСКА Аббос Файзуллаев трансферини ажойиб видео орқали эълон қилди! (Видео)“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  10. „Расман: Аббос Файзуллаев — ЦСКА футболчиси!“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  11. „Динамо - ЦСКА (2:1) 19 августа. Мир Российская Премьер-Лига 2023-24. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
  12. „Ростов - ЦСКА (3:3) 24 сентября. Мир Российская Премьер-Лига 2023-24. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
  13. „Oʻzbekiston U23 yakuniy qaydnomasiga kiritildi“.
  14. „Fayzullaev named Most Valuable Player“. the-afc.com (2023-yil 18-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
  15. Abbosbek Fayzullayev Soccerway saytida
  16. „Paxtakor jamoasiga 2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasi kubogi topshirildi“.
  17. „Paxtakor O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi“.
  18. „Файзуллаев 2023 йилда Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси, Ҳусанов эса энг яхши ёш футболчи деб топилди“ (2023-yil 26-dekabr).

Havolalar tahrir