Al-Mustansir II
Abul-Qosim Ahmad al-Mustansir (arabcha: أبو القاسم أحمد المستنصر; taxminan 1210–1261-yil 28-noyabr) – Qohirada hukmronlik qilgan, Mamluklar sultonligiga boʻysungan birinchi Abbosiy xalifa. 1261-yil iyun oyidan 1261-yil 28-noyabr oyiga qadar hukmronlik qilgan.
Al-Mustansir II | |
---|---|
Qohiraning 1-xalifasi | |
Hukmronlik | 1261-yil 13-iyun – 1261-yil 28-noyabr |
Oʻtmishdoshi |
Al-Mustaʼsim (Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifalar kabi) |
Davomchisi | Al-Hakim I |
Otasi | Az-Zohir |
Onasi | Hayot |
Dini | Islom, sunniylik |
Hayoti
tahrirAbul-Qosim Ahmad Abbosiylar sulolasi aʼzosi boʻlib, Bagʻdodda jiyani, xalifa al-Mustaʼsim tomonidan qamoqqa tashlangan. 1258-yilda moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilganidan soʻng u sahrodagi arab qabilalarining oldiga qochib ketgan va u yerda 1260-yilda moʻgʻullar Suriyadan quvib chiqarilgunga qadar 3 yildan koʻproq vaqt davomida yashirinib yurgan. Soʻngra Misrning Qohira shahriga yoʻl olib, 1261-yilda Mamluk sultoni Baybars I tomonidan xalifa etib tayinlangan. Oradan vaqt oʻtib, Bagʻdodni qutqarish maqsadida al-Mustansir qoʻshin bilan sharqqa yuborilgan. 1261-yilda al-Anbar (hozirgi Iroqning Falluja shahri) yaqinida moʻgʻullar tomonidan al-Mustansirning qoʻshiniga pistirma qoʻyilgan va al-Mustansir oʻldirilgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtib, uning oʻrniga Abbosiylarning ancha uzoq qarindoshi, sobiq xalifa al-Hakim I xalifa deb eʼlon qilingan. Al-Hakim Abbosiylar sulolasidan biror kishining toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodi boʻlmasa ham 1517-yilda Usmoniylar davlati Misrni zabt etguniga qadar Ahmad al-Mustansir asos solgan Qohira xalifalari avlodi Qohirada hukmronlik qilishda davom etgan. Biroq shunday boʻlsa-da, Qohira xalifalari Mamluklar uchun yuqori ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar emas, balki shunchaki diniy arboblar edi, xolos.
Adabiyotlar
tahrir- Amitai-Preisss, Reuven. Mongols and Mamluks: The Mamluk-Ilkhanid War, 1260-1281. Cambridge: Cambridge University Press, 1995. Pp. 56–60, 62.
- Garcin, Jean-Claude (1967). "Histoire, opposition, politique et piétisme traditionaliste dans le Ḥusn al Muḥādarat de Suyûti" (French) (PDF, 14.62 MB). Annales Islamologiques (Institut Français d'Archéologie Orientale) 7: 33–90. doi:10.3406/anisl.1967.909. Archived from the original on 2011-07-24. https://web.archive.org/web/20110724205422/http://www.ifao.egnet.net/anisl/AnIsl007_art_03.pdf. Qaraldi: 2010-07-22.
- Glubb, John Bagot. Soldiers of Fortune: The Story of the Mamlukes. New York: Dorset Press, 1988. Pp. 66, 73–75.
- Holt, P. M. „al-Mustansir (II).“ The Encyclopaedia of Islam. 2nd ed. Vol. VII. P. 729.
- Holt, P. M. (1984). "Some Observations on the 'Abbāsid Caliphate of Cairo". Bulletin of the School of Oriental and African Studies (University of London) 47 (3): 501–507. doi:10.1017/s0041977x00113710.