Al-Horis ibn Hishom ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh (634, 636 yoki 639-yilda vafot etgan) – sahoba, Quraysh qabilasining boy Banu Maxzum urugʻi zodagonlaridan biri, vafotiga qadar musulmonlar tomonidan Suriyani bosib olishda ishtirok etgan.

Al-Horis ibn Hishom
Tavalludi 634
Turmush oʻrtogʻi Fotima bint al-Valid ibn al-Mugʻiyra[1]
Bolalari
Otasi Hishom ibn al-Mugʻiyra
Onasi Q65038133?

Hayoti

tahrir

Al-Horis ibn Hishom Makkadagi Banu Maxzum urugʻidan islomgacha boʻlgan davrda mashhur qurayshiy Hishom ibn al-Mugʻiyraning oʻgʻli boʻlgan[2]. Al-Horisning ukasi Abu Jahl 624-yilda Badr jangida vafot etguniga qadar Islom paygʻambari Muhammadga qarshi Makka muxolifatining rahbari edi[3]. Al-Horis Badr jangida, 627-yilda Madina yaqinidagi Uhud jangida musulmonlarga qarshi jang qilgan[4]. Al-Horis ibn Hishom 629–630-yillarda Muhammad Makkani fath qilganida islomni qabul qilgan[3]. Keyinchalik 630-yilda Hunayn jangida musulmonlar qoʻshinida arab mushriklariga qarshi jang qilgan va jangdan olingan oʻljalardan ulush olgan[4].

Al-Horis ibn Hishom musulmonlarning Suriyani zabt etishida qatnashgan[3], 634-yilda Falastinda ketma-ket Ajnadayn va Transiordaniyadagi Fahl janglarida ishtirok etgan. 636-yilda Yarmuk jangida otasining birinchi amakivachchasi Xolid ibn al-Volid qoʻl ostida jang qilgan[4]. 637-yilda xalifa Umar al-Horis islomni nisbatan kech qabul qilgani uchun unga armiyadagi boshqalarga qaraganda kamroq haq bergan. Maoshidan norozi boʻlgan al-Horis yetmish nafar oila aʼzolari bilan doimiy ravishda Suriyadagi ishlarda oʻzini koʻrsatib kelgan[2].

Vafoti

tahrir

Islomiy manbalarida uning oʻlim sanasi va sababi haqida turlicha maʼlumotlar mavjud boʻlib, bir qancha manbalarda 634-yilda Ajnadayn jangida yoki 636-yilda Yarmuk jangida halok boʻlgan deb keltirilgan boʻlsa, baʼzilar esa uni 639-yilda Amvas vabosi sababli vafot etgan deya maʼlumot beradi[3][4][5]. 639-yilda yetmish nafar oila aʼzolari orasida ikki yoki toʻrt nafaridan tashqari qolgan barchasi Suriyadagi jangda yoki vabo kasalligi tufayli halok boʻlgan[2].

Avlodlari

tahrir

Xalifa Umar al-Horisning qizi Ummu Hakim bint al-Horis ibn Hishomga uylangan. Horisning jangdan omon qolgan oʻgʻillaridan biri Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishomni Umar Madinaga qaytarib olib kelgan va unga yer ajratib bergan[2]. Al-Horisning Madinada oʻn uch-oʻn toʻrt nafar oʻgʻli va oʻn sakkiz nafar qizi boʻlgan[2]. Al-Horis ibn Hishomning avlodlari Banu Maxzumning boshqa oilalari, shuningdek, Umaviylar va Zubayridlar[2] bilan birinchi va ikkinchi fitna davrida xalifalikni nazorat qilish uchun kurashayotgan qurayshiylar bilan nikoh aloqalarini oʻrnatgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Page 248 - Kitab al-Tabaqat al-Kubra ta al-Khanji - Fatima - al-Maktaba al-Shamela“ (ar). shamela.ws. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Hinds 1991.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Blankinship 1993.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Friedmann 1992.
  5. Hitti 1916.

Adabiyotlar

tahrir