Apocalyptica
Apocalyptica – violonchellarda metal musiqasini ijro etuvchi finlandiyalik guruh. Guruh uch violonchelchi va bir barabanchidan tashkil topgan va doimiy vokalistga ega emas. Ijodining ilk yillarida mashhur thrash-metal guruhlariga qilgan kaverlari bilan mashhur boʻlgan.
Apocalyptica | |
---|---|
2006-yilning iyul oyida Brusseldagi konsertda | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Helsinki, Finlandiya |
Faoliyat yillari | 1993 — bugun |
Janr | Simfonik metal |
Leybl |
MCA Music, Inc. Zen Garden Mercury 20-20 |
Tarkib |
Eicca Toppinen Paavo Lötjönen Perttu Kivilaakso Mikko Sirén |
Sobiq aʼzolar |
Antero Manninen Max Lilja |
Vebsayt | www.apocalyptica.com |
Guruhning janri koʻpincha simfonik metal deb aytiladi. Koʻp ijodlari instrumental. Bundan tashqari Apocalyptica Slipknot, The Rasmus, HIM, Sepultura, Guano Apes,Rammstein kabi guruhlarning vokalistlarini birga ishlash uchun jalb qilgan.
Tarih
tahrirIjodining ilk yillari
tahrirApocalypticaning birinchi tarkibi toʻrt violonchelchilardan iborat edi: Eicca Toppinen, Max Lilja, Paavo Lötjönen, Antero Manninen. Yoshlar birga konservatoriyada oʻqir edilar va „heavy metal“ muhlislari edilar. Max Lilja eslaydi:
Biz, Apocalyptica musiqachilari, 10 yildan ko'p vaqtdir bir-birimizni bilamiz. Bir necha martta musiqachilar yoz lagerlarida uchrashar edik. Metallicani chalishni boshlashdan oldin biz Jimi Hendrix va shuning kabilarning musiqalarini 2-3 ta violonchellarda chalar edik. Ularda chalish fikri g'alati va ajoyib edi. Biz hammamiz og'ir musiqa muhlislarimiz, Metallica esa bizning eng yahshi ko'rgan guruhimiz. 1993-yilning yozi edi. Biz bir yoz lageri uchun ko'ngil ochar dastur tayyorlayotgan edik va tinglovchilarga ajoyib bir narsa taklif qilmoqchi edik. Shunday qilib do'stlarimiz uchun bir chuft metal qo'shiqlarini ijro qilmoqchi bo'ldik. Tan olishim kerakki, o'shanda juda yahshi vaqt o'tkazgan edik. Undan tashqari ma'lum bir muvaffaqiyatga ham ega edik.
Bu chiqishdan keyin musiqachilarda ogʻir musiqa eksperimentlariga jiddiy yondashish fikri uygʻondi. Ular ikki martta oʻz akademiyalarida sahnaga chiqdilar. Keyinchalik kvartet boʻlganlaridan soʻng Helsinki rock-klublarida ham sahna ola boshladilar.
Guruh nomi esa „Apokalipsis“ soʻzi bilan Metallicadan olingan.
1995-yildan boshlab Apocalyptica katta maydonlarda sahna ola boshlaydi. Konsertlariga kelayotgan tinglovchilar soni 1 yildan keyin ellik mingga chiqadi. Finlandiya boʻyicha qilingan Metallica turi davomida kvartet sevimli guruhlari konsertini „qizdirish“ uchun taklif qilinadi.
Kaverlar zamoni
tahrirOʻsha yilning dekabr oyida Zen Garden Records firmasi Apocalypticaga Metallica qoʻshiqlaridan iborat albom chiqarishni taklif qildi. Apocalyptica Plays Metallica by Four Cellos albomi oʻsha yili, yaʼni 1996-yil chiqdi. Albomdagi ikki qoʻshiq Your Friends and Neighbours nomli amerikan filmida ishlatilgan.
1998-yil Apocalyptica Inquisition Symphony albomini yozishga kirishdilar. Albom Metallica, Sepultura, Pantera, Faith No More guruhlarining qoʻshiq kaverlari va Eicca Toppinen yozgan bir qancha bastalardan iborat edi. Albom katta reytingli sotishlar bilan qarshilanib olindi. Finlandiya albom sotish chartida birinchi oʻntalikka kirdi. Harmageddon va Nothing Else Mattersga klip olindi.
Bundan tashqari Apocalyptica Heiland va Waltari guruhlarining albomlarini yozishda, Leningrad Cowboysning ikki ishtirokchisining solo proyektida ishtirok etdilar. O Holy Night nomli mashhur rojdestvo qoʻshigʻini oʻz sharhlarida chiqardilar. 2000-yilning boshida Apocalyptica Bush nomli granj guruhining Letting the Cables Sleep nomli singlida ishtirok etdilar. Bu trekni yozishda guruh birinchi martta toʻliq simfonik orkestrdan foydalandilar.
Apocalyptica albomi chiqgach guruh oʻqish va ishni tashlab yana gastrollarga chiqdilar. 2 yil ichida Apocalyptica Yunoniston, Polsha, Bolgariya, Litva va Meksikada boʻldilar. Ularning konsertlari ikki ming kishilik zallarda oʻtqazildi. 1999-yilning yozida guruh Gollandiyada boʻlib oʻtgan Dynamo Open Air metal-festivalida 30 000 kishi qarshisida sahnaga chiqdilar. 2000-yil Sankt-Peterburg va Moskvaga ham keldilar.
Cult albomi
tahrir2000-yil oktyabr oyida uchinchi albomlari – „Cult“ chiqdi. Albomda deyarli hamma bastalar Eicca Toppinen tomonidan yozilgan edi. Shuningdek albomda Metallicaning ikki kaveri va Edvard Griegning „Tog' qirolinining g'orida“ pyesasining sharxi bor edi. „Cult“ albomini yozishda bir vaqting oʻzida 80 gacha violonchellar ishlatildi. Albomdagi Hope qoʻshigʻi Matthias Sayer (Farmer Boys) bilan aytildi. Qoʻshiq Vidocq filmiga saundtrek boʻldi. Albomni qoʻllab quvvatlash maqsadida Sandra Nasic (Guano Apes) bilan „Path“ singli chiqarildi. Qoʻshiqga ikkita klip olindi (instrumental va vokal versiyalarida).
2001-yil Apocalypticaning 2000-yil oktyabrda Myunhendagi chiqishi DVDsi chiqarildi. Shuningdek diskga olti video klip va bir bonus-trek: 1999-yil Varshavada jonli chalingan „Little Drummerboy“ bastasi kiritildi.
2002-yilning boshlarida guruh aʼzolarining oʻrtasidagi nizolar natijasida Max Lilja guruhdan ketdi. 2003-yil Maksidromda sahnaga Antero Manninen va Mikko Sirén chiqdilar. Hozirda ular jonli ijrolarda qatnashadilar.
Reflection albomi
tahrir2003-yilning mart oyida Eicca yozgan bastalardan iborat „Reflections“ albomi chiqarildi. Albomdagi uchta bastani Perttu yozadi. Besh bastani yozishda Slayer guruhining barabanchisi Dave Lombardo ishtirok etti. Kuzda CD va DVDdan iborat „Reflections“ – „Reflections Revised“ Maxsus nashri chiqarildi.
2003-yil bir qancha rock festivallarda qatnashdilar. Shuningdek Meksikada konsert berdilar. Avgustda Berlinda Viva Overdrive shouida Sandra Nasić bilan „Path“, Linda Sundbald („Lambretta“) bilan „Faraway“ qoʻshigʻini ijro qildilar.
2004-yilning boshlarida Apocalyptica turli proyektlar ustida ish olib borayotgan edilar. Perttu Helsinki filarmonik orkestri bilan konsert uchun Argentina va Braziliyada boʻldi. Paavo dars berishni davom ettirdi. Eicca „Sheet-music“ proyekti ustida ishladi. Bular bilan bir qatorda yilning birinchi yarmida yangi, beshinchi albom ustida ishlandi. Avgust-sentyabrda guruh Yevropadagi bir qancha festival va shoularda qatnashdi (Heitere Open Air, Highfield Open Air, Metal Camp, Huntenpop va h.k).
Apocalyptica albomi
tahrir2005-yilning yanvar oyida beshinchi albom – „Apocalyptica“ chiqarildi. Albomga birinchi martta vokalli treklar kiritildi – „Life Burns“, „Bittersweet“, „En Vie“ va „Betrayal/Forgiveness“. Oldinlari vokalli bastalar faqatgina singl holida chiqarilar edi. Qoʻshiqlarni yozishda Lauri Ylönen (The Rasmus), Ville Valo (HIM) kabi fin vokalistlari va fransuz qoʻshiqchisi Emmanuelle Monet (Manu) ishtirok etdilar. Albomdagi qoʻshiqlarni yozishda yana Dave Lombardo ishtirok etdi. Albomni qoʻllab quvvatlash uchun Bittersweet, Wie Wiet va Life Burns singllari chiqarildi. Har uchiga ham klip olindi. Bittersweet qoʻshigʻi „Die Siedler: Das Erbe Der Konige“ deb nomlangan kompyuter oʻyiniga asosiy musiqiy tema boʻldi.
Apocalyptica albomini qoʻllab quvvatlash uchun dunyoviy turga chiqildi. Mart oyida birinchi martta AQSh va Janubiy Amerikaga bordilar, shuningdek u yerda Rammstein bilan ham sahnaga chiqdilar. 2005-yilning oʻzida Yevropa va Amerikaning oʻnlab mamlakatlarida 150 tadan koʻproq shoular oʻynaldi. Noyabr oyida guruh Rossiyaning har hil shaharlarida konsertlar berdi.
Worlds Collide albomi
tahrirOldin singl xolida chiqarilgan vokalli qoʻshiqlar 2006-yil Amplified: a Decade of Reinventing the Cello termasiga kiritildi.
2007-yil Apocalyptica Worlds Collide albomini chiqardi. Albomni yozishda Till Lindemann (Rammstein), Corey Taylor (Slipknot), Cristina Scabbia (Lacuna Coil) kabi vokalistlar, shuningdek barabanchi Dave Lombardo (Slayer) va gitarist Tomoyasu Hotei ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrir- Eicca Toppinen – Violonchel (1996–hozirgacha)
- Paavo Lötjönen – Violonchel (1996–hozirgacha)
- Perttu Kivilaakso – Violonchel (2000–hozirgacha)
- Mikko Sirén – Baraban (2005–hozirgacha)
Sobiq tarkib
tahrir- Antero Manninen – Violonchel (1996–2000, Lilja guruhdan ketgandan beri jonli ijrolarda guruh bilan birga chiqadi)
- Max Lilja – Violonchel (1996–2002)
Sessiyaviy ishtirokchilar
tahrirDave Lombardo (Slayer guruhidan) – Baraban (2003–2004)
Mehmon musiqachilar
tahrir- Adam Gontier (Three Days Grace guruhi) („I Donʼt Care“)
- Corey Taylor (Stone Sour/Slipknot guruhlari) („I’m not Jesus“)[1]
- Cristina Scabbia (Lacuna Coil guruhi) („SOS (Anything But Love)“)[2]
- Dave Lombardo (Slayer guruhi) („Last Hope“, „Betrayal/Forgiveness“)
- Emmanuelle Monet (Dolly guruhi) („En Vie“)
- Lauri Ylönen (The Rasmus guruhi) („Life Burns!“, „Bittersweet“)
- Linda Sundblad (Lambretta guruhi) („Faraway Vol.2“)
- Marta Jandová (Die Happy guruhi) („Wie weit“ / „How Far“)
- Mats Levén (Therion, Krux guruhlari) („SOS“, „I Donʼt Care“)
- Matt Tuck (Bullet for My Valentine guruhi) („Repressed“)
- Matthias Sayer (Farmer Boys guruhi) („Hope Vol.2“)
- Max Cavalera (Soulfly, ex-Sepultura guruhlari) („Repressed“)
- Nina Hagen („Seemann“)
- Sandra Nasic (Guano Apes guruhi) („Path Vol.2“)
- Till Lindemann (Rammstein guruhi) („Helden“)
- Tomoyasu Hotei[2] („Grace“)
- Ville Valo (HIM guruhi) („Bittersweet“)
Qiziqarli maʼlumotlar
tahrir- Studioda ishlayotganda guruh juda qimmatbaho asboblarni ishlatadilar. Konsertlarda esa arzonroq asboblardan foydalanadilar.
- Apocalyptica Eurovision 2007 ga taklif qilingan mehmonlardan edi. ovoz hisoblanilayotgan vaqt sahnaga chiqganlar.
Diskografiya
tahrirStudiyaviy albomlar
tahrirMuqova | Reliz sanasi | Nomi |
1996 | Plays Metallica by Four Cellos | |
1998 | Inquisition Symphony | |
2000 | Cult | |
2003 | Reflections | |
2005 | Apocalyptica | |
2007 | Worlds Collide | |
2010 | 7th Symphony | |
2015 | Shadowmaker | |
2020 | Cell-0 | |
2024 | Plays Metallica Vol. 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Apocalyptica – Tony Petrossian, director, 2007-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20
- ↑ 2,0 2,1 arxiv nusxasi, 2007-10-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Apocalyptica mavzusiga oid fayllar bor. |
Apocalyptica |
Hozirgi tarkib: Eicca Toppinen | Paavo Lötjönen | Perttu Kivilaakso | Mikko Sirén |
Sobiq tarkib: Antero Manninen | Max Lilja |
Diskografiya |
---|
Studiyaviy albomlar: Plays Metallica by Four Cellos | Inquisition Symphony | Cult | Reflections | Apocalyptica | Worlds Collide | 7th Symphony | Shadowmaker | Cell-0 | Plays Metallica Vol. 2 |
Singllar: Apocalyptica | Harmageddon | Path Vol.2 | Hope Vol.2 | Faraway Vol.2 | Seemann | Bittersweet | Wie weit/How far/En Vie | Life Burns! | Repressed | I'm Not Jesus |
Termalar: Best of Apocalyptica | Amplified – A Decade of Reinventing the Cello |
DVD: Live | Reflections Revised | The Life Burns Tour |