Abdon al-Marvaziy

Abdon al-Marvaziy

Abdon al-Marvaziy (arabcha: عبدان المروزي – Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Iso al-Junujirdiy al-Marvaziy) – muhaddis, shofeʼiy faqihi.

Abdon al-Marvaziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 835-yil (hijriy 220-yil)
Vafoti milodiy 906-yil (hijriy 293-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, shofeʼiy faqihi

Hayoti

tahrir

Abdon laqabi bilan tanilgani uchun koʻpgina manbalarda Abdon ibn Muhammad deb zikr qilingan. Xurosondagi muhaddislardan hadis saboqlarini olgach, Iroq va Hijozga boradi. U yerda Qutayba ibn Saʼid, Ali ibn Hujr va Abu Kurayb kabi allomalardan hadis oʻrganadi. Muhaddislar nazdida siqa. Hijozdan Misrga borib, Imom ash-Shofeʼiyning shogirdlaridan shofeʼiy fiqhidan tahsil oladi va keyinchalik yurtiga qaytadi. Marv shahri muftiysi boʻlgan. U Xurosonda shofeʼiy mazhabi yoyilishiga oʻz hissasini qoʻshgan faqih Ahmad ibn Sayyordan keyingi oʻrinda turuvchi alloma hisob­lanadi. Ibn Sayyorning vafotidan soʻng, shofeʼiylar turli mavzulardagi masalalar yechimida Abdon al-Marvaziygagina murojaat qilganlar. Shofeʼiy mazhabi imomlaridan boʻlgan Ibrohim ibn Ahmad al-Marvaziy fiqh ilmini Abdon al-Marvaziydan taʼlim olgan. Shuningdek, Yahyo ibn Muhammad al-Anbariy, Abu Ahmad al-Assoiy va Abu-l-Qosim at-Tabariy kabi zamonasining mashhur olimlari unga shogird boʻlganlar.

Abdon al-Marvaziy qabri Marvda, Abdulloh ibn Muborak maqbarasi qarshisida joylashgan.

Asarlari

tahrir
  • Kitāb al-maʼrifa
  • Kitāb al-­muvatto[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Al-Xatib. Tarӣx Bagʻdād. – Qohira: 1931. XI, 135;
  • Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydar­obod: 1375-77/1955-58. II, 687-688;
  • As-Subkiy. Tabaqāt. – Qohira: 1383-96/1964-76. II, 297-298;
  • Al-Kattoniy. Ar-Risāla al-mustatrafa. – Damashq: 1964. 126-127;
  • Ibn Qozi Shuhba. Tabaqāt ash-shāfi’iyya. I, 105;
  • Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. 1957-63. VI, 232;
  • Ali Yardim. „Abdân el-Mervezî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 67.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.