Atonallik

musiqiy asarning aniq bir ladda boʻlmasligi

Atonal musiqa yoki atonallik (grekcha: „a“ – inkor qoʻshimchasi va „tonal“ – ton) musiqiy asarning aniq bir ohangda, yaʼni maʼlum bir ladda boʻlmasligidir[1][2]. Aniqrogʻi musiqaning lad asosini inkor etish bilan bogʻliq keng maʼnodagi atama.


\layout { \context { \PianoStaff \accidentalStyle dodecaphonic } }
\new PianoStaff <<
  \new Staff \fixed c' { r2 <a e' g' b'>2~ | 4 <a, dis gis>2. | \bar "|." }
  \new Staff { \clef bass gis,4 eis,2.~ | 1 }
>>
Arnold Schönbergning „Das Buch der hängenden Gärten“ asari Op. 15/1 ning yakunlanishi, tonal musiqaning garmonik va kontrapunkt cheklovlarisiz, tonal musiqada „gʻayrioddiy“ deb hisoblangan akkordni taqdim etadi.

Ilk bor avstriyalik skripkachi va kompozitor Rudolf Kolisch (1896–1978) tomonidan aynan skripkada noaniq ijroga nisbatan qoʻllangan. Musiqa sanʼatining ob’ektiv asoslarini, musiqiy hamohangliklar tabiatini va garmoniya qonunlarini inkor etadi. Tovushlarning ixtiyoriy birikmalari yoki muayyan kompozitsiya tizimlari (masalan, dodekafoniya qoidalari) bilan almashtiradi[3].

Atonallik yoʻnalishidagi musiqa, kishining tabiiy ovozda aytadigan qoʻshiqlari va musiqa sadolariga asoslanmasdan, turli balandlikdagi tartibsiz tovushlardan tuzilgan akkordlar hamda maʼnosiz bogʻlanishdagi tovushlar yigʻindisidan iborat (baʼzida matematik munosabatlar zaminida yuzaga kelgan) boʻladi[1][2].

1920–1930-yillarida avstriyalik Arnold Schönberg, Josef Matthias Hauer, A. Veberi, Berg Alban va Nikolai Roslavets (SSSR) kabi kompozitorlar ijodida atonallik dodekafoniya va seriya texnikasi kabi muayyan qoidalar asosida tartibga solingan. Shu tarzda koʻplab mamlakatlarga tarqalgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. 2,0 2,1 2,2 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. "Atonallik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir