Xorazmiya – Gʻarbiy Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlat boʻlib, ushbu davlatning qachondan boshlab barpo etilgani noaniq. Uning yuragi hozirgi Turkmaniston va Oʻzbekiston hududidagi keng choʻllar bilan chegaradosh Amudaryo boʻyidagi Xorazm vohasi edi.

Xorazm
miloddan avval VIII asr — 1924



bayrogʻi

1190—1220-yillarda Xorazm imperiyasi.
Poytaxti Kat, Urganch, Xiva
Til(lar)i Xorazmiy, Xorazm-turkiy,
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Meros boʻlib oʻtishi
Xorazm XSR

Tarixi tahrir

Ushbu davlat haqidagi birinchi maʼlumotlar miloddan avvalgi 6-asrda paydo boʻlgan. Xorazmiya zardushtiylik dinining ilk markazlaridan biri edi. Miloddan avvalgi 588-yilda shahar aholisi Zardushtiylik diniga eʼtiqot qilishga kirishgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi boʻlmish „Avesto“da Xorazmiya haqida soʻz boradi. Shuningdek, mamlakat vaqtincha Ahamoniylar imperiyasining poytaxti boʻlgan. Ushbu davlat boshqa Oʻrta Osiyo hududlari qatori Kir II tomonidan bosib olingan[1]. Doro I saroy qurilishi uchun qilingan qoʻlyozma manbada Xorazmiya ham boshqa fors hududlari orasidagi viloyat sifatida koʻrsatilgan. Fors imperiyasining narigi chekkasida, Misrning janubiy chegarasidagi Elefantinda topilgan hujjatda xorazmlik bir askar uchraydi. Hozirga kelib ushbu qadimiy shahardan 400 ga yaqin aholi punktilari qoldiqlari topilgan.

Arxeologiyada ushbu davr antik arxaik davr deb ataladi. Ushbu yodgorliklar miloddan avvalgi 7—4-asrlarga oid[2]. Arxeologlar tomonidan Koʻzaliqir shahri qisman qazib olingan boʻlib, uning maydoni 25 gektar edi va ushbu shahar oʻz saroyiga ega edi. Bu joy 7—6-asr boshlarida gullab-yashnagan. Yana bir arxeloglar tomonidan topilgan shahar Qoʻyqirilgan qal’adir. Topilmalar orasida temir qurollar, koʻplab bronzali kamon oʻqlari va 24 ta yogʻoch idishlar bor[3]. Qalaliqirda miloddan avvalgi 400-yillarga oid saroy topilgan. Bino hech qachon qurib bitkazilmagan, bu esa Xorazmiyadagi ayrim shaharlar binolari qurib bitkazilmay turib Fors imperiyasi qoʻliga oʻtib ketganligini anglatishi mumkin.

Manbalar tahrir

  1. Minardi: Ancient Chorasmia, S. 13–54.
  2. Minardi: Ancient Chorasmia, S. 5.
  3. Minardi: Ancient Chorasmia, S. 69–72.