Berkaxon (rus solnomalarida — Berkay) (12091266) — Oltin Oʻrda xoni (12551266). Chingizxonning nabirasi, Joʻjixonning uchinchi ugʻli, Botuxonning ukasi. Berkay oʻz davlatining harbiyi qtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257-yil bosqoqlik harbiysiyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin Oʻrdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat oʻrnatgan, aholini yalpi roʻyxatga olib, soliq undirish sistemasini tartibga solgan. Moʻgʻullar Eronni bosib olib, Bagʻdodni zabt etgach (1258), Berkaxon Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshib olish maqsadida Hulokuylarga qarshi kurash boshlagan, bu borada u oʻziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar oʻrnatgan. 1264-yil Berkaxon Hulokuxonga qarshi qoʻshin tortib, uni Kura daryosi sohilida magʻlub etgan, ammo 1265-yil Ozarbayjonga yana yurish qilganda toʻsatdan vafot etgan. Berkaxon hukmronligi davrida Oltin Oʻrda aholisi islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxtSaroy Berka qurilgan.

Berkaxon
Hukmronligining boshlanishi: 1255
Hukmronligining tugashi: 1266
Oʻtmishdosh: Joʻji
Merosxoʻr:Mangu Temur
Tugʻilgan sanasi: 1209
Tugʻilgan joyi:Burxan-Xaldun
Vafot sanasi:1266
Vafot joyi:Tbilisi

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil