Amerika Konfederativ Shtatlari, shuningdek, Konfederatsiya shtatlari, AKSH, Konfederatsiya yoki Janubliklar(inglizcha: The Confederate States of America, CSA, The Confederacy, the South) – 1861-1865-yillarda Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, hozirgi Amerika Qoʻshma Shtatlari tarkibida de-fakto mustaqil (1862-1863-yillarda Britaniya imperiyasi va Fransiya tomonidan deyarli tan olinishiga erishgan, lekin Gettisberg yaqinidagi jangdan soʻng hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan) davlat. Janubiy shtatlar konfederatsiyasi 13 janubiy quldorlik shtatlarining Amerika Qoʻshma Shtatlari tarkibidan chiqishi natijasida yuzaga keladi. Amerika fuqarolar urushi shimol, yaʼni AQSH va janub, yaʼni AKSH oʻrtasidagi urushdir. Urushdagi magʻlubiyatdan soʻng Konfederatsiya tarix sahnasidan ketdi. Shundan soʻng, AQSH harbiy kuchlari tomonidan egallangan Konfederatsiya shtatlari „janub rekonstruksiyasi“ jarayonida AQSH tarkibiga reintegratsiya qilindi.

Amerika Konfederativ Shtatlari
Confederate States of America
ShiorXudo ostida»
lotincha: «Deo vindice
Madhiya: "I Wish I Was in Dixie»
Location of Amerika Konfederativ Shtatlari
Poytaxt Montgomery (1861)
Richmond (1861—1865)
Danvill (1865)
Eng katta shahar Yangi Orlean
Rasmiy til(lar) ingliz tili
Hukumat Konfederativ prezidentlik respublikasi, etnokratiya
• Prezident
Jefferson Devis
Aleksandr Stivens
Maydon
• Butun
1 995 392 km2
Aholi
• 1865-yilgi roʻyxat
9 103 332 kishi
Pul birligi Konfederatsiya dollari
Qisqartma
  • CSA
  • C.S.
  • Confederacy

Tashkil topish tarixi tahrir

Ajralib chiqish tarafdorlarining birinchi yegʻilishi 1860-yilning 22-noyabr kuni Janubiy Karolina shtatining Abbevil shahrida oʻtkaziladi. Amerika Konfederativ shtatlari 1861-yil 4-fevralda, AQSH prezidenti saylovlarida gʻoliblikni Avraam Linkoln (janubiy shtatlar iqtisodiyotining asosini tashkil qiladigan qullikning yangi hududlarga tarqalmasligi va taqiqlanishi tarafdori) qoʻlga kiritganligi eʼlon qilingandan soʻng 6ta janubiy shtatlar (Janubiy Karolina, Missisipi, Florida, Alabama, Jorjiya va Luiziana) tomonidan tashkil etiladi.

Yuqoridagi shtatlar va 2-mart kuni ular bilan birlashgan Texas AQSH tarkibidan chiqishini va 1787-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga muvofiq federal hukumatga berilgan barcha vakolatlarni qaytarib olishini eʼlon qiladi. Bundan tashqari ushbu vakolatlarga oʻz hududlari tarkibida boʻlgan harbiy qal’alar, portlar va bojxona ustidan toʻliq nazorat va boj va soliqlarni undirish kirar edi.

Konfederativ shtatlar tashkil topganidan 1 oy oʻtib, 4-mart kuni, AQSHning 16-prezidenti Avraam Linkoln prezidentlik qasamyodini qabul qiladi. Oʻzining inauguratsiya nutqida u AQSH janubiy shtatlar hududiga bostirib kirmasligini, lekin federal vakolatlar ustidan nazoratni saqlab qolish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanligini aytib oʻtadi.

1861-yil 12-aprel kuni general Pyer Gyustav Tutan de Boregar boshchiligidagi Janubiy Karolina shtati qoʻshinlari Charlston portidagi Fort-Samter federal istehkomini portlatishadi va istehkom garnizonini kapitulyatsiya qilishadi. Ushbu voqeadan soʻng AQSHda fuqarolar urushi boshlanadi.

Samter istehkomining portlatilishidan soʻng Linkoln poytaxt va davlat himoyasi uchun, Samter va boshqa janubiy portlar ustidan nazoratni qayta tiklash uchun AQSH tarkibida qolgan shtatlarni harbiy kuch bilan yordamga kelishga chaqiradi. Linkolnning murojaatiga javoban yana 4ta janubiy shtat (Virjiniya, Arkanzas, Tennessi va Shimoliy Karolina) AQSH tarkibidan chiqishini va Konfederatsiyaga qoʻshilishini eʼlon qiladi.

Kentukki va Missuri shtatlari AQSH tarkibida „chegara shtatlari“ sifatida qolishdi. Maʼlum muddat ushbu shtatlarda 2ta hukumat mavjud edi. Biri AQSHni qoʻllab quvvatlasa, ikkinchi hukumat Konfederatsiya tomonda edi. Ushbu ikki shtatda Konfederatsiya qoʻlloʻvchi hukumatlar oʻz hududlarini Konfederatsiya tarkibida deb eʼlon qilishadi va bu AKSH tarkibida 13ta shtat boʻlganligini bildiradi. Hali Shtat maqomiga ega boʻlmagan hududlardan Arizona va Nyu-Meksiko Konfederatsiya tarkibiga qoʻshilishni soʻrashadi. Shuningdek Konfederatsiya indeyslar hududidagi 5 qabilalar – cheroki, chokto, chikaso va seminollar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Hamma quldorlik shtatlari ham Konfederatsiya tarkibiga qoʻshilishmaydi, Merilend va Delaver shtatlari buning misoli.