Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti — Andijon shahrida joylashgan eng katta institutlardan biri hisoblanadi. Institut 1955-yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda institutda o'n

Andijon davlat tibbiyot instituti
(ADTI)
Asl nomi Andijon davlat tibbiyot instituti
Xalqaro nomi Andijan State Medical Institute (ASMI)
Asos solingan 1955-yil
Oʻquv yurti turi institut
Rektori Nasriddinov Murodjon Adxamovich
Talabalari 4414
Bakalavriat 3903
Magistratura 391
Fan doktorlari 22 ta
Professorlar 14 ta
Kampusi shaharda
Manzili Andijon, Oʻzbekiston
Vebsayti https://adti.uz/

Koordinatalari: 40°48′40.964956838526″N 72°19′42.335465542371″E / 40.81137915467736832°N 72.32842651820621427°E / 40.81137915467736832; 72.32842651820621427 G O

mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Institut tarixi Tahrirlash

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. Oʻsha davr uchun juda zarur va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyotchilari uchun oliy dargoh boʻlgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy insonlar, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida eʼtirof etilmoqda. Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari haamda kasbiy taʼlim, oliy hamshiralik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika yoʻnalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yoʻnalishi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻquv ishlari Tahrirlash

Institutda 56 ta kafedra mavjud boʻlib, ularning umumiy shtatida 533 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 36 nafari fan doktori (ularning 14 nafari professor unvoniga ega), 130 nafari fan nomzodi (ularning 104 nafari dotsent unvoniga ega). Institut boʻyicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi. Institutda 4 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 7 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, kasb taʼlimi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi va farmatsiya yoʻnalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayoni tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 oʻquv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yoʻnalishlari tashkil etildi:

  • 5A 510102 Endokrinologiya,
  • 5 A 510126 Farmakologiya.

Xorijiy yoʻnalish va qoʻshma dasturlar Tahrirlash

2019/2020 oʻquv yilida davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha 100 nafar Xorijiy fuqarolar (Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya) ni qabul qilish rejalashtirilgan. Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yoʻnalishiga 20 nafar talaba qabul qilindi. Janubiy Koreyaning Tegu universiteti, Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda „Tibbiyot injeneringi“ yoʻnalishi boʻyicha magistraturaning 1-bosqichi yakunlandi, 2019-2020 oʻquv yilida 8 nafar talabalar 2-kursni Tegu universitetida davom ettiradilar. Rossiya Federatsiyasining N. N. Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qoʻshma oʻquv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. 2019/2020 oʻquv yilida institutda mavjud 7 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 3903 nafar, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida 391 nafar, qoʻshma dastur boʻyicha 20 nafar, xorijiy yoʻnalishda 100 nafar jaʼmi — 4414 nafar talaba taxsil olishi kutilmoqda. Hozirgi kunda institutda 39 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Afgʻoniston, Janubiy Koreya va Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi. 2019/2020 oʻquv yiliga institutda mavjud 7 ta taʼlim yoʻnalishlari (davolash, pediatriya, stomatologiya, kasb taʼlimi, oliy hamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya) boʻyicha namunaviy oʻquv reja asosida oʻquv jadvali hamda ishchi oʻquv rejalar ishlab chiqilgan va institut markaziy uslubiy xay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan. Institutdagi mavjud 45 ta kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan barcha taʼlim yoʻnalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda 521 ta ishchi oʻquv fan dasturlari hamda oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan hamda fakultetlar kengashi, institut markaziy uslubiy hay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan. Oʻquv uslubiy majmualarning elektron shakli SD diskga yozilib ARMga joylashtirilgan.[1]

Institut jihozlari Tahrirlash

Institutda oʻquv auditoriyalari, maʼruza zallari va laboratoriya oʻquv xonalari (biologiya, tibbiy kimyo, biologik kimyo, biofizika, mikrobiologiya, normal fiziologiya) zamonaviy oʻquv jihozlar (kompyuter, proyektor, smart televizori, elektron doska, laborator jixozlar, virtual laboratoriya boʻyicha elektron shakllar) bilan jixozlangan va oʻquv jarayonida keng foydalanilmoqda.

2019-2020 oʻquv yiliga ADTI klinikasida joylashgan jarrohlik yoʻnalishidagi Umumiy jarrohlik, jarrohlik kasalliklari, fakultet jarrohlik, urologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyrojarrohlik kafedralarida telemeditsina yoʻlga qoʻyilgan. Talabalar oʻquv auditoriyalarida turib jarrohlik blokida olib borilayotgan jarrohlik muolajalarini kuzatib borishlari hamda jarroh bilan bevosita muloqot qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Institut chora-tadbirlari Tahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-3171 — sonli qarorida „Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida oʻquv-simulyatsion laboratoriyalari tashkil etish“ bandi ijrosini taʼminlash maqsadida institutda Respublikada birinchi boʻlib „Oʻquv-simulyatsion markaz“ tashkil etildi va 2018-yil 10-sentabr kuni ochilish marosimi oʻtkazildi. Institutda mavjud „Oʻquv simulyatsion markaz“da anesteziologiya va reanimatsiya, jarrohlik, LOR, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, neonatologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, oftalmologiya, anatomiya, stomatologiya xonalari talabalarni amaliy koʻnikmalarni puhta egallashlari uchun yangi robot simulyator va fantomlar bilan jihozlanib, oʻquv jarayonida foydalanib kelinmoqda.

Hamkorlari Tahrirlash

Institut dunyoning 43 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 2018-yilning oʻzida institut rahbariyati tomonidan 10 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy taʼlim muassasalari va tibbiy markazlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion taʼlim oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2018-2019 oʻquv yilida nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N. N. Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarrohlik markazi, N. N. Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-oʻqituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion maʼruza, master klasslar oʻtkazilgan.

Ahborot texnalogiyalari Tahrirlash

2019-2020 oʻquv yilida foydalanish uchun elektron davomat, elektron jurnal va elektron baxolash tizimi ishlab chiqilgan. Institutning axborot texnologiyalari markazida „Media markaz“ tashkil etilgan va markazga oʻquv uslubiy majmualar hamda professor oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan audio hamda videomaʼruzalarning elektron shakli CD, DVD disklarda joylashtirilgan. Bakalavriat yoʻnalishlari (7 ta) va magistratura mutaxassisliklarida (29 ta) oʻqitiladigan fanlardan 121 mingta rus va oʻzbek tillarida testlar banki yaratilgan va institut axborot texnologiyalari markaziga joylashtirilgan.

Elektron resurslari Tahrirlash

barcha fanlar boʻyicha elektron video va audiomaʼruzalar — 536 ta; klinik fanlardan elektron farmakologik bloknot- 236 ta; fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni bexato bajarish boʻyicha Autokurslar. ARM da professor-oʻqituvchilar va talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan tanishishlari, mutolaa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ARM qoshida mini tipografiya faoliyat olib bormoqda. Axborot texnologiyalari markazi qoshida tashkil etilgan MEDIA MARKAZ institut talaba, magistr va ordinatorlari uchun AUDIO, VIDEO maʼruzalar, VIDEO DARSLARni taqdim etib kelmoqda. Media markaz bazasi institutning yetakchi professor oʻqituvchilari tomonidan boyitib kelinmoqda. ATM ning kompyuter zalida institutning professor oʻqituvchilari, talaba, magistrlar, ordinatorlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 60 dona kompyuterlar xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari institut statik adresi orqali dunyoni eng nufuzli maʼlumotlar bazasi xisoblangan WEB OF SCIENCE, SCOPUS kabi veb saytlar bilan aloqalar oʻrnatilgan.

ATM tomonidan oʻqitishni yangi bosqichga oʻtkazish maqsadida yaratilgan MOODLE tizimi tashkil etilgan boʻlib, MOODLE tizimidan barcha professor oʻqituvchilar va talabalar roʻyxatdan oʻtkazilgan va muntazam foydalanib kelinmoqda.

GEOTAR — Media nashriyoti bilan institut oʻrtasida oʻzaro xamkorlik bitimi imzolangan va mazkur bitimga binoan 2018-2019-yillarda chop etilgan 46 434 748,80 soʻmlik 121 nomda 142 nusxada oʻquv adabiyotlar olib kelindi.[2]

Ilmiy-tadqiqot ishlari Tahrirlash

Institutda 56 ta kafedra mavjud boʻlib, asosiy stavkada ishlaydigan professor-oʻqituvchilarning umumiy soni 630 nafar, ulardan 38 nafari fan doktorlari, 151 nafari fan nomzodlari. Ilmiy salohiyat 30,0 % tashkil etadi. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, taʼlim, fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorlikni samarali tashkil etish uchun, Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida institut rektorini buyrugʻiga binoan innovatsion markaz va uning qoshida 4 ta innovatsion guruh tashkil qilingan. Institutning ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyxalarni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlarni eksperimentlari uchun vivarium mavjud. Institut olimlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar: Asosiy yurak qon tomir tizimida uchraydigan hastaliklarni zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamidagi tashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, profilaktikasi. Fargʻona vodiysi aholisi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning epidemiologiyasini oʻrganish, tashxis, davolash va profilaktikasining samarali usul va vositalarini yaratish. Homilada, chakaloqlarda, har hil yoshdagi bolalarda hamda katta yoshdagi odamlarning ichki aʼzolarini anatomo-topografik va gistologik hususiyatlarini yoshga qarab oʻzgarishlarini oʻrganish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni jismoniy taraqqiy etish hususiyatlarini oʻrganish. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash boʻyicha Fargʻona vodiysining hududiy, mintaqaviy hususiyatlarini xisobga olgan xolda ilmiy izlanishlarni olib borish va ularni amalga oshirish. Jarroxlik kasalliklarinitashxis usullarini mukamallashtirish, davolash natijalarini yaxshilash va asoratlarini oldini olish. Jarroxlikda texnologiyalarni koʻllashni joriy etish. Fargʻona vodiysi mintaqasida virusli gepatitlar, oʻtkir ichak kasalliklari, OIV-infeksiyasi va OITSni klinik-immunologik hususiyatlari, kechishi, ularni davolash va oldini olish choralarini takomillashtirish. Travmatologik, ortopedik kasalliklar, umurtqa pogʻonasi va orqamiya patologiyasini oʻrganish, innovatsion texnologiyalar yordamidagitashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotgazamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Onkologik kasalliklar profilaktikasi, erta tashxislash, davolashda yangi yukori texnologik usullarni koʻllash. Fargʻona vodiysining aholisini salomatlik koʻrsatkichlarini aniqlash, tashki muhit taʼsirini oʻrganish. Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 93 ta monografiya, 1080 ta Oʻzbekiston ilmiy jurnallarda, 842 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilgan, 305 ta patent olingan, 1920 ta ratsionalizatorlik takliflari, 2075 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar tayyorlandi, 317 ta ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazildi. Aynan shu yillar davomida institut 61 nafar tibbiyot fanlari doktori, 152 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, 4 nafar fan doktori (DSc) va 20 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlandi.[3]

Institut fahriylari Tahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“ 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 22-maydagi „Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 304-sonli qarori xamda 2019-yil 29-oktyabrdagi 576-sonli OʻRQ „Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida“gi Qonunnida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida institutda 21 nafar talabgorlar tayanch doktoranturada, 21 nafar talabgorlar mustaqil va 17 nafar talabgor erkin izlanuvchilik asosida doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarmoqdalar.

1996-yil 16-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirligining „Oliy va oʻrta mahsus oʻquv yurtlarida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni yanada takomillashtirish togʻrisida“gi buyrugʻi eʼlon qilindi. Shundan soʻng, institut rektorining 1997-yil 13 yanvar 12-Sh buyrugʻiga asosan, avval tarbiyaviy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlab kelayotgan professor X. X. Shyermatov maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

1997- 2002-yillarda maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha 1-prorektor lavozimida professor A. K. Kanmov, 2002-2004-yillarda professor AK.Shadmanov, 2004- 2005-yillarda professor M. M. Yoʻldoshev, 2005-2006-yillarda X. T. Musashayxov, 2007-2017-yillarda professor M. M. Madazimovlar faoliyat yuritganlar.

2017-yil 1 apreldan yoshlar bilan ishlash prorektor lavozimiga ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti P. X. Asxanov tayinlandi. Istitutda 1997-yili maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tashkil etilib, dotsent K.Matyoqubov boʻlim boshligʻi, oʻqituvchi M.Xaydarov uslubchi vazifasiga tayinlandi. 1997-yil 25- sentyabrdan boshlab I.Samadjonov boʻlim boshligʻi, oʻzbek till va adabiyoti oʻqituvchisi M.Axunova esa uslubchi lavozimida ish boshladilar. 1999-yil lyun oyidan A.Maxammetova boʻlim uslubchisi lavozimiga ishga qaʼbul qilindi. Boʻlimda turli davrlarda dotsent I.Sattiboev, M.Haydarov, D.Nazarova, A.Qoʻldoshev va Sh. Rasulovlar boshliq sifatida mehnat qildilar.

2017-yil fevral oyida A.Abduxalimov boʻlim boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimida A.Abduxalimov boʻlim boshligʻi, A.Maxammetova va K.Usmonovalar uslubchi sifatida talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruxida tarbiyalashda fidoiylik bilan mehnat qilmoqdalar. Oliy va oʻrta mahsus taʼlim Vazirligining 2017-yil 23-avgustdagi 600-sonli buyrugʻiga asosan, „Institut psixologi“ lavozimi tashkil etilib, ushbu lavozimga Oʻ.Arziqulov tayinlangan.

Havolalar Tahrirlash

Manbalar Tahrirlash

  1. Andijon tibbiyot instituti, 2019-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-11-15
  2. Official web-page containing information about the dormitories in Uzbek language Wayback Machine saytida arxivlandi (11-aprel 2016-yil). checked 28-mart 2016-yil
  3. Information is obtained from official web page of the Institute about the rectorate in Uzbek language Wayback Machine saytida arxivlandi (11-aprel 2016-yil). checked 28-mart 2016-yil