Boyqoʻngʻir (kosmodrom)

(Bayqonurdan yoʻnaltirildi)
Boyqoʻngʻir Kosmodromi
Nomi: Boyqoʻngʻir, Baikonur
Asl atamasi: qozoqcha: Байқоңыр
Mamlakat: Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Joylashuvi: Qiziloʻrda Viloyati
Asos solingan: 2-iyun, 1955-yil

Boyqoʻngʻir (qozoqcha: Байқоңыр), Boyqoʻngʻir kosmodromi 6717 km 2 joyga ega boʻlgan dunyoning birinchi va eng yirik aerokosmodromi[1]. Bu hudud Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi Kazalinsk shahri va Jusali shaharchalari orasida joylashgan. Boyqoʻngʻir shahri va Boyqoʻngʻir kosmodromi birgalikda Boyqoʻngʻir nomi bilan yuritiladi. Boyqoʻngʻir shahri 2050-yilgacha Rossiya Federatsiyasiga Qozogʻiston hukumati tomonidan foydalanish tartibi bilan ijaraga berilgan. Ushbu joyni ijarada foydalanishi hamda kosmodrom ekspluatatsiyasi uchun Rossiya hukumatiga yiliga 5 mlrd. rublga (Boyqoʻngʻirda ijarada turish qiymati yiliga 115 mln. AQSh dollari bu 3,5 mlrd. rubl atrofida, Rossiya Dumasi fazo jismlariga asoslangan raketalarni qoʻllab-quvvatlashiga 1,5 mlrd. rubl atrofida mablagʻ sarflaydi) tushadi. Bu esa Roskosmos jamiyatining hazinasini 2012-yilgi byudjet koʻrsatkichlariga asosan 4,2 % mablagʻini tashkil qilgan. Bulardan tashqari Rossiya federal byudjetidan Boyqoʻngʻir shahar byudjetiga yiliga 1,16 mlrd. rubl (2012-yilgi koʻrsatkich) miqdorida mablagʻ ajratiladi[2].[3]. Umumiy jihatdan shahar va kosmodromdan erkin foydalanish tartibi Rossiya Dumasi uchun oʻzining federal gʻaznasidan yillik 6,16 mlrd. rubl mablagʻ sarflanadi. Boyqoʻngʻir kosmodromi 2012-yilda 21 raketa fazoga qoʻyib yuborilgan va eng koʻp fazo jismlarini orbitaga uchirish sababli dunyoda yetakchilik qilmoqda (ikkinchi oʻrinda AQShning Mis Kanaveral kosmodromi tomonidan yiliga 10 raketa uchirilgan).

U-2 Photograph of R-7 Launch Pad in Tyura-Tam.

Tarixi tahrir

Vodorod qorishmalaridan tayyorlangan portlovchi bombalarni eltish uchun va kelajakda prototip dasturiga asoslangan insonni samoda uzoq vaqt parvozi sifatida foydalaniladigan kontinetlar aro harakat qila oladigan R-7 ballistik raketasini yaratish uchun yangi va keng poligon (ruscha: - asl mohiyatidagi maʼnosi ruslarda yirik tadqiqotlarni amalda sinab koʻrish uchun ajratilgan keng maydon shunday atalgan) zarur edi. Sovet Ittifoqi raketalari avvalari Astraxan viloyatida joylashgan Kapustin Yar habiy raketalar uchirish poligonida amaliy ishlarini bajarishgan. Shunga qaramasdan Sovet Ittifoqi hukumatining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan 1954-yilda yirik poligon qurish maqsadida har bir odam yashamaydigan hududlarga oʻzining tegishli kommisiyalarini yuborishadi. Sovet Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan quriladigan poligon ushbu hususiyatlarga ega joy boʻlishi kerak edi[4], bular:

  • Qishloq- hoʻjaligini ishlab chiqarish eri sifatida kam foydalanilgan kam aholiga ega boʻlgan joylar (raketalar uchirish tadqiqotlari keng maydonda amaliyotdan oʻtishi bois yirik aholi yashaydigan hududlar ustidan uchib oʻtishi man qilingan edi).
  • Poligonga har hil katta yuklar eltish va raketalarning qismlarini tashish uchun yirik Temiryoʻl magistrallariga boy joy boʻlishi zaruriyatilariga ega joylar.
 
26- mart 2009-yil Gagarin sharafiga atalgan Gagarin nomli raketa uchirilishga hozirlanmoqda.[5]
  • Raketaning uchishiga va qoʻnishi uchun ajratilgan maydon kamida 7000 km. atrofidadagi joy.

Ilmiy tadqiqotchilar bir necha joylarni qurilish tartibiga mos hudud deb topishgan, bular Mariya Avtonom Respublikasi,Dogʻiston,Astrahan viloyati hamda Qizil- Oʻrda viloyatidir. Tadqiqotchilar birgina asosiy muammo bilan R-7 raketasini radio boshqaruv sitemasini boshqarishga er ustida uchta radio toʻlqinli yoʻnalish beraoladigan yaʼni:

  • 150 km. va 250 km. masofasida har tomondan ikki simmetrga ega uchirilish maydoni.
  • Uchirilish va raketa erkin havoga koʻtarilish uchun 200 km.dan 500 km.ga qadar keng parvoz trassasi.

Olimlar Mariya oʻlkasidagi qalin oʻrmonlarga favqulodda yongʻin ketishi, Dogʻistondagi togʻlarning tortishish harakati, Astrahan viloyati esa Kaspiy dengizi sohillariga yaqinligi havflarini takidlashishgan. Tadqiqotchilar tomonidan bunday sharoitlar mosuvo boʻlgan qariyb oʻzidan 800 km. atrofda tayinli aholi yashamaydigan va bir yoni Orol dengiziga, bir yoni Oʻrta Osiyoning yirik Sirdaryo sohillariga yaqin,Moskva- Toshkent temir yoʻli[6] oʻtgan hamda Qozogʻistonning yirik boʻshligida joylashgan Qiziloʻrda (viloyat)i tanlanadi. 12-fevral 1955-yili Kommunistik partiyasining markaziy qoʻmitasi va Sovet Ittifoqi vazirlar mahkamasi birgalikda 292 va 118 sonli qarorlarida Sovet Ittifoqi mudofa vazirligining raketa tehnikalarini oʻrganishi uchun № 5 ilmiy tadqiqot oʻtkazish poligoni qurilishi borasida qaror chiqariladi. Poligon qurilish nuqtasi uchun Qozogʻistonning Qiziloʻrda (viloyat)idagi Kazalinsk va Jusali shaharlari orasida Moskva-Toshkent temir yoʻli oʻtgan atrofni (1954-yilda bir guruh topograflar va geologlar koʻrigidan oʻtgan) tanlanadi va 1955-yilning birinchi yarmida ushbu tuman barcha sharoitlarga moslashtiriladi. General-mayor G.M.Shubnikov boshchiligi ostida kosmodrom qurilishiga maʼsul etib tayinlangan va birinchi harbiy quruvchi otryad 1955-yilning 12-yanvarida Tera-Tam stansiyasiga olib kelinib joylashtiriladi. Poligon ustidagi qurilish ishlari 1955-yilni ikkinchi yarmi qish mavsumida boshlanib, avvaliga quruvchi harbiylar chodirlarda yashashgan keyinchalik 5-may 1955-yilda Sirdaryo sohillari qirgʻogʻida birinchi Zarya nomli yashash shaharchasi bunyod etilgan. Huddi shu kun 5-may 1957-yili mahsus komissiya poligonni birinchi uchirish maskani sifatida qabul qildi va 6-mayda birinchi fazo kemasi R-7 ballistik raketasi ushbu maskanga oʻrnatiladi. Beshinchi ilmiy tadqiqot markazi poligoni qurilgani sifatida va shtab poligonidagi harbiy boʻlinmalari 11284 dona, poligonda raketalarni fazoga uchirilish boshlanganda 527 injener va 237 tehnik mutaxasislar, jami shu davrda harbiy hizmatchilar 3600 nafarga etgani bois Qoʻmondonlik shtabi taʼsis boʻyicha Boyqoʻngʻir kosmodromining tugʻilgan kuni 2-iyun 1955-yil deb xisoblanadi. Amerika razvedkasi tomonidan 1957-yilning 5-avgustidagi Lockheed U-2 raketasi Sovet Ittifoqi hududi ustida uchirilganligi bois Sovet Ittifoqi raketa uchirish poligoni joylashgan nuqta aniqlanib tez orada Gʻarb mamlakatlari orasida maʼlum boʻlgan. 1957-yildan to 1990-yillar boshlarigacha ushbu poligonni Gʻarb manbalarida Tyuratam yaqin temiryoʻl stansiyasi nomi bilan keltirilgan[7].

Kosmodromning tarihidagi muhim kunlar jamlanmasi tahrir

 
  • 12.01.1955. Tera-Tam hududi atrofiga bir guruh harbiy quruvchilar olib kelinib va qurilish nuqtasi aniqlandi. Boyqoʻngʻir shaharchasi qurilishi boshlanishi.
  • 12.02.1955. Sovet Ittifoqi vazirlar mahkamasi tomonidan kontinentlar aro harakat qilaoladigan raketa uchirilishiga moslangan poligon qurilish borasidagi muammolar qoʻyildi.
  • 20.07.1955. Birinchi uchish maydonchasini qurilish ishlari boshlandi.
  • 04.10.1957 Dunyoda birinchi tehnika saʼnati sifatida etirof etilgan erning atrofida R-7 sunʼiy yoʻldoshi yordamida 22 soatu 28 minut harakat qildi.
  • 29.01.1958 Poligon joylashgan Zarya shaharchasi Leninsk nomiga oʻzgartirildi.
  • 29.07.1960 Poligon hayati R-7 raketasining muvaffaqiyatli uchirilganligi bois Sovet Ittifoqi oliy maslahat prezidiumi tomonidan Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlandi.
  • 03.08.1960 Sovet Ittifoqi mudofa vazirligi tomonidan 2-iyun poligonga asos solingan kun sifatida SSSR davlat bayramlari qatorida nishonlanishi qayd qilindi.
  • 12.04.1961. Yuriy Gagarin tomonidan amalga oshirilgan 9 soatu 7 minutlik insonning birinchi marotiba fazodagi parvozi.
  • 09.05.1962 Sovet Ittifoqi oliy maslahat prezidiumi tomonidan Fazogirlar kuni joriy qilingan.
  • 08.05.1965 Sovet Ittifoqi oliy maslahat prezidiumi koʻrsatmasi tomonidan poligon Lenin ordeni bilan mpukofotlangan.
  • 16.06.1965 Proton nomli raketa ilk marotiba fazoga qoʻyib yuborildi.
  • 21.06.1966 Qozogʻiston oliy mahkamasining koʻrsatmasi tomonidan Leninskiy shaharchasi Lenin shahri nomiga oʻzgartirildi.
  • 27.10.1967 Tsiklon raketasi samoga uchirilgan.
  • 15.01.1971 Poligon Sovet Ittifoqi oliy maslahat prezidiumi tomonidan oktabr Inqilobi ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1980-yil Lenin shahri markazida Soyuz raketasining maketi oʻrnatildi.
  • 20.02.1986 Mir nomli orbitada nazorat qilish uskunasi koinotga chiqarib yuborilgan.
  • 15.05.1987 Energiya nomli raketa koinotga uchirilgan.
  • 1993-yilning iyul oyida Qozogʻiston milliy aerokosmik agentlik boshqarmasi yaratildi.
  • 20.12.1995 Qozogʻiston Respublikasi prezidenti koʻrsatmasiga koʻra Leninsk shahri Boyqoʻngʻir nomiga oʻzgartirildi.
  • 1.02.1999 Zarya nomli yuk raketasi er orbitasi atrofida Halqaro fazoviy stansiya qurilishi uchun koinotga chiqarildi.

Muhim hodisalar tahrir

 
Soyuz TMA-16 raketasi transport yordamida Boyqoʻngʻirga olib kelinmoqda.
 
Proton-K va „Zvezda“ nomli modullar orbitaga chiqarilmoqda. NASA tasviri
  • 15-may 1957-yil kontinentlar aro harakat qila oladigan R-7 ballistik raketasi uchirilgan lekin parvoz muvvaffaqiyatsiz 400 km. masofaga parvoz etib yerga qulagan.
  • 21-avgust 1957-yil R-7 raketasi parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
  • 4-oktabr 1957-yil Sputnik nomli dunyodagi birinchi yerning sunʼiy yoʻldoshi orbitaga chiqarildi. Uning ogʻirligi 83,6 kilogrammni tashkil qilgan.
  • 1959-yilning kuz mavsumida birinchi bor Oyga Luna 2 suʼniy yoʻldoshi orqali uskunalar yetkazildi.
  • 19-avgust 1960-yil — Oq va Kulrangli itlar ilk marotiba „Sputnik-5“ raketasida uchirildi. 17-martalik erning atrofida aylanish hodisasidan soʻng raketa erga butunligicha qoʻnib ichidagi itlar tirik qaytishgan.
  • 24-oktabr 1960-yili kosmodromda „R-16“ ballistik raketasini uchishga urinish chogʻida yirik halokat sodir boʻlgan buning natijasida yongʻin chiqib yoqilgʻidan zaharlanib 78 nafar inson halok boʻlgan boʻlib ushbu halok boʻlganlar orasida RVSN bosh qoʻmondoni Mitrofan Nedelin ham halok boʻlgan.
  • 12-aprel 1961-yili kosmodromdan va dunyodan birinchi marotiba „Vostok-1“ — fazo kemasi odam ishtirokida (Yu. A. Gagarin) erning oʻz oʻqi atrofida 1 soatu 48 minut muvaffaqiyatli parvoz amalga oshirilib Saratov viloyatida erga qoʻnadi.
  • 24-oktabr 1963-yilda kosmodromdagi jangovar raketalarining biri R-9 raketasida yongʻin chiqib etti nafar harbiylarni hayotdan olib ketgan.
  • 15-may 1987-yili — birinchi yuqori vazndagi sinf raketasi"Energiya" parvozi amalga oshirilgan.
  • 15-noyabr 1988-yili — birinchi koʻp marotibalik fazoviy raketa „Energiya“ „Buran“. transport sistemalari havoga qoʻyib yuborilgan. Yer oʻq atrofida parvozni amalga oshirgan „Buran“ fazo kemasi parvoz soʻngida kosmodromning shimolida joylashgan „Yubileyniy“ aerodromiga avtomatik tarzda qoʻnishni amalga oshirgan.

Hammasi boʻlib „Boyqoʻngʻir“dan 50 yil davomida 1500 dan ortiq fazoviy apparatlar,100 ortiq kontinentlar aro harakatga ega ballistik raketalar,38 rusumdagi raketalar turi tajribadan oʻtgan va 80 ortiq fazoviy apparatlar turlari hamda ularning modifikatsiya ishlari amalga oshirilgan.

  • 1991,1993-yillarda — kosmodromning inqiroz davri Sovet Ittifoqi parchalanishidan soʻng fazoviy kemalarning kosmodromdan uchirilishi birdaniga qisqarib butun ofitserlar, sanoat ishchilari kutilmagan toʻhtovdan soʻng koʻpgina oilasi bilan Boyqoʻngʻirda faoliyat yuritib hamda yashagan insonlar bunday murakkab vaziyatdan soʻng oʻz vatanlariga yahshiroq hayot topish ilinjida qaytishgan (Rossiya, Ukraina va hokazo). Kosmodromning holati bir necha bor noaniq va mustaqil Qozogʻiston maydonida ekanligi qayd etilgan boʻlsada lekin daliliy oʻzgartmalar Boyqoʻngʻir Rossiyaga berilishi keltirilgan. Bu vaqtlarda Qozogʻiston hukumati ohirgi tomchi kommunal hizmatni ham ommaga etkazib berishi uzilib qoladi va 1993-94-yillarda shahar butunlay elektro tarmogʻdan uzilib qolib, qishning qattiq sovuqlarida odamlar yashaydigan uylarda, harbiylarning hizmat binolari elektr toki etkazib berish vaqtincha uzilib qolgan.

Shaharning aholisi ikki kara kamayib ketadi. UVD boshqamasi maʼlumotlariga koʻra fevral oylari 1995-yilda „Boyqoʻgʻir“ kompleksida 72 min. odam, ulardan 55855 nafari shaharda, qolganlari — Toʻra-Tam va Aqay qishloq markazlarida yashashgan. 15 min. ruslar, 21 min. qozoqlar, 2 min. ukrainlar va 2 min. boshqa millatlar roʻyxatdan oʻtishgan.

  • 1994-yilda Leninsk (hozir Boyqoʻngʻir) shahri hamda kosmodrom bilan birgalikda, Rossiyaga ijaraga topshirilgan. Yillik ijara qiymati— 115 mln doll., hisob toʻlovlari qoʻyilib, Qozogʻistonga harbiy va boshqa texnika rivojlantirish bilan birgalikda 1, 5 mlrd rubl yiliga Rossiya sarflayapti. Va Boyqoʻngʻir shahrini qoʻllab-quvvatlashga xamda kosmodrom obyektlari — yonida 1, 16 mlrd rubl (2012-yil holatiga koʻra) bu Rossiya ixtiyoridagi yagona kosmodrom boʻlib va geostatsionarli orbitaga koinot apparatlarni uchirish dasturlarini ruxsat etish xulosalarini amalga oshiradi. Rossiya uchun boshqa milliy kosmodromlar bunday uchirilish salohiyatiga ega emas.
  • 1997-yilda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligidan bosqichli kosmodrom obyektlarini Roskosmos boshqarmasiga topshirish boshlangan.
  • 2002-yilda aksariyat obyektlar fuqarolik korxonalariga kosmodromni topshirilgan.
  • 6-iyul 1999-yili Boyqoʻngʻirda Rossiyaning harbiy yoʻldosh aloqalari boʻlmish 50 yillik kosmodrom " kamalak " dasturi halokatidan keyin Qozogʻiston hokimiyati vaqtincha koinotga oid tayinlangan raketlarni kosmodromdan uchirilishi man etgan.
  • 15-iyul 1999-yili Rossiya bu ikkitomonlama kosmodrom ijarasi shartnomasiga qarshilik haqidagi ayblov bilan, Rossiyaga keyin tovonlar bilan zararni toʻlash shartini olib chiqqan va kosmodromdan raketa uchirishlari bir muddat toʻhtatilgan.
  • 2004-yili 9-10-yanvar kunlari N. Nazarboev Ostona shahridagi baliq ovlash mavsumining uchrashuvida " Boyqoʻngʻir majmuasini rivojlanishi va samarali foydalanishiga „ va 2050-yilga qadar ijara muddati uzaytirilganiligiga hamda ijara 115 mln dollar yilik toʻloviga oid imzolangan kelishuvi haqida hamkorligi boʻlgan edi.
  • 2004-yilning oxirida“ Boyqoʻngʻir " dagi koʻrib chiqilgan loyihalarda, " Bayterek " (kaz. Bәyterek — terak) fazoviy — raketalar majmuasini yaratish toʻgʻrisidagi boʻlgan qaror eʼlon qilindi. U mujmoʻa yordami bilan " Angara " fazoviy raketasi loyihasi apparatlari orqali koinotga sayr qilish bajarilishi va tijorati rejalashtirilgan, bu Rossiyaning Qozogʻistondan. mablagʻ chiqarish (ajratish) loyihasining qozoq tomondagi daromadi va buning yordami bilan fazoviy — raketa majmuasinini ishlab chiqish borasida Qozogʻiston bilan kelishib tenghuquqli qatnashish maslaklarida ishlab chiqishi uchun javob beryapti.
  • 2004-yilning sentabrida " Boyqoʻngʻir " kosmodromida Qozogʻiston Respublikasi Prezidentning taʼsis etuvchi vakili etib Basekeev Adilbek Alimjanovich tayinlangan.
  • 2005-yilda Qozogʻiston hukumati tomonidan " Boyqoʻngʻir " kosmik majmoʻasining Rossiyalik xavfsizlik askarlari Roskosmos obyektlari bilan tuganlandigan vaziyat bosqichida ular topshirilgan.
  • 2007-yilning oxiriga kelib kosmodromni aksariyat harbiy-fazoviy askar qismlari tark etdilar; hozirgi kunda kosmodrom yonida faqat 500 Rossiya askarlari qolgan.
  • 6-sentabr 2007-yili " Proton-M " raketasi omadsiz ishga tushirilishi sabab Jezkazgan shahridan 40 km uzoqlikga yiqilgan boʻlib bunda tuproq ustiga bir qancha tonna yuqorioksidli zaharli yonilgʻi (geptila) toʻkilib ketgan. Qozogʻiston rasmiylari tomonidan koʻrib chiqilgan talabga koʻra, shunday xildagi raketalar uchirilishi vaqtinchalik toʻhtatilgan.
  • 2008-yilda " Boyqoʻngʻir "da Rossiya Federatsiyasi mudofa vazirligi davlati tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar kosmodromning tadqiqotlarini oʻzlashtirish jarayoni boʻlgan beshinchi tarkibi tugagan, va ularni Rossiya fazoviy- raketa sohasidagi obyekt korxonalariga topshirish ishlari amalga oshirilgan. Oʻsha yilning oxirida boyqoʻngʻir aeroporti yangi ravishda isloh qilinishiga va kosmodrom TsENKIga boshqarish topshirilgan.
  • " Boyqoʻngʻir " 16-dekabr 2008-yili Rossiya Federatsiyasi Prezidenti D. A. Medvedevning " Yer ustidagi fazoviy infratizilmani markazda ishlatish obyektlari va "KB "Motor ", KBOM,KBTM, KBTXM, NPF "Kosmotrans ", OKB "Vimpel ", FKTs " Boyqoʻngʻir „ bir shaklda birlashishini hamda federal davlat unitar korxonalarini qayta tashkil etish“ borasidagi imzolangan farmon toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

Havolalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar tahrir

  1. „SPACE FLIGHT 2007 — The Year in Review. Other Countries Space Activities“. NASA (24 августа 2011 года). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 сентября 2012 года.
  2. Kazaxstan meshaet Rossii vipolnyat zapuski s Baykonura
  3. O byudjete goroda Baykonur na 2012 god, 2020-06-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-22
  4. Perviy kosmoport planeti Zemlya
  5. „Expedition 19“. NASA. 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2011-yil.
  6. Kak mi vibirali raspolojenie kosmodroma Baykonur
  7. The Tyuratam Enigma[sayt ishlamaydi]