Andrés Palop
Andrés Palop Cervera (talaffuzi:[anˈdɾes paˈlob], Andres Palop Servera; 1973-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — darvozabon sifatida oʻynagan ispaniyalik sobiq professional futbolchi. Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrés Palop Cervera[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-oktyabr 1973-yil[1] | ||
Tavallud joyi | L'Alcúdia, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.84 m[1] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Valencia | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993—1997 | Valencia B | 68 | (0) |
1994—1995 | → Gimnástico (ijara) | ||
1997—2005 | Valencia | 43 | (0) |
1997—1999 | → Villarreal (ijara) | 74 | (0) |
2005—2013 | Sevilla | 217 | (0) |
2013—2014 | Bayer Leverkusen | 0 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2015—2016 | Alcoyano | ||
2018—2019 | Ibiza | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Palop koʻp vaqtini oʻz shahrining Valencia klubi zaxirasida oʻtkazganidan soʻng[2], 30 yoshida Sevilla klubining doimiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va uning ichki hamda Yevropa oʻyinlarida muvaffaqiyat qozonishiga yordam berdi. 15 ta mavsum davomida Palop La Ligada 295 ta oʻyinda maydonga tushdi va ushbu ligada 1998—1999-yillarda Villarreal sharafini himoya qilgan.
Palop Euro 2008 oʻyinlarida qatnashadigan Ispaniya terma jamoasi tarkibiga tanlangan, lekin xalqaro miqyosda hech qachon maydonga tushmagan.
Oʻyindagi faoliyati
tahrirKlub
tahrirValencia
tahrirValensiya hamjamiyatining L’Alcudia shahrida tugʻilgan[3] Palop dastlabki faoliyatini mahalliy, yuqori oʻringa ega klub Valenciada boshlagan va u birinchi professional mavsumini Villarreal CFda ikki yillik ijarada boʻlgan paytida oʻtkazgan. Palop 1998-yilda jamoa tarixida birinchi marta La Ligaga ko‘tarilganida uning asosiy darvozaboni bo‘lgan[4], Villarreal quyi ligaga tushib ketgan keyingi mavsumda ham asosiy tarkibda o‘ynagan. Shundan so‘ng, u Valencia tomonidan qaytarib chaqirib olingan.
Biroq, asosiy tarkibdagi olti yillik faoliyati davomida Palop ko‘pincha tajribali Santiago Cañizaresning zaxira darvozaboni sifatida maydonga tushgan. Uning eng ko‘p o‘yin o‘ynagan mavsum birinchi yili bo‘lib, shu yili u 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Klub 2002— va 2004-yillarda liga chempioni bo‘lgan bo‘lsa-da, Palop faqat yetti marta (barchasi birinchi mavsumda) o‘yinga tushdi va natijada o‘zini noqulay his qila boshladi[2].
Sevilla
tahrirPalop 2005-yilning yozida Sevillaga qoʻshildi va tezda andalusiyaliklarning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi, shundan keyin Sevilla bir yil ichida beshta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2007-yil 15-mart kuni Palop UEFA kubogi 1/8 finalida Shaxtar Donetsk klubiga qarshi oʻyinning qoʻshimcha vaqtida hisobni tenglashtirgan golni urdi va mezbonlik uchrashuvida 2:2 hisobidagi durangni oʻrnatdi, oʻyin jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va natijada Sevilla ketma-ket ikkinchi marotaba musobaqada g‘alaba qozondi[5][6]; finalda RCD Espanyol jamoasiga qarshi oʻyinda u toʻrtta penaltidan uchtasini toʻxtatib qolib, uchrashuv oʻyinchisi deb topildi[7].
Keyingi oʻyinlarda Palop birinchi tanlov futbolchisi sifatida maydonga tushishda davom etdi va hech qachon ligada 31 tadan kam oʻyinda qatnashmadi. 2009—2010-yillarda u jamoasiga ligada toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi, keyinchalik Sevilla UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi va Copa del Reyda gʻalaba qozondi[8].
Bayer Leverkusen
tahrir2013-yil iyun oyi boshida Palop Bayer 04 Leverkusen jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi va 40 yoshida birinchi marta chet elga koʻchib oʻtdi[9]. U Germaniya Bundesligasi klubi tomonidan faqat zaxira sifatida foydalanilgan va 2014-yilning aprelida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[10].
Xalqaro
tahrirPalop birinchi marta Ispaniya terma jamoasiga 2007-yilning avgustida, Gretsiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida Iker Casillasning jarohatlanganligi sababli uning oʻringa chaqirilgan edi[11]. Biroq, u zaxira oʻrindigʻini tark etmadi[12].
O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Palop UEFA Euro 2008da terma jamoadagi ikkinchi tanlov oʻyinchisi sifatida oʻynash uchun boʻlgan Liverpool aʼzosi Pepe Reina bilan bo‘lgan qizg‘in bellashuvda g‘alaba qozona olmadi, ammo uchinchi tanlov oʻyinchisi oʻrni uchun boʻlgan Barcelona futbolchisi Victor Valdesga qarshi kurashda uni magʻlub etdi[13][14]. Ispaniyaning turnirdagi gʻalabasidan keyingi tantanali marosimda u Luis Arconadaning Euro 1984 finalidagi futbolkasini kiygan va keyin UEFA prezidenti Michel Platinidan oltin medalni qabul qilib olgan[15][16].
Murabbiylik faoliyati
tahrir2015-yilning 18-fevralida Palop Segunda División Bda mavsumning qolgan qismi uchun CD Alcoyanoga bosh murabbiy etib tayinlandi[17][18]. Iyun oyida, yetarli malakaga erishgandan soʻng, u doimiy murabbiylik lavozimini egalladi[19], 2016-yil may oyida Palop ishdan ketishini eʼlon qildi[20].
Palop 2018-yilning 27-sentyabrida UD Ibiza jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi, bu klub ham liganing uchinchi bosqichida oʻynar edi[21]. Uning qoʻl ostida jamoa 21 ta oʻyinning 10 tasida gʻalaba qozondi, biroq jamoaga pley-off yo‘llanmasi uchun sakkiz ochko yetmadi va Palop keyingi yilning 25-fevralida lavozimidan ozod etildi[22].
2020-yil aprel oyida Palop koronavirus pandemiyasi paytida 12 kunga kasalxonaga yotqizildi[23]. Ikki yil oʻtgach, u Sevilladagi Ramón Sánchez Pizjuán stadionida boʻlib oʻtgan Yevropa ligasi finalida UEFA elchisi boʻldi[24].
Oʻyin uslubi
tahrirPalop asosan zarbani toʻxtatish qobiliyati bilan tanilgan, shuningdek, u butun faoliyati davomida penalti tepuvchi mutaxassis sifatida ham shuhrat qozongan[25].
Klubdagi statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Valencia | 1997—1998 | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 |
1999—2000 | La Liga | 15 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | - | - | 21 | 0 | |
2000—2001 | La Liga | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | - | 4 | 0 | |
2001—2002 | La Liga | 7 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | - | - | 10 | 0 | |
2002—2003 | La Liga | 9 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | - | - | 14 | 0 | |
2003—2004 | La Liga | 0 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | - | - | 12 | 0 | |
2004—2005 | La Liga | 11 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | - | - | 14 | 0 | |
Jami | 43 | 0 | 11 | 0 | 21 | 0 | - | - | 75 | 0 | ||
Villarreal (ijara) | 1997—1998 | Segunda División | 39 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 | 41 | 0 |
1998—1999 | La Liga | 35 | 0 | 5 | 0 | - | - | 2 | 0 | 42 | 0 | |
Jami | 74 | 0 | 5 | 0 | - | - | 4 | 0 | 83 | 0 | ||
Sevilla | 2005—2006 | La Liga | 36 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | - | - | 43 | 0 |
2006—2007 | La Liga | 34 | 0 | 4 | 0 | 12 | 1 | 1 | 0 | 51 | 1 | |
2007—2008 | La Liga | 31 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | 3 | 0 | 43 | 0 | |
2008—2009 | La Liga | 35 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | - | - | 47 | 0 | |
2009—2010 | La Liga | 33 | 0 | 6 | 0 | 5 | 0 | - | - | 44 | 0 | |
2010—2011 | La Liga | 19 | 0 | 3 | 0 | 8 | 0 | 2 | 0 | 32 | 0 | |
2011—2012 | La Liga | 13 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | - | - | 16 | 0 | |
2012—2013 | La Liga | 16 | 0 | 3 | 0 | - | - | - | - | 19 | 0 | |
Jami | 217 | 0 | 23 | 0 | 49 | 1 | 6 | 0 | 295 | 1 | ||
Bayer Leverkusen | 2013—2014 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 |
Faoliyati jami | 334 | 0 | 39 | 0 | 70 | 1 | 10 | 0 | 453 | 1 |
Boshqaruv statistikasi
tahrir- 2019-yil 24-fevral holatiga koʻra:
Jamoa | Mamlakat | qachondan | qachongacha | Rekord | Manba (lar) | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar soni | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urgan gollari | Urilgan gollar | Gollar farqi | Gʻalaba % | |||||
Alcoyano | 18-fevral 2015-yil | 20-may 2016-yil | 52 | 24 | 14 | 14 | 63 | 48 | +15 | 46 | [29] | |
Ibiza | 27-sentyabr 2018-yil | 25-fevral 2019-yil | 21 | 10 | 6 | 5 | 24 | 18 | +6 | 48 | [30] | |
Jami | 73 | 34 | 20 | 19 | 87 | 66 | +21 | 47 | — |
Yutuqlari
tahrirValencia
- La Liga: 2001—2002
- UEFA kubogi: 2003—2004
- UEFA Superkubogi: 2004
Sevilla
- Copa del Rey: 2006—2007, 2009—2010
- Ispaniya Superkubogi: 2007; 2-oʻrin: 2010
- UEFA kubogi: 2005—2006, 2006—2007
- UEFA Superkubogi: 2006; 2-oʻrin: 2007
Ispaniya
- UEFA Yevropa chempionati: 2008
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Andrés PALOP Cervera“ (ispancha). El Mundo. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „En la quiniela de Palop no caben las variantes“ (ispancha). Estadio Deportivo (2-fevral 2013-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ „Palop anuncia su retirada“ (ispancha). Faro de Vigo (21-aprel 2014-yil). Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
- ↑ „Salto a Primera“ (ispancha). Villarreal CF. Qaraldi: 14-noyabr 2020-yil.
- ↑ Sevilla saved by last gasp Palop; UEFA, 15 March 2007
- ↑ Shakhtar Donetsk 2-3 FC Sevilla (Wayback Machine saytida 2007-03-19 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 15 March 2007
- ↑ Palop ensures cup joy for Sevilla; UEFA, 16 May 2007
- ↑ „Ganó el serio, cayó el alegre“ (ispancha). El País (19-may 2010-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ Palop adds experience to Leverkusen; UEFA, 2 June 2013
- ↑ „Palop cuelga los guantes“ (ispancha). UEFA (21-aprel 2014-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
- ↑ Casillas no viajará a Grecia y Luis llama a Palop (Casillas will not travel to Greece and Luis calls Palop); Marca, 20 August 2007 (in Spanish)
- ↑ „Luis confirma a Reina: 'Palop ya tendrá tiempo de jugar'“ (ispancha). El Mundo (21-avgust 2007-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ Moscoso. „Palop irá a la Eurocopa“ (ispancha). El Desmarque (25-mart 2008-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ „Raúl se queda fuera; Sergio García y Cazorla son las novedades“ (ispancha). Diario AS (17-may 2008-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ Arconada alucinó con el gesto de Palop (Arconada went crazy with Palop’s gesture); Mundo Deportivo, 2 July 2008 (in Spanish)
- ↑ „Euro 2008: Palop's tribute to a legendary goalkeeper (Arconada)“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation (22-aprel 2014-yil). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ Carlos Sempere entrenará al Alcoyano y Andrés Palop será su ayudante (Carlos Sempere will manage Alcoyano and Andrés Palop will be his assistant); Mundo Deportivo, 18 February 2015 (in Spanish)
- ↑ Palop afrontará en el Alcoyano su primera experiencia como entrenador (Palop will his face his first experience as a manager at Alcoyano); Marca, 18 February 2015 (in Spanish)
- ↑ „Palop ya es el nuevo entrenador del Alcoyano: "Hago realidad un sueño"“ (ispancha). ABC (4-iyun 2015-yil). 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2016-yil.
- ↑ „Palop anuncia que no seguirá el año próximo como entrenador del Alcoyano“ (ispancha). Mundo Deportivo (7-may 2016-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Andrés Palop, nuevo entrenador de la UD Ibiza“ (ispancha). UD Ibiza (27-sentabr 2018-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2018-yil.
- ↑ „El Ibiza destituye a Andrés Palop como entrenador“ (ispancha). ABC (25-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
- ↑ „Palop anuncia que ha superado el coronavirus tras doce días ingresado“ (ispancha). EFE (14-aprel 2020-yil). Qaraldi: 14-aprel 2020-yil.
- ↑ Montes de Oca, Fran. „La fiesta de la final de la Europa League arranca con el Fan Festival en la Plaza de España de Sevilla“ (ispancha). ABC (17-may 2022-yil). Qaraldi: 18-may 2022-yil.
- ↑ „The long shadow of Zamora“. FIFA (13-noyabr 2007-yil). 2017-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2017-yil.
- ↑ „Palop: Andrés Palop Cervera“. BDFutbol. Qaraldi: 18-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Palop“. Soccerway. Qaraldi: 18-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Andrés Palop“. Footballdatabase. Qaraldi: 17-aprel 2015-yil.
- ↑ „Palop: Andrés Palop Cervera“. BDFutbol. Qaraldi: 20-mart 2016-yil.
„Palop: Andrés Palop Cervera“. BDFutbol. Qaraldi: 20-mart 2016-yil. - ↑ „Palop: Andrés Palop Cervera“. BDFutbol. Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.