Arabiston choʻliAfrikadagi choʻl. Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligʻida. 22° sh.k.gacha choʻzilib borib, Nubiya choʻliga qoʻshilib ketadi. Yer yuzasi yassitogʻlik. Mutlaq balandligi gʻarbda 50 – 200 m, sharqda 2184 m ga yetadi. Kri-stall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yogʻin bir necha yillar davomida yogʻmasligi mumkin. Quruq oʻzan, vodiy koʻp. Yer osti suvlariga boy. Oʻsimlik turi kam (asosan akatsiya, yulgʻun, xurmo va boshqa oʻsadi). Aholisining koʻpchiligi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil