Boris Ivanovich Beloshapka (1962-yil 9-fevral, Kalinovka, Vinnitsa viloyati) — sovet va ukrainalik futbolchi, murabbiy va adminstrator. Oʻyindagi vazifasi — darvozabon. SSSR sport ustasi, Ukraina sport ustasi[1].

Boris Beloshapka
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Boris Ivanovich Beloshapka
Tavallud sanasi 1962-yil 9-fevral
Tavallud joyi KalinovkaUkraina
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi darvozabon
Mukofotlari Ukraina Ikkinchi liga oʻyinlari oltin medali (1982)
Ukraina SSR chempionati oltin medali (1987)
Ukraina SSR turniri kumush medali (1987)
Oʻzbekiston chempionati bronza medali (2002)
Xalqaro medallar

Biografiyasi

tahrir

Boris Beloshapka Kalinovka yoshlar sport maktabida taʼlim olgan. Uning birinchi murabbiyi Aleksandr Brus boʻlgan.

1981-yildan Mogilevning „Dnepr“ klubi safida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etadi, shuningdek, futbolchi jamoa bilan 1982-yilgi birinchi liga oʻyinlarini oʻtkazadi va bir mavsum davomida „Dnepr“ jamoasi tarkibida boʻladi.

1985-yilda Beloshapka Oliy liga bahslarida Minskning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi. Futbolchi jamoa safida jami ikkita oʻyin oʻtkazadi: birinchi oʻyinida —21-avgust kuni 23-turning uy uchrashuvida „Chornomorets“ga qarshi oʻyinning (4:1) 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushadi[2], ikkinchi oʻyinida — 14-sentyabr kuni SSSR kubogining 8-finali 1-tur mehmon uchrashuvida „Fakel“ ga qarshi (3:1) 89-daqiqada maydonga tushiriladi[3]. Oʻyin davomida futbolchi oʻz darvozasini ishonchli himoya qiladi va raqibning barcha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻladi.

1986—1991-yillarda Simferopolning „Tavriya“ klubi tarkibida chempionatning jami 221 uchrashuvida 218 ta gol oʻtkazib yuborgan[4]. 1986—1987-yilgi SSSR kubogining ikkinchi liga baslarida jamoasi bilan yarim finalgacha yetib boradi. 1/4 final doirasidagi „Metallist“ga qarshi kechgan oʻyinda Beloshapka penaltilar seriyasida raqibning 3 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻladi.

1992-yilda Beloshapka Lyublinning „Motor“ (Polsha) klubiga yoʻl oladi va jamoa tarkibida bir yil davomida oʻz oʻyinlarini olib boradi. Darvozabon keyingi toʻrt mavsumni Yaffaning „Makkabi“ (Isroil) klubida oʻtkazadi. 1997-yilda Kirovogradning „Zvezda“ jamoasiga koʻchib oʻtib, keyinchalik yana „Makkabi“ga qaytib keladi va jamoa tarkibida 14 ta oʻyinda maydonga tushadi.

Beloshapka 1999—2000-yilgi mavsumgacha „Zvezda“ jamoasida oʻynab, shundan soʻng „Tavriya“ga qaytadi va darvozabonlar uchun murabbiy sifatida ishlay boshlaydi.

Sport faoliyati davomida, shuningdek, 2000—2002 va 2004-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ (O‘zbekiston) va 2003-yilda Andijonning „Andijon“ (O‘zbekiston) klublari safida, keyinchalik Chimkentning „Ordabasi“ (Qozog‘iston) va 2000-yilda „Kostuin“ klublarida ham to‘p surgan.

Oradan bir muncha vaqt oʻtgach, Beloshapka yana Ukrainaga qaytadi va „Krivbas“ jamoasi bilan ishlay boshlaydi. 2005-yildan buyon esa Donetskning „Shaxtyor“ klubi akademiyasi uchinchi jamoasi tarkibida oʻyinlarga tushadi.

Beloshapka faoliyati davomida yoshlar chempionatining ikki karra gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2010—2012-yillarda „Illichivets“ klubida adminstrator va darvozabonlar murabbiyi boʻlib faoliyat olib borgan.

2016-yil mart oyidan — 2017-yil iyun oyiga qadar „TSK-Tavriya“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi, 2017-yil iyulidan esa jamoaning bosh adminstratori vazifalarini bajargan.

Oilasi

tahrir

Beloshapkaning Artyom ismli bir nafar oʻgʻli boʻlib, u ham futbol oʻyinlarida darvozabon vazifasini bajaradi.

Yutuqlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir