Black Sails (Qora yelkanlar) – New Providence orolida suratga olingan Amerika tarixiy, sarguzasht teleseriali. 1883-yilda yozilgan Robert Louis Stevensonning Xazinalar oroli romani voqealarining avvalgi qismi sifatida ishlangan[1]. Serial Jonathan E. Steinberg hamda Robert Levine tomonidan Starz telekanali uchun yaratilgan. U 2014-yil 18-yanvarda YouTube va u kabi boshqa striming platformalarida, video disklarda bepul onlayn namoyish etilgan. Bir haftadan soʻng 2014-yil 25-yanvarda Kabel televideniesidagi birinchi namoyish ham taqdim etildi[2]. Filmga Steinberg Michael Bay, Brad Fuller va Andrew Formlar ijrochi prodyuser sifatida, Michael Anjeli, Doris Egan hamda Levin esa birgalikda ijrochi prodyuserlik sifatida film ishlab chiqarilishiga hissa qoʻshgan.

Black Sails
Janri
Muallif(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Bear McCreary
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz
Mavsumlar soni 4
Qismlar soni 38 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
Prodyuser(lar)
Joy Cape Town, South Africa
Kinematografiya
Muharrir(lar)
Qism davomiyligi 49–71 minut
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Starz
Translyatsiya davri 25-yanvar, 2014-yil(2014-01-25) — 2-aprel, 2017-yil(2017-04-02)

2013-yil 26-iyulda Starz kanali shouni 2015-yil 24-yanvarda premyerasi oʻtkaziladigan ikkinchi mavsumning oʻn epizodi uchun yangilaydi. Birinchi mavsumning premerasidan olti oy oldin erta yangilanishi San-Diego Comik-Condagi shouga muxlislarning qiziqishlari inobatga olinib, koʻproq shunga asoslanilgan edi[3]. Serialning uchinchi fasli 2014-yil 12-oktabrda yangilandi va 2015-yil 31-iyulda oldingi mavsumlarning premerasidan avval toʻrtinchi fasli qayta yangilandi[4][5]. 2016-yil 20-iyulda Starz tomonidan serialning yakuni toʻrtinchi fasl boʻlishini eʼlon qilindi. Mavsum premyerasi 2017-yil 29-yanvarda oʻtkazildi va serial ishlari 2017-yil 2-aprelda yakunlangan[6][7].

Syujeti

tahrir

Black Sails filmida XVIII asrning boshlarida, Xazinalar oroli romani voqealardan taxminan yigirma yil avval, qaroqchilikning oltin davrida boʻlib oʻtgan voqealar tasvirlangan[1]. Qoʻrqib ketgan kapitan Flint New Providence orolida omon qolish uchun kurashayotgan yosh ekipaj aʼzosini diqqatini tortadi. Birinchi epizod boʻyicha, 1715-yilda Gʻarbiy Hindistonda New Providence orolining qaroqchilari mamlakatdagi dengiz savdosiga jiddiy tahdid soladi. Har bir sivilizatsiyalashgan xalqning qonunlariga koʻra ular butun odamzodning dushmani deb eʼlon qiladi. Bunga javoban, qaroqchilar oʻzlarining doktrinasiga amal qilib, butun dunyoga qarshi urush ochadi. Filmda toʻqima qahramonlardan tashqari haqiqiy qaroqchilardan Anne Bonny, Benjamin Hornigold, Calico Jack, Charles Vane, Edward Low hamda Qorasoqol obrazlari yaratilgan.

Filmning birinchi mavsumi ispan xazinasi Urca de Limani izlash bilan boshlanadi. Ikkinchi mavsum boshida Urca de Lima xazinasi Florida qirgʻogʻida uni himoya qiladigan ispan askarlari qoʻlida qoladi, mavsum oxirida esa xazinani Calico Jack Rackham va uning qaroqchilar jamoasi egallaydi. Ikkinchi mavsumda dengiz qoʻshinlari zobiti, Londonlik zodagon Flint qaroqchilikka qanday va nima uchun qoʻshilgani haqida hikoya qilinadi. Uchinchi va toʻrtinchi fasllar mazmuni kapitan Woodes Rogers qaroqchilari va Britaniya imperiyasi oʻrtasidagi New Providenceni nazorat qilish ustida boʻlib oʻtadigan oʻzaro urushlarga qaratilgan.

Rollarda

tahrir

Ishlab chiqarilishi

tahrir

Serial Janubiy Afrikaning Keyptaun shahridagi Keyptaun kinostudiyasida mahalliy Afrika film ishlab chiqarish kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan[15][16].

Ochilish sarlavhasi loyihasi Imaginary Forces va Michelle Dougherty, Karin Fong rejissiyorligida Battlestar Galactica hamda The Walking Dead seriallari bastakori Bear McCreary tomonidan yaratilgan. Unda oʻsha davrning gʻildirakli lira kabi cholgʻu asboblari aniq keltirilgan[17].

Kemalarga ketadigan chiqim miqdori boʻyicha faqat bitta kemani qurish uchun 300 dan ortiq ishchi safarbar etilgan[18].

Tanqidiy yondoshuv

tahrir

Black seals serialining birinchi mavsumi tanqidchilar fikri boʻyicha turli natijalarni qoʻlga kiritgan. Rotten Tomatoesda mavsum 49 ta sharh natijalariga koʻra oʻrtacha 6,05/10 ball bilan 65% reytingga ega boʻldi[19]. Metacritic mavsumida bittasi 27 ta tanqidchi baholari bilan 100 balldan 58 ballga erishdi, bunda „aralash yoki oʻrtacha sharhlar“ natijasi koʻrsatilgan[20].

The Hollywood Reporter muhbiri Tim Goodman shunday deydi: „Qaroqchilarning bu qahramonlik hikoyasiga qonli va jinsiy aloqa sahnalarida koʻpincha kamroq shoularni egallaydigan pullik kabel erkinliklaridan tashqariga chiqish katta yordam beradi. Film bir necha epizodlardan keyin bu yoʻnalishdan chetlashib, kattaroq va murakkabroq hikoyalar uchun epizod yaratadi[21]“. Los Angeles Times gazetasidan Robert Lloyd shunday deydi: „Black Sails – qaroqchilar xazinasi filmi Starz seriyasida qaroqchilarning kundalik hayotini yorqin ifodalaydi[22]“. Detroit News muhbiri Tom Long filmni quidagicha izohlaydi: „Ittifoqlar tuziladi va yakson boʻladi, hokimiyat almashuvi abadiy qolmaydi, u ham almashadi, qon toʻkiladi va qoʻshnilar bir-birni ovlashda davom etadi. Bu voqealar gʻayrioddiy darajada oʻziga jalb qiladi[23]“. AV klubidan Emili St. James shunday fikr bildiradi: „Black Sails baʼzida chiroyli illyuziya kabi koʻrinsada, ammo u kamdan-kam hollarda bu mavzudan chetga chiqish yoʻlini topa olgan[24]“.

Filmning ikkinchi mavsumi Rotten Tomatoesda 8 ta sharh asosida 100% reytingni qoʻlga kiritgan, oʻrtacha reyting bali 8,7/10 boʻlgan[25]. The New York Times gazetasi muhbiri Neil Genzlinger fikricha: „Starz kanali Spartacus va Camelot filmlaridagi faoliyatidan koʻra, bu filmda koʻproq ogʻir sujetli dramalar formulasini yaratgan. Bu formulani Black Sailsda oʻziga xos mohirlik bilan amalga oshirgan[26].

Toʻrtinchi fasl 10 ta sharh boʻyicha Rotten Tomatoes uchun 80% reyting olgan, oʻrtacha reyting 7,8/10 ni tashkil qilgan. Saytning tanqidiy munozarasida shunday deyilgan: Black Sails shov-shuvli yakuniy mavsumda oʻz oʻrnini egallab, serialning tomoshaga boʻlgan moyilligini saqlab qoladi va bu orqali qoʻpol personajlarni chiroyli tarzda tushintirishga erishadi[27]“.

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Turkum Qabul qiluvchi Mmanbasi
2014-yil 66-premyerasi uchunCreative Arts Emmy mukofoti Sarlavha dizayni Nominatsiya [28]
Asosiy sarlavhali musiqa Nominatsiya
Serial uchun ovoz tahriri Gʻolib
Yordamchi roldagi maxsus vizual effektlar Gʻolib
2015-yil 67-Primyerasi uchun Creative Arts Emmy mukofoi Serial uchun ovoz tahriri Nominatsiya [29]
Maxsus vizual effektlar Nominatsiya
13-yillik vizual effektlar jamiyati mukofoti Vizual effektlarga asoslangan fotoreal/jonli translyatsiya dasturining yordamchi vizual effektlari Nominatsiya [30]
2016-yil Vizual effektlar jamiyatining 14-yillik mukofoti Fotoreal epizoddagi yordamchi vizual effektlar Nominatsiya [31]
Epizod va real vaqtda loyihada yaratilgan muhit Nominatsiya
68- Premyerasi uchun Creative Arts Emmy mukofoti Serial uchun ovoz tahriri Gʻolib [32]
Maxsus vizual effektlar Nominatsiya
2017-yil 15-yillik vizual effektlar jamiyati mukofoti Fotoreal epizoddagi yordamchi vizual effektlar Gʻolib [33]
Epizod va real vaqtda loyihada yaratilgan muhit Nominatsiya
Fotoreal epizodda kompozitsiya Nominatsiya
69-Premyerasi uchun Creative Arts Emmy mukofoti Serial uchun ovoz tahriri Nominatsiya [34]
Maxsus vizual effektlar Nominatsiya
2018-yil 16-vizual effektlar jamiyati mukofoti Fotoreal epizoddagi yordamchi vizual effektlar Gʻolib [35]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Schwartz. „'Black Sails': 'Treasure Island' will hopefully connect, Season 2 being filmed - Zap2it - News & Features“. Zap2it (2014-yil 10-yanvar). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-avgust.
  2. Black Sails: Starz Series Starts January 25th“. TV Series Finale (2013-yil 20-noyabr). 2013-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-noyabr.
  3. Bibel. „'Black Sails' Renewed for Ten Episode Second Season by Starz Months Before Its Premiere – Updated“. TV by the Numbers (2013-yil 26-iyul). 2013-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.
  4. „Black Sails Renewed For Season 3 By Starz!“. Seriable. 2015-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  5. Rawden. „Black Sails Has Been Renewed For Season 4 By Starz“. CinemaBlend. Gateway Media (2015-yil 31-iyul). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-yanvar.
  6. Mitovich. „Black Sails to End With Season 4“. TVLine (2016-yil 20-iyul). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  7. „Black Sails Season 4 Trailer from the New York Comic Con“. ComingSoon (2016-yil 7-oktyabr). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 Anderson, D.M. „BLACK SAILS Ain't Your Daddy's Pirate Tale“. Movie Pilot (2014-yil 30-dekabr). 2016-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  9. Jeffrey, Morgan „Rupert Penry-Jones says Flint's gay romance on Black Sails was cut back“. Digital Spy (2015-yil 6-avgust). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  10. Ferris, Amanda „'Black Sails' Season 3 spoilers: Luke Roberts Cast In Reoccurring Role“. Fashion & Style. IBT Media Inc. (2015-yil 30-oktyabr). — „Roberts is going to play Woodes Rogers, an ex-governor of New Providence Island who uses Eleanor as a way to destroy the pirates and restore commerce to Nassau“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-oktyabr.
  11. TV News Desk. „Starz to Premiere Season 3 of BLACK SAILS, 1/23“. Broadway World (2015-yil 4-noyabr). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  12. Friedlander, Whitney. „'Divergent's' Ray Stevenson Joins Starz's 'Black Sails' as Blackbeard“. Variety. Variety Media, LLC, a subsidiary of Penske Business Media, LLC.. 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
  13. Petski, Denise „'Black Sails' Casts David Wilmot; Jocelin Donahue Joins Crackle's 'Start Up'“. Deadline Hollywood (2016-yil 27-yanvar). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  14. Iacopelli, Jennifer „EXCLUSIVE: Black Sails Character Reveal!“. Fangirlish.com (2017-yil 11-mart). 2017-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  15. Futon Critic (2013-yil 26-iyul). „Starz Embarks on an Early Renewal for Second Season Order of the Original Series "Black Sails"“. Press-reliz.
  16. Goundry. „South Africa's Cape Town Studios prepares for pirate miniseries Black Sails“. TheLocationGuide.com (2012-yil 15-oktyabr). 2015-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  17. Hibberd. „'Black Sails': See the awesome opening credits with theme from 'Walking Dead' composer – EXCLUSIVE“. Entertainment Weekly (2013-yil 30-dekabr). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  18. Starz. „Black Sails: Building the Behemoth“. YouTube. 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
  19. „Black Sails: Season 1“. rottentomatoes.com (2015-yil 24-yanvar). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  20. „Black Sails“. Metacritic. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  21. Goodman. „Black Sails: TV Review“. The Hollywood Reporter (2014-yil 21-yanvar). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-yanvar.
  22. Lloyd. „Review: 'Black Sails' is a pirate treasure“. Los Angeles Times (2014-yil 25-yanvar). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  23. „Critic Reviews for Black Sails Season 1“. Metacritic. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  24. St. James. „Black Sails is a tale of a bloodthirsty pirate bureaucracy“. The A.V. Club (2014-yil 23-yanvar). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-yanvar.
  25. „Black Sails: Season 2“. rottentomatoes.com (2015-yil 24-yanvar). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  26. Genzlinger, Neil. „In 'Black Sails' From Starz, Pirate's Booty Is at Stake“. The New York Times (2015-yil 23-yanvar). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  27. „Black Sails: Season 4“. Rotten Tomatoes (2019-yil 21-iyun). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  28. Wallenstein. „TV Academy Awards Six Interactive Media Emmys“. Variety (2014-yil 13-avgust). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  29. „Creative Arts Emmy Awards Winners“. Television Academy. 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-sentyabr.
  30. Tapley, Kristopher. „'Apes,' 'Big Hero 6' win big at 2015 Visual Effects Society Awards“. Hitfix (2014-yil 5-fevral). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
  31. „'Star Wars,' 'Game of Thrones,' 'The Peanuts Movie' Lead Visual Effects Society Nominations“ (2016-yil 12-yanvar). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
  32. „68th Emmy® Awards Nominations“. Television Academy (2016-yil 14-iyul). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  33. Giardina. „'Rogue One' Leads Visual Effects Society Feature Competition With 7 Nominations As 'Doctor Strange,' 'Jungle Book' Grab 6 Each“. Hollywood Reporter (2016-yil 10-yanvar). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
  34. „69th Emmy® Awards Nominations“. Academy of Television Arts & Sciences (2017-yil 13-iyul). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.
  35. Giardina. „Visual Effects Society Awards: 'Apes,' 'Blade Runner 2049' Lead Feature Nominees“. Hollywood Reporter (2018-yil 16-yanvar). 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.