Bandixonqishloq. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani markazi. Tuman hududining anubiy-gʻarbida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qumqoʻrgʻondan 30 km, Termizdan 100 km shimolda. Qishloq yaqinidan Oqqopchigʻay arigʻi oʻtgan. Aholi uchun ichimlik suvi magistral quvur orqali Xoʻjaipok daryosidan keltiriladi. Aholisi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi[1].

Bandixon
qishloq
37°51′18″N 67°23′44″E / 37.85500°N 67.39556°E / 37.85500; 67.39556
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Bandixon tumani
Aholisi
10 110
Vaqt mintaqasi UTC+5
Bandixon xaritada
Bandixon
Bandixon
Bandixon qishloqlaridan lavhalar

Bandixonda tarixiy-arxeologik yodgorliklar — Bandixontepa I, II, Kindiktepa, Gʻozimullatepa, Yalangtoʻshtepa va yana bir nomsiz tepa hamda Xonbandi toʻgʻoni qoldiqlaridan iborat majmua mavjud. Bular mukammal oʻrganilmagan. Bandixontepa I shahar harobasi boʻlib, maydoni 1,5 ga; topilgan tosh uy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari miloddan avvalgi 2ming yillik oxiri va 1 - ming yillik boshiga oid. Bandixontepa II shahar harobasining maydoni 10 — 12 ga; undan topilgan paxsa devor qoldigʻi, jom, xum va qadahlar miloddan avvalgi 650 — 450 y.larga mansub. Kindiktepa (maydoni 140 x 30 m) va Fozimullatepa (maydoni 50 x 25 m)dan topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari axomaniylar davri (miloddan avvalgi 558 — 330)ga toʻgʻri keladi. Yalangtoʻshtepa shahar harobasi (maydoni 10 ga)dan topilgan terrakota gʻaykalcha va idish-tovoq boʻlaklari antik davr va ilk oʻrta asrlarga oid. Nomsiz tepa oʻrnida qandaydir mudofaa inshooti boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Xonbandi toʻgʻoni 16 — 17- alarda pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, eni 30 – 35 m keladi. B. yodgorliklari Oʻzbekistonning meʼmorlik, hunarmandchilik va dehqonchilik madaniyati tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Manbalar

tahrir
  1. "Bandixon (qishloq)" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil