Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentabrida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubining sobiq futbolchisidir[1].

Aleksey Nikolayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksey Vladimirovich Nikolayev
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1979-yil (1979-09-05) (44 yosh)
Tavallud joyi Voronej SSSR
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 28
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996 Oʻzbekiston Progress - (-)
1999—2000 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod - (-)
2000—2002 Oʻzbekiston Qizilqum 96 (14)
2003—2005 Oʻzbekiston Paxtakor 73 (2)
2006 Rossiya FC Shinnik Yaroslavl 2 (0)
2006—2007 Qozogʻiston Aktobe 31 (3)
2008 Oʻzbekiston Quruvchi 25 (0)
2009 Xitoy Shenzhen F.C. 27 (0)
2010 Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 24 (1)
2011 Oʻzbekiston Qizilqum 24 (3)
2012 Oʻzbekiston Paxtakor 7 (0)
2012—2013 Oʻzbekiston Buxoro 31 (2)
2014 Oʻzbekiston NBU-Osiyo 21 (2)
2015 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida o‘ynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga o‘tgan.

Milliy terma jamoa tahrir

Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan[2].

Yutuqlar tahrir

Paxtakor
Aktobe
Bunyodkor
  • Oʻzbekiston Superligasi (1): 2008
  • Oʻzbekiston Kubogi (1): 2008

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir