Afag Masud (ozarbayjoncha: Afaq Məsud) 1957-yil 3-iyun kuni Baku shahrida tavallud topgan yozuvchi, dramaturg. Afag Masud Xalq yozuvchisi, sanʼat arbobi, Peterdagi Sanʼat va Fanlar akademiyasining toʻliq aʼzosi. Ozarbayjon Tarjima markazi kengashining raisi va „Xazar“ jahon adabiyot jurnali bosh muharriri[1][2]. Shunindek, „Humay“ mukofoti sovrindori[3].

Afag Masud
Oʻz ismi
Afaq Məsud
Tugʻilgan (1957-06-03) 3 iyun 1957 (vaqt (66 yosh)  ) Bakud, Ozarbayjon SSR, Sovet Ittifoqi
Ish Yozuvchi, dramaturg
Til Ozarbayjon tili
Fuqarolik Sovet Ittifoqi→ Ozarbayjon 

 

Taʼlim Bakü davlat universiteti
Maʼlum mukofotlar
  • Ozarbayjon xalq yozuvchisi
  • Shohrat ordeni
  • Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 100 yillik medal
  • Humay mukofoti
Sayt
afaqmesud.az

Tarjimai holi

tahrir

Afag Masud 1957-yil 3-iyun sanasida Baku shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1979-yilda Bakü davlat universiteti jurnalistika mutaxassisligini tamomlagan. 1979 — 1986-yillarda „Azerbayjantelefilm“ studiyasining muharrir va muharrirlar kengashi aʼzosi va 1986 — 1988-yillarda direktor lavozimida faoliyat olib borgan. 1989 — 2014-yillarda Afag Masud quyidagi lavozimlarda ishlagan: Tarjima va adabiy munosabatlar respublika markazi raisi va „Xazar“ jahon adabiyot jurnali bosh muharriri[4].

Afag Masud, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2014-yil 16-maydagi 501-sonli farmoni bilan Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tarjima Markazi direktori, Ozarbayjon Davlat Tarjima Markazining 2018-yil 18-maydagi 110-sonli farmoni bilan Ozarbayjon Davlat Tarjima Markazi boshqaruvi raisi etib tayinlangan.

Shu bilan birga, Afgad romanlar, pyesalar, ocherklar va qissalar muallifidir.

Uning asarlari, intervyulari va maqolalari koʻplab mamlakatlar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarida ommaga taqdim etilgan va madaniy va adabiy portallarda chop etilgan.

Afag Masud „Yol üstə“, „Qatarın altına atılan qadın“, „Kərbəla“, „Mənsur Həllac“ kabi pyesalarini muallifidir. „Can üstə“ va „O məni sevir“ pyesalari (Teatr rejissori — Vagif Ibrahimoghlul) Akademik milliy drama teatrida namoyish etilgan.

Uning „Sərçələr“ (Film rejissori — Eyvaz Valiyev), „Qonaqlıq“ (Film rejissori Tariyel Valiyev) asarlari teledrama, „Gecə“ (Film rejissori Teymur Guliyev), „Cəza“ (Film rejissori Mehriban Alakbarzade) va „Dovşanın ölümü“ (Film rejissori L. Najafzade) asarlaridan esa film ishlangan.

Gabriel García Márquezning „Patriarxın payızı“, Thomas Vulfunning „Dünyanın hörümçək toru“ romanlari, Muhammad Nasifiy, Abu Homid al-Gʻazzoliy, Arabiy, Jaloliddin Rumiy hamda Ibnning tazkira janridagi kitoblar va shu bilan bir qatorda xorijiy asarlarni ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. 1994-yilda Berlin Adabiyot uyida nemis tilida „Procession“ romanining oʻqilishi va muhokamasi ishtirok etgan.

2000-yilda Vyana universitetidan uning adabiy ijodi haqida doktorlik dissertatsiyasi Sena Dogan („Yevropa sharqshunosligida ayol yozuvchilar“) himoya qilindi.

2004-yilda xuddi shu hikoyaning motivlariga asoslangan „Sərçələr“ („Chumchuqlar“) radio spektakli Vena radiosida efirga uzatildi.

Shu bilan birga, Franz Kafka, Gi de Maupassan va Gabriel García Márquez kabi mualliflarning asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilganl[4]. Ayni paytda u „Xazar“ adabiy jurnalining bosh muharriri sifatida ishlaydi.

Oilasi

tahrir

Afaq Məsud Ozarbayjon xalq yozuvchisi boʻlgan Əli Vəliyevning nabirasi va olim Məsud Əlioğluning qizidir.

Mukofotlari

tahrir

Teatr sanʼatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun u bir necha bor Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti medali bilan taqdirlangan.

2005-yilda „Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2015-yilda Turkiya Madaniyat vazirligi, Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti va Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan „Xalqaro sahna asarlari tanlovi“ gʻolibi boʻlgan.

2017-yilda Ozarbayjonda tarjimani rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Prezident Ilhom Aliyev tomonidan „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti medali bilan ham taqdirlangan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Azərbaycan Respublikasının mədəniyyət xadimlərinə fəxri adların verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  2. „Haqqında“. Afaq Məsudun saytı. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  3. „Haqqında“. afaqmesud.az. 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 (ruscha) Unknown Bakuvians: Afag Masud. Baku.ru
  5. Afag Masud udostoena medali TYuRKSOY

Havolalar

tahrir

Afaq Məsudun saytı