Avloniy (film)
Avloniy — ilk marotaba oʻzbek jadid arboblari toʻgʻrisida suratga olingan tarixiy dramasi[1]. Muzaffar Erkinovning 1919-yilda oʻzbek va sovet diplomati, dramaturgi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Abdulla Avloniyning Afgʻonistondagi missiyalari togʻrisida hikoya qiladfi. Film 2020-yilda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga koʻra „Ramz Film“ kompaniyasi tomonidan suratga olingan[2].
Avloniy | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Muzaffar Erkinov |
Ssenariynavis(lar) |
Tohir Malik Muqaddas Usmonova |
Rollarda |
Alisher Yo‘ldoshev Muhammadali Abduqunduzov Matyoqub Matchonov Abror Yoʻldoshev Javohir Zokirov Tohir Saidov |
Bastakor(lar) | Abulqosim Muinzoda |
Kinematografiya | Ravshan Mirzakamolov |
Studiya(lar) | “Ramz Film” kompaniyasi |
Davomiyligi | 140 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Film haqida
tahrirFilm yaratilishiga asos boʻlgan motiv bu Tohir Malikning „Qaldirgʻoch“ asari boʻlgan. U sujet davomida Avloniyning 1919-yilda Afgʻonistonga diplomatik safari haqidadir. Loyihaning suratga olish jarayonlari avgustda tugatildi. Pavilionlar esa Xorazm, Qoraqalpogʻiston Qoʻqon shaharlarida boʻldi. Xususan, 20 dan ziyod dekoratsiya: jumladan, 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tayyorlangan[3]. Film premyerasi 2019-yil 12-dekabrda boʻlib oʻtdi[4]
Syujeti
tahrir1919-yil Afgʻonistonning islohotchi amiri Omonullaxon (Hamza Hasanov) Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni muvozanatlash uchun endigina qurilayotgan SSSRga murojaat qiladi. Moskva darhol Nikolay Bravin (Abror Yoʻldoshev) boshchiligidagi diplomatik missiyani tayyorlaydi, shuningdek, boshqa elchi — mahalliy tilni biladigan, lekin bolsheviklarga sodiq ziyoli sifatida yuborishga qaror qiladi. Tanlov muzokaralarda Turkiston Muxtor Respublikasi vakili boʻlishi kerak boʻlgan jadidchi Abdulla Miravlonov yoki Avloniy (Alisher Yoʻldoshev) zimmasiga tushadi. Ayni paytda Afgʻoniston amiri bilan uchrashish uchun inglizlar bilan shartnoma tuzgan Samarqandning eski hokimiyat vakillari ham yuboriladi. Qonli poyga boshlanadi, uning davomida Avlaniy sharoit bosimi ostida oʻzgara boshlaydi. Kommunistik partiya gʻoyalariga ishongan va mintaqa kelajagini shu asosda qurishga umid qilgan maʼrifatparvar uzoq taradduddan soʻng oʻz tamoyillaridan voz kechib, siyosatga yuzlandi. Biroq, bolsheviklar bilan hamkorlik tajribasi, xususan, Afgʻonistonga safari uni hafsalasi pir qildi. Avloniy siyosat bilan shugʻullanmay, qolgan umrini ijodga bagʻishladi.
Ijodiy guruh
tahrir- Postanovkachi rejissyor: Muzaffar Erkinov
- Ssenariy muallifi: Tohir Malik
Muqaddas Usmonova - Postanovkachi operator: Ravshan Mirzakamolov
- Kompozitor: Serj Marshel
- Rassom: Qahramon Matkarimov
- Liboslar ustasi: Nigora Poʻlatova
- Grimchi-rassom: Mahbubat Isanova
- Dikorator-rassom: Sodiq Masharipov
- Montaj ustasi: Dilshod Ibragimov
- Bastakor: Abulqosim Muinzoda
Manbalar
tahrir- ↑ „“Avloniy” filmi uchun 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tikildi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ „“Авлоний”“. https://old.uzbekkino.uz/uz.html. O'zbekkino. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ „“Avloniy” filmi uchun 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tikildi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ „Авлоний (2019) – кино, описание, афиша“. https://www.afisha.uz/ru. Afisha.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2023-02-20 sanasida arxivlangan)