Anne Bonny – taxminan 1697-yilda tugʻilgan, 1720-yil 28-noyabrdan keyin gʻoyib boʻlgan[1][2][3]. Karib dengizida faoliyat yuritgan irlandiyalik qaroqchi va tarixdagi kam sonli ayol qaroqchilardan biri[4]. Uning hayoti haqida maʼlum boʻlgan juda oz maʼlumotlar kapitan Charles Johnsonning 1724-yilda chop etilgan Qaroqchilarning umumiy tarixi kitobida yoritilgan.

Anne Bonny

Bonny — Charles Johnsonning qaroqchilar kitobining Gollandiya versiyasigi rasmi
Tavalludi 1697-yil
Vafoti Nomaʼlum
Port Royal, Yamayka
Fuqaroligi Irlandiya
Kasbi Qaroqchi
Faoliyat yillari 1718–yil Oktabr — 1720-yil
Turmush oʻrtogʻi Calico Jack
Otasi William Cormac
Onasi Mary Brennan

Bonny taxminan 1700-yilda Irlandiyada tugʻiladi va 10 yoshida Londonga, keyin Karolina provinsiyasiga koʻchib oʻtadi[5]. Taxminan 1718-yilda u dengizchi James Bonnyga turmushga chiqadi va uning familiyasini oladi. Ular Bagama orollaridagi Nassauga, qaroqchilar uchun qoʻriqxonaga koʻchib oʻtadi[6]. Aynan oʻsha yerda u Calico Jack Rackham bilan uchrashib qoladi va ularning jamoasiga qoʻshilib, sheriklarga aylanadi. U 1720-yil oktyabr oyida Rackham va Mary Read bilan birga qoʻlga tushadi. Uchalasi ham oʻlimga hukm qilinadi, ammo Bonny bilan Read ikkalasi ham homilador boʻlganligi uchun qatl kuni kechiktiriladi. Read 1721-yil aprel oyida qamoqning oʻzida isitmadan vafot etadi, lekin Bonny taqdiri nomaʼlumligicha qoladi.

Hayoti

tahrir

Maʼlumotlarga koʻra, Bonny Irlandiyaning Kork okrugidagi Kinsalening Old Head shahrida[7] tugʻilgan[8]. U hizmatkor ayol Mary Brennan va Brennanning boshligʻi, advokat William Cormacning qizi. Cormacning xotini kasal boʻlib qolganida uni davolanishi uchun bir necha chaqirim uzoqlikdagi qaynonasinikiga yuborgan. Cormacning rafiqasi uzoqda boʻlganida, u Mary Brennan bilan ishqiy munosabatda boʻlgan va ulardan Anne ismli qiz tugʻilgan. Anne noqonuniy boʻlsa-da, Cormac uni qonuniy qizi sifatida tan olgan[9]. Rasmiy maʼlumotlar va uning hayotiga oid manbalarning koʻpchiligi Charles Jonhsonning Qaroqchilarning umumiy tarixi kitobidan olingan[10].

William Cormac oʻz xotining oilasidan uzoqlashish uchun Londonga koʻchib oʻtadi va u Annani oʻgʻil bolalar kabi kiyintirib, uni „Andy“ deb chaqira boshlaydi. Cormacning rafiqasi William oʻzining noqonuniy qizini qabul qilib, uni oʻgʻil bolalardek kiyintirib tarbiyalayotgani bilgach, unga nafaqa berishni toʻxtatadi. Shundan soʻng, Cormac Anna va uning onasi Mary Brennan bilan bilan birga, Karolina provinsiyasiga koʻchib oʻtadi. Bonnyning otasi Charles Town fuqarolariga qoʻshilib ketish uchun familiyasining asl „Mc“ faxrli qoʻshimchasidan voz kechadi. U Charlz Taun shahrida advokat boʻlib ishlashga harakat qiladi, ammo yaxshi natija koʻrsata olamaydi. Ammo, uning qonunlarni yaxshi bilishi hamda tovarlarni sotib olish va sotish qobiliyati tezda shaharcha orasida mashhur boʻladi va bu orqali shaxsiy plantatsiyasini ochadi. Mary Brennan Anne 12 yoshga toʻlganida vafot etadi.

Manbalarda qayd etilishicha, Bonnyning sochlari qizil rangda boʻlgan. U ogʻir bosiq deb hisoblangan, ammo oʻtkir feʼl-atvorga ega boʻlgan. 13 yoshida hizmatkor qizni pichoq bilan yaralagan. U kambagʻal dengizchi boʻlgan James Bonny ismli qaroqchiga turmushga chiqqan. James qaynotasining mulkiga egalik qilishni maqsad qilgan, ammo Annening otasi uni rad etgan va qizini unga turmushga chiqishiga qarshilik koʻrsatgan. Oqibatda qizni uydan haydab yuborgan.

Bonny qasos olish maqsadida otasining plantatsiyasiga oʻt qoʻygani haqida hikoya mavjud boʻlib, ammo u hech qanday dalilga ega emas. 1714–1718-yillar ichida u James Bonny bilan ingliz qaroqchilari uchun qaroqchilar qoʻriqxonasi hisoblangan New Providence orolidagi Nassauga koʻchib oʻtgan. 1718-yilning yozida gubernator Woodes Rogers kelganidan soʻng, James Bonny gubernatorning habarchisi boʻlganligi haqida maʼlumotlar berilgan. U gubernator Rogersga hududdagi qaroqchilar toʻgʻrisida maʼlumot berib turgan, oqibatda qaroqchilarning koʻpchiligi hibsga olingan. Anne erining gubernator Rogers uchun qilgan hizmatlarini maqullamagan.

Qaroqchilik faoliyati

tahrir
 
Anne Bonny ekipajga oʻq uzmoqda. Allen & Ginter Cigarettes MET DP835030 uchun Ispaniyaning asosiy sahnasidagi qaroqchilar (N19)

Bagama orollarida boʻlganida, Bonny tavernalarda qaroqchilar bilan ishlab boshlaydi. U John „Calico Jack“ Rackham bilan tanishadi va u bilan uchrashib turadi. Rackham Jamesga Anne bilan ajrashishi uchun pul taklif qiladi. Ammo eri rad etadi va Rackhamni kaltaklab, unga tahdid qiladi. Anne va Rackham oroldan birga qochadi va Anneni ekipaj azoligiga oladi. Anne bir qancha vaqt kemada oʻzini erkak qiyofasida yashirib yuradi va homiladorligi aniq boʻlgungacha uning ayol ekanligini faqat Rackham va Mary Read biladi[11]. Keyin Rackham uni Kubaga olib keladi va u yerda oʻgʻil farzand tugʻiladi. Shu bilan u James bilan qonuniy ajrashadi va Rackham bilan birga qaroqchilik hayotini davom ettiradi. Bonny, Rackham va Read William kemasini oʻgʻirlaydi va Nassau bandargohidan ochiq dengizga chiqib ketadi[12]. Rackham va ikki ayol yangi ekipaj tuzadi. Ular bir qancha yillar Yamayka va uning atrofida qaroqchilik qiladi[13]. Bonny erkaklar bilan bir safda janglarda ishtirok etadi. Gubernator Rogers The Boston News-Letterda nashr etilgan „Qidiruvdagi qaroqchilar“ roʻyxatida uning nomini ham tilga oladi.

Qaroqchilarga asir tushgan Dorothy Thomas Read va Bonnyni quidagicha tariflab oʻtadi: „Ular erkaklar kabi kiyinib, kurtkalar, uzun shimlar bilan birga boshlariga roʻmollar bogʻlashgan. Har biri qoʻlida porox va toʻpponcha tutgan edi. Ular (Dorothy Thomasni) oʻldirish uchun odamlarni laʼnatlab qasam ichdilar“[14].

Qoʻlga olinishi

tahrir

1720-yil oktyabr oyida Rackham va uning qaroqchilari Yamayka gubernatori Nicholas Lawesning topshirigʻi boʻyicha Jonathan Barnet boshqarayotgan qoʻshin tomonidan hujumga uchraydi. Rackham qaroqchilari qattiq mast boʻlgani uchun yaxshi jang qilmaydi va qarshilik koʻrsata olmaydi. Ular qoʻlga olinadi va Yamaykaga olib ketiladi. U yerda gubernator Lawes tomonidan sud boʻlib oʻtib, qaroqchilar osishga hukm qilingan[15]. Anne Bonny Yamaykada sud qilinayotganda, Yamaykadagi koʻplab zodagonlar Annening otasi haqida bilishgan va sud jarayoni Annening foydasiga hal boʻlishi kutilgan edi. Ammo uning ketish harakatlari vaziyatni ogʻirlashtirgan va qamoqda qolishiga sabab boʻlgan[9].

Read va Bonny ikkalasi ham homiladorlik sababi bilan rahm-shafqat soʻrab murojaat qilgan[16] va sud bola tugʻilgunga qadar qatlni toʻxtatgan. Read qamoqxonaning oʻzida, ehtimol tugʻruq paytida ogʻir isitma tufayli vafot etgan. Yamaykadagi cherkov daftarida uning dafn etilgani roʻyxatida 1721-yil 28-aprelda vafot etgan „Meri Read, qaroqchi“ deb yozilgan.

Vafoti

tahrir

Bonnyning ozod qilingani haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas va bu borada tahminlarga asoslaniladi. Cherkov daftarida 1733-yil 29-dekabrda Yamaykaning shu shaharchasida sudlangan Anne Bonny dafn etilganligi haqida yozilgan[17]. Charles Johnson 1724-yilda chop etilgan Eng mashhur qaroqchilarning oʻgʻirlanishi va qotilliklarining umumiy tarixi kitobida shunday deydi: „U qamoqxonada yotgan paytigacha ushlab turilgan va keyin bazan berilgan muhlatda ozodlikka chiqib turgan. Keyin nima boʻlganini biz ayta olmaymiz. Faqat shunisi aniqki, u qatl qilinmagan“.

Ommaviy madaniyatda

tahrir

Haykali

tahrir

2020-yilda Londondagi Wapping shahrida Execution Dockda Bonny va Read haykali oʻrnatildi. Keyinchalik, haykalni Devon janubidagi Burgh oroliga koʻchirish rejalashtirilgan[24].

Manbalar

tahrir
  1. „Anne Bonny - Famous Pirate - The Way of the Pirates“. www.thewayofthepirates.com. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  2. „Anne Bonny - Irish American pirate“. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  3. Simon, Ed, Return to Pirate Island, JSTOR Daily, August 4, 2021 with several references
  4. „Anne Bonny and Famous Female Pirates“ (en). www.annebonnypirate.com. Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
  5. The Legend Of Anne Bonny (inglizcha), qaraldi: 2021-08-14
  6. „Anne Bonny | Biography & Facts | Britannica“ (en). www.britannica.com. Qaraldi: 2022-yil 17-fevral.
  7. Rediker, Marcus (1993). "When Women Pirates Sailed the Seas". The Wilson Quarterly 17 (4): 102–110. https://archive.org/details/sim_wilson-quarterly_autumn-1993_17_4/page/102. 
  8. „Anne Bonny – Famous Female Pirate“. www.famous-pirates.com. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  9. 9,0 9,1 Legendary Pirates The Life and Legacy of Anne Bonny . Charles River Editors, 2018.
  10. Bartelme. „The true and false stories of Anne Bonny, pirate woman of the Caribbean“. The Post and Courier (2018-yil 21-noyabr).
  11. Johnson, Charles. The General History of Pyrates. Ch. Rivington, J. Lacy, and J. Stone, 14 May 1724. 
  12. Druett, Joan. She Captains: Heroines and Hellions of the Sea. New York: Simon & Schuster, 2000. ISBN 0684856905. 
  13. Canfield, Rob (2001). "Something's Mizzen: Anne Bonny, Mary Read, "Polly", and Female Counter-Roles on the Imperialist Stage". South Atlantic Review: 50. 
  14. Burl, Aubrey. Black Barty: Bartholomew Roberts and his Pirate Crew 1718–1723. Stroud: Sutton Publishing, 2006 — 147–148 bet. ISBN 978-1846324338. OCLC 852757012. 
  15. Zettle. „Anne Bonny The Last Pirate“. 2019-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Yolen, Jane. The Ballad of the Pirate Queens. San Diego: Harcourt Brace, 1995 — 23–24 bet. 
  17. Bartleme. „A 22-year-old YouTuber may have solved Anne Bonny pirate mystery 300 years after trial“. The Post and Courier (2020-yil 28-noyabr).
  18. Rogozinski, Jan. Dictionary of Pirates. Ware, Hertfordshire: Wordsworth Editions Ltd, 1999 — 33 bet. ISBN 1-85326-384-2. 
  19. Woodard, Colin. The Republic of Pirates. Harcourt, Inc, 2007 — 139, 316–318 bet. ISBN 978-0-15-603462-3. 2020-yil 18-iyunda qaraldi. 
  20. Patten, Dominic (2 April 2017). Fleming, Mike. ed. "'Black Sails' Creators On Tonight's Series Finale & More Possible Pirate Adventures". Deadline Hollywood (Penske Business Media, LLC). https://deadline.com/2017/04/black-sails-spoilers-series-finale-toby-stephens-jon--robert-levine-starz-1202057945/. Qaraldi: 26 March 2018. Anne Bonny]]
  21. „The Ballad of Mary Read and Anne Bonny, by The Baja Brigade“. The Baja Brigade. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  22. „Production of The Women-Pirates Anne Bonney and Mary Read“ (en). Theatricalia. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  23. „The Legend of Anne Bonny“ (2022-yil 5-dekabr). 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  24. „Female pirate lovers whose story was ignored by male historians immortalised with statue“. The Independent (2020-yil 18-noyabr). 2022-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Veb-saytlar